Zbekiston milliy universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi


BOB. NEMIS VA OʻZBEK TILLARIDA JUFT SOʻZLARNING STRUKTURASI



Yüklə 1,37 Mb.
səhifə15/52
tarix29.09.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#124828
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   52
04.09.2023 Dissertatsiya

BOB. NEMIS VA OʻZBEK TILLARIDA JUFT SOʻZLARNING STRUKTURASI

2.1. Nemis va oʻzbek tillarida juft soʻzlarning strukturaviy jihatdan
farqli va oʻxshash tomonlari
Juft soʻzlarning strukturaviy tuzilishini nemis va oʻzbek tillarida turli jihatlarga koʻra aniqlash mumkin. Asosan nemis tilida morfologik komponentlarga koʻra juft soʻzlar turlarga boʻlinishi va oʻzgarishi mumkin. Nemis tilida juft soʻzlarning strukturasi morfologik nuqtayi nazaridan nemis tilshunos olimlari tomonidan turli davrlarda turlicha tadqiq etilgan.
Barcha soʻz turkumlariga oid juft soʻzlarni bogʻlovchi elementlarni quyidagilar tashkil etadi: (und,(va), aber (lekin), oder (yoki), predloglar (an (yonida), auf (ustida), in (ichida,) mit (bilan) va h.z, yuklamalar (als,(kabi), wie (dek)) ham qoʻllanishi mumkin. Masalan, Himmel und Hölle (jannat va doʻzax), Wert und Unwert (qadr-qimmatsiz), Hals über Kopf (boshdan-oyoq), klipp und klar (qisqa va loʻnda, aniq va ravshan), dann und wann (onda-sonda), früher oder später (ertami-kechmi), schwarz auf weiß (oq-qora), geschniegelt und gebügelt (yasan-tusan qilgan), dies und jenes (uni-buni, unga-bunga).
Otlashgan juft soʻzlarning bir qismi predlogli guruh sifatida frazeologizmga oʻxshash va faqat tegishli predlog bilan ishlatilishi mumkin. Sifatdosh/olmosh bilan kelgan ikkinchi otlashgan guruh ham shunga oʻxshash, masalan, hinter Schloss und Riegel (pana-pastqamda, xilvatda), mit Sack und Pack (lash-lush, koʻch-koʻron), in Bausch und Bogen (hech qachon, hech zamon), auf immer und ewig (abadul-abad), aus nah und fern (uzoq-yaqindan), seit eh und je (azal-azaldan).
Baʻzi juft soʻzlar maʻlum bir feʻl bilan mustahkam bogʻlangan boʻladi va shuning uchun bir butun holatda ishlatiladi, masalan, Himmel und Höhle in Bewegung setzen (jannat va doʻzaxni larzaga keltirdi), Mund und Nase aufsperren (ogʻiz – burnini yopmoq).
Shuningdek, nemis tilidagi juft soʻzlarni ikkita qism: sifatdoshlar (Partizipien+ Partizipien), undov soʻzlar (Interjektionen+Interjektionen) yoki qoʻshimchalar (Partikeln+Partikeln) yordamida ham tuzish mumkin. Bu esa asosan nemis tiliga xos boʻlgan xususiyatdir. Soʻz turkumlaridan tashkil topgan juft soʻzlar quyidagi jadvalda oʻz aksini topgan.
Ishda tadqiqot manbai bo‘lgan V.Hofmaysterning „Sammlung der gebräuchlichen Zwillingsformeln in der deutschen Gegenwartssprache“ (Zamonaviy nemis tilida juft so‘z formalari) va Ruska Simeonova va Sanna Dimitrovaning „Deutsch-Bulgarisches Lexikon der Zwillingsformeln“ (nemis-bolgar tillarida juft so‘zlar) lug‘atlaridan to‘plangan juft so‘zlar qariyb 1000 tani tashkil etgan edi va uning statistik natijasi quyidagilarni ko‘rsatdi:

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə