Zbekiston milliy universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi


Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yoʻnalishlariga mosligi



Yüklə 1,37 Mb.
səhifə4/52
tarix29.09.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#124828
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52
04.09.2023 Dissertatsiya

Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yoʻnalishlariga mosligi. Dissertatsiya respublika fan va texnologiyalarni rivojlantirishning “Axborotlashgan jamiyat va demokratik davlatni ijtimoiy, huquqiy, iqtisodiy, madaniy, maʻnaviy-maʻrifiy rivojlantirishda innovatsion gʻoyalar tizimini shakllantirish va ularni amalga oshirish yoʻllari” ustuvor yoʻnalishi boʻyicha bajarilgan.
Muammoning oʻrganilganlik darajasi.
Juft soʻzlar tilshunoslikning mustaqil tarmogʻi sifatida koʻplab tilshunos olimlar tomonidan oʻrganilgan. Jumladan, nemis tilshunos olimlaridan T. Shippan, I.Agrikola, H.Myuller, S.Zayler, H.Burger2, V.Flaysher3, H.Myuller4, V.Hofmayster5lar tomonidan chuqur oʻrganilgan. Shuningdek, uning doimiy rivojlanishida rus tilshunosligining ham oʻrni kattadir. Rus soha mutahassislaridan V.Vinogradov, A.Nikolayev, M.Stepanova, I.Chernesheva, A.Potebnya, V.Teliyalar juft soʻzlar haqida oʻz tadqiqotlarida fikr bildirib oʻtishgan.
Juft soʻzlar nemis tilshunosligida oʻrganila boshlangach, uni tasniflash, tizimlashtirish masalasi yuzaga chiqdi. Juft soʻzlarni qiyosiy va chogʻishtirma asosdagi tadqiqi bilan shugʻullangan rus tilshunos olimlari M.Stepanova hamda I.Chernishevalar ularni struktur-semantik jihatdan tasniflagan. Oʻzbek tilshunoslaridan esa N.Mamatov, A.Hojiev, Sh.Rahmatullaev, H.Berdiyorov, Y.Pinxasov, B.Yoʻldoshev, A.Mamatov, M.Sodiqova, Oʻ.Hakimov, Sh.Usmanova, K.Bozorboyev, Sh.Abdullaev, Sh.Almamatova va yana bir qator soha mutaxassislari6 juft soʻzlar ustidagi tadqiqotlar rivojida oʻzlarining munosib hissalarini qoʻshishgan. Juft soʻzlarning tarjimasiga oid masalalar Gʻ. Salomov, Sh.Imyaminova7, Y.Poʻlatov, S.Mamajonov, O. Moʻminov kabi tilshunoslarning8 tadqiqotlarida atroflicha yoritib berilgan.
Shunday qilib nemis tilidagi juft soʻzlarni nemis tilida klassifikatsiyalashni asosan V.Flaysher, H.Myuller, V.Hofmayster, H.Burger kabi nemis tilshunos olimlarining tadqiqotlarida koʻrish mumkin. Keyinchalik esa E.Zayler juft soʻzlarning tasnifi bilan birgalikda ularni yasalish usullarini tadqiq qilgan.
Dissertatsiya tadqiqotining dissertatsiya bajarilgan oliy taʻlim muassasasining ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari bilan bogʻliqligi. Dissertatsiya Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitetining ilmiy-tadqiqot ishlari rejasiga muvofiq „Tarjimashunoslik va tilshunoslikning dolzarb masalalari“ mavzusi doirasida bajarilgan.

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə