Zbekiston milliy universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi


Tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy qilinishi



Yüklə 1,37 Mb.
səhifə7/52
tarix29.09.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#124828
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   52
04.09.2023 Dissertatsiya

Tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy qilinishi. Dissertatsiyada ishlab chiqilgan nazariy va amaliy xulosa, tavsiya va ishlanmalar asosida quyidagilar keltiriladi:
nemis va oʻzbek tillarida juft soʻzlarning yasalishi, juft soʻz tarkibiy komponentlarida oʻxshashliklar mavjudligi va nemis tilidagi juft soʻzlarning fonologik hamda juft soʻzlar uchun tuzilgan modellaridagi kuchli farqlanish va nomutanosibliklarga oid xulosalardan Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpogʻiston boʻlimi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2012-2016 yillarda bajarilgan F1-FA-0-43429, FA-F1, GOO2 raqamli „Qoraqalpoq folklori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tadqiq etish“ mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasi va OʻzRFA QQA Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2017-2020 yillarda amalga oshirilgan FA-F1-OO5 raqamli „Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish“ nomli loyiha doirasida belgilangan vazifalarning ijrosini taʻminlashda foydalanilgan (Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpogʻiston boʻlimi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2022 yil 26 avgustdagi 172/1/1-son maʻlumotnomasi). Natijada nemis va oʻzbek tillaridagi juft soʻzlarga oid terminlarning oʻzaro munosabatlari ochib berilishi orqali kasbiy taʻlimning sifatini oshirish va rivojlantirishga erishilgan;
nemis tilida juft soʻzlarga oid terminlardagi chalkashliklarni tahlil qilish hamda chogʻishtirilayotgan nemis va oʻzbek tillarida juft soʻzlar struktur-semantik jihatdan affiksatsiya, konversiya va kompozitsiya usullari orqali yasalishiga oid xulosalardan Ozarbayjon fanlar akademiyasi Nizomiy nomidagi Adabiyot institutining 2018-2019 yillarda bajarilgan № 4-57 raqamli “Ozarbayjon-Oʻzbekiston: adabiy aloqalarning oʻrni va ahamiyati” mavzusidagi xalqaro amaliy loyihada foydalanilgan (Ozarbayjon fanlar akademiyasi Nizomiy nomidagi Adabiyot institutining 2022 yil 26 avgustdagi 47-son maʻlumotnomasi). Natijada nemis tilidagi juft soʻzlarning strukturaviy ahamiyati, shuningdek, bevosita oʻzbek tiliga berilish jarayonida lingvistik muqobilini tanlash muhim ekanligi, bu orqali mukammal ekvivalent tanlashga erishish mumkinligi aniqlab berilgan;
nemis va oʻzbek tillaridagi juft soʻzlar tarkibidagi oʻxshashlik va farqli jihatlar va ular ikki tilda chogʻishtirilganda komponentlar hisobga olinishi umumiy morfologik va semantik-kategorial tavsifni berishi ikki tilda ham izomorfik xususiyatga ega ekanligi Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Oʻzbekiston tarixi” telekanalining “Taqdimot”, “Fan va tarix” koʻrsatuvlarining senariysini tayyorlashda foydalanilgan (Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2022 yil 5 oktyabrdagi 787-423-562-son maʻlumotnomasi). Natijada turli tizimli tillarda juft soʻzlar insonlarning muloqot jarayoniga kirib kelishi, ishlatilishi hamda soha leksikasining tartibga solinishida berilgan tavsiyalar tinglovchilar bilimlarining boyishiga xizmat qilgan;
tadqiqot manbai sifatida tanlangan badiiy asarlarda nemis va oʻzbek tillaridagi juft soʻzlarning struktur-semantik jihatdan koʻchma yoki oʻz maʻnosida qoʻllanilishiga oid xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetining 2021-2023 yillarga moʻjallangan F3-201912258- raqamli “Oʻzbek adabiyotining koʻp tilli (oʻzbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti univesitetining 2023 yil 24 fevraldagi 03/1-401-son maʻlumotnomasi). Natijada badiiy asarlarni va maqolalarni oʻzbek tilidan xorijiy tillarga yoki xorijiy tillardan oʻzbek tiliga tarjima qilishda foydalanilgan.

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə