Zbekiston milliy universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi


Uchlik va toʻrtlik iboralar (Drillings- und Vierlingsformeln)



Yüklə 1,37 Mb.
səhifə11/52
tarix29.09.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#124828
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   52
04.09.2023 Dissertatsiya

Uchlik va toʻrtlik iboralar (Drillings- und Vierlingsformeln)
Nemis tilida uchlik iboralar (masalan, heimlich, still und leisesukunat, sokin yoki Wein, Weib und Gesang – kayf-safo qilib, lazzatlanib yashash tarzi) va onda-sonda toʻrtlik iboralar (masalan, frisch, fromm, fröhlich und frei - talabalarning turmush tarzi) yasaladi. Bunday juft soʻzlarning tez-tez takrorlanishi koʻp jihatdan tegishli tilning ritmik va strukturaviy xususiyatlariga bogʻliq. Bu holat oʻzbek tilida uchramaydi va ikki bir biriga qarindosh boʻlmagan tillarda mos kelmaslik holati mavjud.
Tilshunos olim Agrikolaning juft soʻzlarning uchta soʻzdan ham iborat boʻlishi haqidagi fikrni yuqorida keltirib oʻtdik. Lekin bu kamdan-kam uchraydigan holat. Ushbu juft soʻzlarning uslubiy qoʻllanish doirasiga nazar tashlaydigan boʻlsak, ular juda ham pastki qatlamda yani, qoʻpol soʻzlashuv tilida foydalaniladi. Juft soʻzlarga turlicha taʻriflar berilgan boʻlsada, bularning barchasi bir-birini toʻldiradi. “Juft soʻz bu – tilshunoslik atamasi boʻlib, koʻpincha bir soʻz turkumidagi oʻxshash soʻzlardan tashkil topgan juftlik, yaʻni nutqda ishlatiladigan ifodadir”. Duden oʻzining “Deutsches Universalwörterbuch lugʻatida ham xuddi shunday taʻrif beradi. „Juft soʻz bu soʻz turkumidagi ikki soʻzning oʻzgarmas birligidir“. Zwillingsformeln, masalan frank und frei. Shuningdek juft soʻzlarda biror bir soʻzni qoʻshish ham, olib tashlash ham yoki uning joyini oʻzgartirish ham mumkin emas. Shu oʻrinda juft soʻzlar ham frazeologiyaning bir tarmogʻi ekanligi namoyon boʻladi.
Shunday qilib, maʻlum lingvistik anʻanalar tufayli juft soʻzlar tarkibi doimiy ravishda mahsuldor tarkibiy turlar asosida toʻldirib boriladi. Bu soʻzlashuv nutqida, publitsistikada va badiiy adabiyotda ushbu turdagi okkazional hosilalarning koʻpligiga ishora qiladi.
Nemis tilida juft soʻzlarni tadqiq etgan tilshunos olimlar ularning 90-yillar oxiridan43 isteʻmoldagi sodir boʻlgan oʻzgarishlariga ham eʻtibor berganlar. Unga koʻra oʻttiz yil oraligʻida nemis tilida eng koʻp juft soʻzlar asosan ot hamda sifat soʻz turkumlari holatiga toʻgʻri keladi. Shuningdek, ushbu tadqiqotlardan kuzatish mumkinki, nemis tilida maʻlum davr davomida ravishli juft soʻzlar isteʻmoldan 10 % chiqib ketgan va uning oʻrniga sifat soʻz turkumidagi juft soʻzlarning son jihatdan ham salmogʻi jihatidan ham ahamiyati ortgan.




    1. Yüklə 1,37 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə