Zbekiston milliy universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi



Yüklə 1,37 Mb.
səhifə5/52
tarix29.09.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#124828
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52
04.09.2023 Dissertatsiya

Tadqiqotning maqsadi nemis va oʻzbek tillaridagi juft soʻzlarning leksik-semantik, struktur-funksional xususiyatlarini oʻzaro chogʻishtirgan holda ochib berishdan iborat.
Tadqiqotning vazifalari quyidagilardan iborat:
nemis va oʻzbek tilshunosligida juft soʻzlarning oʻrganilish tarixi va til tizimidagi umumiy jihatlarini yoritish;
nemis tilida juft soʻzlarga oid terminlardagi chalkashliklarni tahlil qilish hamda chogʻishtirilayotgan nemis va oʻzbek tillarida juft soʻzlar struktur-semantik jihatdan affiksatsiya, konversiya va kompozitsiya usullari orqali yasalishini isbotlash;
tadqiqot manbai sifatida tanlangan asarlarda nemis va oʻzbek tillaridagi juft soʻzlarning struktur-semantik aspektini aniqlash;
tadqiqot materiali sifatida tanlangan lugʻatlarda juft soʻzlarning oʻxshashlik va farqli jixatlarini aniqlash.
Tadqiqotning obyekti sifatida Fritz Vyurthening „Babur der Tiger“ qissasi, Y.Grimm va V.Grimmlarning „Märchen“ (ertaklar) nomli toʻplamlari, X. Toʻxtaboyevning “Sariq devni minib” romoni va V. Hofmaysterning „Sammlung der gebräuchlichen Zwillingsformeln in der deutschen Gegenwartssprache“, Ruska Simeonova va Sanna Dimitrovaning „Deutsch-Bulgarisches Lexikon der Zwillingsformeln“ va Sh.S.Imyaminova va G.A.Tilovovalarning „Nemis va oʻzbek tillarida juft soʻzlar“ nomli lugʻatlaridagi nemis va oʻzbek tillaridagi juft soʻzlar tanlangan.
Tadqiqotning predmeti nemis va oʻzbek tillarida juft soʻzlarning shakllanishi, tuzilishi, leksik-semantik xususiyatlari tashkil etadi.
Tadqiqotning usullari. Tadqiqot mavzusini yoritishda komponent tahlil, struktur tahlil, leksik-semantik va statistik tahlil usullaridan foydalanildi.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
nemis va oʻzbek tillarida juft soʻzlarning yasalishi, juft soʻz tarkibiy komponentlarida ot, sifat, fe’l, ravish soʻz turkumlari kabi oʻxshashliklar va nemis tilidagi juft soʻzlarning fonologik hamda juft soʻzlar uchun tuzilgan modellarida oʻzbek tilidan farqli ravishda nemis tilida juft soʻzlar bogʻlovchi va predloglar orqali hosil boʻlishi kabi farqlanish va nemis tilida juft soʻzlarning turli xil lingvistik terminlar bilan nomlanishida esa terminologik nomutanosibliklar mavjudligi asoslangan;
nemis tilida juft soʻzlarga doir terminlardagi turli xil lingvistik terminlar bilan nomlanishi terminologik chalkashlikning ishda oʻzbek tiliga maʻnosi jihatidan mos keladigan muqobil “Wortpaare” leksikasi tanlandi hamda chogʻishtirilayotgan ikki tildagi juft soʻzlarning struktur-semantik jihatdan affiksatsiya, konversiya va kompozitsiya usullari orqali yasalishi isbotlangan;
nemis va oʻzbek tillaridagi juft soʻzlar tarkibidagi oʻxshashlik va farqli jihatlar va ular ikki tilda chogʻishtirilganda komponentlar hisobga olinishi umumiy morfologik va semantik-kategorial tavsifni berishi ikki tilda ham izomorfik xususiyatga ega ekanligi asoslangan;
badiiy asarlarda nemis va oʻzbek tillaridagi juft soʻzlarning struktur-semantik jihatdan farqlari aniqlanib, ot va sifat soʻz turkumlari (eng katta turkum guruhlar) koʻp qoʻllaniladigan gap boʻlaklari ekanligi koʻchma yoki oʻz maʻnosida qoʻllanilish holatlari asoslangan.

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə