Zbekiston milliy universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi



Yüklə 1,37 Mb.
səhifə10/52
tarix29.09.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#124828
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   52
04.09.2023 Dissertatsiya

oddiy juftlashish (ikki hissa ortish) holati: Arm in Arm (qoʻlni-qoʻlga), von Fall zu Fall (holatdan-holatga);

  • qofiyaga solingan (qofiyalanganda) juftlashish (baʻzida qoʻshib yoziladi) schicki micki (olifta-satang) va boshqalar;

  • tovush alternativi boʻyicha ajralganda;

  • alliteratsiyaga oid juftlanish: über Stock und Stein (bosib-yanchib yurmoq), Biegen und Brechen (egilish va bukilish);

  • assonans32larda oʻxshash tovushlar aynan urgʻu olish holati kuzatiladi.

    Koʻplab juft soʻzlar, jumladan, Feuer und Flamme (oʻt-olov) kabilar bir maʻnoli boʻlib, boshqa komponentlarga nisbatan ajralib turadi, boshqalari yaʻni „alt und schwach“ (qari-behol) kabilarni aniq tartibga solib boʻlmaydi. Juft soʻzlarning tilshunoslikda alohida oʻrganilishiga sabab ham shundaki, unda tasodifiy soʻzlar qoʻllaniladi, bunday holat faqat koʻplab juft soʻzlar bilan bogʻlanganda bilinishi mumkin. Nemis tilida boshqa tillardan farqli ravishda, unikal til birligi boʻlgan leksemalar boshqa frazeologizmlarda ham uchrab, soʻzlar kabi tushuncha hosil qiladi. Masalan: klipp und klar (qisqa va loʻnda, aniq va ravshan) juft soʻzida „klipp“ soʻzi butun bir soʻz boʻlib, oʻzining qadimiy maʻnosini yoʻqotgan hisoblanadi. Tilshunoslar unikal leksemalar yoki juft soʻzlar tillarda oʻz yasalish xususiyatini yoʻqotib turgʻun birikmaga aylanib boradi deb taʻkidlaydilar. Bundan tashqari nemis tilida koʻplab juft soʻzlar predlog (old koʻmakchilar) orqali yasalgan va yasalmagan turlarga boʻlinadi. Ular qoidaga koʻra juft soʻzlardagi asosiy maʻnoga ega soʻzdan oldin turadi: mit (bilan) Mann und Maus, mit Mann und Maus kabi, ammo durch dick und dünn kabilar juft soʻzlar old koʻmakchilar bilan birga kelmaydi. Ushbu qoidaga nisbatan yana mustasno holatlar: weder (na…na) zu essen noch zu trinken kabilar ham mavjuddir. Bunday istisnolar, oʻz navbatida, nemis tilining murakkab tillar oilasiga kirishiga yana bir isbotdir. Bundan tashqari, old koʻmakchilar qatorida bogʻlovchilar ham juft soʻz shakllarini yasashda katta maʻno kasb etadi. Bundan kelib chiqadiki, ushbu yasalish turida bogʻlovchisiz juft soʻzlar ham kelishi mumkin: tagaus tagein (kundan kunga), rück zück (borish-qaytish) va shuningdek qaratqich kelishigi bilan ham: Baum der Erkenntnis yoki boshqa formalar schwuppdiwupp (ox-voh)33 yasalishi mumkin.
    Nemis tilida bugungi kunda juft soʻzlarni oʻtgan zamonda boʻlgan tilga oid eskilik sarqiti deb tez-tez tilga olinsada, lekin u zamonaviy tilga oid ifoda, tushuncha demakdir, undan foydalanish esa ifodaning darajalanib oshib borishining yordamchi vositasi sifatida xizmat qiladi. Ushbu nazariyaga koʻra bir xil qiymatga ega juft soʻzlar ichidan keyinchalik ayrim soʻzlar butunlay yoʻqolib borishi mumkin.34 Ana shunday ierarxik tartiblangan juft soʻzlarda bir-biridan farq qiluvchi darajalar mavjud boʻlib, bir-biriga qarama-qarshi maʻnolarni beruvchi juft soʻzlar heiβ und kalt.
    Nemis tilshunos olimi H.Myuller35 oʻzining „Adleraug und Luchsenohrʻʻ nomli asarida juft soʻzlarning yasalishini va unda ishtirok etuvchi tovushlarni deyarli matematik aniqlik bilan tushuntirib beradi. Bundan mustasno ravishda shu narsa koʻrsatib beriladiki, boʻgʻinlarning miqdori va joylashuv tartibi bir tizimdaligi juda muhim. Chunki juft soʻzlar ichidagi boʻgʻinlarning miqdori biron-bir davr mobaynida bir xil va teng boʻlib qoladi yoki koʻtarilish kuzatiladi, yoki kamayib ketadi.36
    Bundan tashqari, asosan Yevropa tillaridan nemis tilida juft soʻzlarning yasalishida kombinatsiyalar (bogʻliqliklar) mavjud boʻlib, ularning harakat jarayoni ichidan bir boʻgʻinli, ikki boʻgʻinli, uch boʻgʻinli deb tushuntiriladi37. Shu oʻrinda qoʻshimcha qilish kerakki, nemis tilida koʻplab juft soʻzlar tarkibida pragmatik qoida38 deb ataluvchi konsepsiya mavjud boʻlib, unda juft soʻzlarning mavjud omillari yaqqol koʻzga tashlanadi:

    • ijobiylik va salbiylik nisbatida: Alter und Schönheit (izzat-ikromda);

    • qiymatli va qiymatsiz predmetlarga nisbatan: Geld wie Heu (Puli oshib-toshib yotmoq);

    • umumiylik nisbatidan kelib chiqqan holatda: Jahr und Tag (Yil va kun);

    • jonzotlarga nisbatan: Hund und Katze (it mushuk (kabi)), Katze und Maus (mushuk-sichqon);

    • erkak jinsiga hamda ayol jinsiga tegishli kontekstlarda: Adam und Eva (Odam Ato va Momo Havo), Hansel und Gretel (Hansel va Gretel), Bruder und Schwester (aka-singil);

    Komponentlar nutqning har qanday mustaqil maʻnoli soʻz turkumiga tegishli boʻlishi mumkin, shu bilan birga butun birikmalar bitta sintaktik funksiyani bajaradi.
    I.Olshanskiy39 „juft soʻz“ („Zwillingsformeln“ terminining ruscha ekvivalenti)larni belgilaydi „ikki xil yoki takroriy soʻzlardan tashkil topgan frazeologik birliklar sifatida (toʻliq yoki yordamchi maʻnoli), qoida tariqasida, gapning bir boʻlagiga tegishli va kompozitsion bogʻlovchilar „und“ bilan bogʻlangan „oder“, „weder…noch“ yoki komponentlarning ergashish (subʻordinativ) aloqasi boʻlgan oddiy predloglar“. I.Chernisheva semantik xususiyatlarga eʻtibor qaratadi: „soʻzlarning juft birikmalari“ (Zwillings- bzw. Paarformeln) u ikkita uyushiq soʻzlarni (otlar, sifatlar, feʻllar, qoʻshimchalar) va „und“ kamdan kam hollarda „oder“, „weder ... noch“ bogʻlovchilari bilan bogʻlangan hamda oʻz ichiga olgan juft soʻzlarning semantik oʻzgarishi natijasida vujudga keladigan yaxlit maʻnoga ega frazeologizmlar deb ataydi.
    „Juft soʻz“ termini tilshunoslar tomonidan „bogʻlangan aloqadagi soʻzlarning birikmasidan farqli oʻlaroq, ergashgan aloqadagi soʻzlarning kombinatsiyasi“ni ifodalash uchun ishlatiladi. Zero, G.Eyxbaum haqli ravishda taʻkidlaganidek, ayrim tilshunoslar teng bogʻlovchilarning mavjudligini tan olmaydilar. Biroq, ularning ajratilishini asosli deb hisoblaydiganlar ayni paytda koʻpchilikni tashkil qiladi. Zamonaviy oʻzbek tilshunosligida „juft soʻzlar“ termini oʻrnashib qolgan boʻlib, biz oʻz ishimizda ushbu lingvistik hodisani ifodalash uchun foydalanamiz.
    Zwillingsformeln va Wortpaare terminlar odatda sinonim hisoblanadi. Lekin Z.Gergieva nemis iboralarini oʻrganish asosida ushbu ikki tushunchani ajratadi. Wortpaare – bu turli xil soʻzlarning birikmasi (sinonimlar, antonimlar boʻlishi mumkin. Masalan, Tag und Nacht, klar und deutlich), Zwillingsformeln esa – ikki bir xil soʻz birikmasi, yaʻni „egizak komponentlar“ sanaladi. Taxminan shu prinsipga koʻra I.Olshanskiy bogʻlangan juft soʻz bogʻlangan birikmalarga (masalan: Tag und Nacht, wohl oder übel) va juft (misol uchun. Hand in Hand, durch und durch) takrorlanishlarga ajratadi, ammo Zwillingsformeln umumiy tushunchasiga birikmalar ham, takrorlanishlar ham kiritilgan.
    Anʻanaga koʻra, nemis va oʻzbek tilshunosligida qoʻshilgan iboralarga frazeologik birliklarning alohida turi sifatida qaraladi. V.Flaysher bu soʻz birikmasi turini „phraseologische Wortpaare“ deb ataydi, I.Olshanskiy ushbu turdagi soʻz birikmalarini „juftlashgan frazeologizmlar“, odatda, soʻzning frazeologik ekvivalentlari boʻladi, degan farazni ilgari sursa, I.Chernisheva ularni frazeologik birliklarga („phraseologische Einheiten“) kiritadi. Frazeologik birliklarning mezonlari sifatida I.Olshanskiy semantik butunlikni, nutqdagi yuqori chastotani, sintaktik tuzilmaning barqarorligini keltiradi.
    I.Olshanskiyga koʻra, bogʻlangan qoʻshma gaplarning semantik yaxlitligi quyidagi sabablarga bogʻliq:

    • metaforik juft soʻzlarda obrazning birligi;

    • bir xil yoki oʻxshash tushunchalarga tegishliligi (sinonim yoki tematik jihatdan oʻxshash komponentlarda yoki yuqori darajadagi umumiy tushuncha bilan bogʻliq holda.

    Shu bilan birga, juft soʻzning ajralmas maʻnosi V.Flaysher taʻkidlaganidek, oʻzida birikma koʻrinishidagi komponentlarga asoslangan metaforani ifodalaydi. Juft soʻz komponentlardan birining maʻnosini aniqlashtiradi, kuchaytiradi yoki komponentlarning birini oʻzgartiradi40. I.Olshanskiy nemis juft iboralarini tahlil qilish asosida ularning semantikasini shakllantirish haqida xulosa qiladi. Koʻpincha juft soʻzlar asosiy maʻnosiga asoslangan polisemik soʻzlar negizida shakllanadi va bu soʻzlar oʻzaro bir-birining semantik tuzilishini aniqlashtiradi va qisqartiradi. Biroq boshqa holatlar ham mavjud. O.Bexagel eskirgan soʻzlarni juft soʻzlarda saqlanib yoki soʻzlarning maʻnosi zamirida kelishi mumkinligini yozadi va noyob komponentlar har qanday birikmalar uchun maxsus tuzilishi mumkinligini taʻkidlaydi. H.Burgerga41 koʻra, bunday komponentlar munozarali leksikologik maqomga ega.
    Shunday qilib maʻlum boʻlishicha, juft iboralarning semantik yaxlitligi bilan mazmun rejasining birligi ifodalash rejasining ikkita birligiga mos keladi.
    Sintaksis nuqtai nazaridan, I.Olshanskiyning fikriga koʻra, juft soʻzlar nutqning bir qismiga tegishli boʻlgan teng bogʻlovchili yoki ergash bogʻlovchili soʻz birikmalarini gapning bir soʻz turkumi aʻzosi sifatida ifodalaydi. Shu bilan birga, juft soʻzlar bogʻlovchili aloqa, juft takrorlashlar esa bogʻlovchili va ergashgan bogʻlanish bilan xarakterlanadi, bu esa ayrim hollarda ushbu ikki turdagi bogʻlanishning oʻziga xosligiga olib keladi. M.Stepanova va I.Chernisheva buni sintaktik modellarga koʻra tasniflash deb atab, nemis juft soʻzlarni 4 guruhga ajratadilar:

    • substantiv;

    • adyektiv;

    • verbal;

    • adverbial.

    Shu bilan birga, tilda substantiv bogʻlangan iboralar ustunlik qiladi. I.Olshanskiyning tadqiqotiga koʻra, ular umumiy jihatdan 67% ni tashkil qiladi.
    V.Flaysher xuddi shunday tasnifda komponentlarning nafaqat gap boʻlaklarini, balki juft soʻzlarning sintaktik vazifasini ham, soʻz tarkibi oʻzgarishi (fleksiya) paradigmasini ham hisobga oladi. Xuddi shu guruhlar biroz boshqacha mazmunga ega. Substantiv birikmalar ega yoki toʻldiruvchi vazifasidagi otlarning birikmalarini oʻz ichiga oladi, adyektivlar esa - sifatdoshlarning kelishiklardagi shakli va aniqlovchi funksiyasidagi birikmalarini oʻzida mujassam etadi, feʻllilarga – kesim vazifasidagi feʻllar birikmasi, ravishga ot, ravish yoki sifatlarning hol yoki predikativ vazifasidagi koʻmakchili yoki koʻmakchisiz birikmalari kiradi.
    Shu kabi adyektiv deb tasniflangan birikmalar boshqa kontekstlarda ravish sifatida ishlatilishi mumkin va shunga koʻra, ravishga tegishli boʻladi. Unda bu ikki turdagi birikmalarni ajratish kerakmi? Nemis tilidagi sifat va ravishlarni farqlash masalasi G.Eyxbaum tomonidan quyidagi pozitsiyaga rioya qilgan holda batafsil koʻrib chiqilgan. U mos ravishda anʻanaviy sifat va ravish oʻrniga adʻektiv va adverb tushunchalarini kiritadi. Juftlashgan iboralarning I.Olshanskiy tomonidan kiritilgan yana bir tasnifi mavjud, bu ularning soʻz turkumi sifatida ekvivalentligini va gapning maʻlum bir aʻzosining ustun sintaktik funksiyasini nazarda tutadi. Ushbu tasnif nemis sifatlari va ravishlarini ajratishdagi chigalliklardan qochish imkonini beradi, ammo V.Flaysherning tasnifi singari kontekstga doimiy murojaat qilishni taqozo etadi. U juft soʻzlarning quyidagi semantik va sintaktik guruhlarini oʻz ichiga oladi:

    • subyekt-obyektli;

    • adverbial;

    • atributiv (shu jumladan, atributiv-predikativli ham);

    • predikativli (feʻlli).

    Biroq, bu 4 guruh nutqda turli xil chastotalarga ega. I.Olshanskiy eng keng tarqalgan juft soʻzlar subyekt-obyekt (barcha holatlarda taxminan 43%) va adverbial (taxminan 35%) deya fikrga kelgan.
    Juft soʻzlarning semantik va sintaktik birligi tilning boshqa darajalarida ham qoʻllaniladi. Morfologik butunlik, ayniqsa, substantiv va adyektiv juft soʻzlarda yaqqol namoyon boʻladi. I.Chernisheva artiklning yoʻqligini, birinchi yoki ikkala komponentda fleksiyaning tushib qolishiga va substantiv komponentlarning grammatik turini moslashtirishga ishora qiladi. I.Olshanskiy taʻkidlaganidek, umuman, morfologik nuqtai nazardan juft soʻzlar komponentlardagi grammatik shakl va kategoriyalarning toʻliq emasligi bilan ajralib turadi.
    Bundan tashqari, juft soʻzlar koʻp hollarda fonetik darajada ham oʻziga xos xususiyatlarga ega. I.Chernisheva urgʻuga, qofiyaning 3 turiga (alliteratsiya, yakuniy rifma, assonans), komponentlarning teng boʻlmagan kattaliklarida soʻz turkumlarining ortib borish qonunining taʻsiriga alohida eʻtibor beradi, ikkinchi komponentning ortib borayotgan „sonorligi“ga, vaholanki, birinchisida sonor mavjud emas yoki unchalik qulay boʻlmagan fonetik muhitda boʻladi.
    I.Chernisheva publitsistika va badiiy adabiyotda oʻziga xos matn ichida shakllangan va faqat uning ichida mavjud boʻlgan vaziyatli juft soʻzlar tuzilishi haqida yozadi. Bunday birikmalar agar jamiyat hayotining muayyan davrida tilning turgʻun birliklari boʻlmasa, okkazionalizmlar (okkazionalizmlar haqida batafsil maʻlumot uchun keyingi boʻlimga qarang) deb tasniflanadi. I.Olshanskiyning taʻkidlashicha, nutqdagi koʻpgina okkazional hosilalar juftlashgan takrorlar turiga koʻra yaratiladi.
    Anʻanaviy ravishda okkazional juftlik sifatida tasniflanmagan birliklarning yana bir turi mavjud, ammo biz ushbu toifadagi kamida bir nechta bunday holatlarni koʻrib chiqish mumkin deb hisoblaymiz. Bu hodisa ayniqsa soʻz yasashda keng tarqalgan. Masalan: eine Regional- und Senatsreform. Bundan tashqari, D. Busse bunday misollarni juft soʻzlarning turkumiga qoʻshadi.
    Bunday birliklarni okkazional juft soʻzlar doirasida koʻrib chiqishga quyidagilar asos boʻladi, deb hisoblaymiz:

    • komponentlarning semantik oʻxshashligi va butun tuzilma maʻnosining yaxlitligi;

    • morfologik yaxlitlik;

    • grafik yaxlitlik;

    • V. Shmidt tomonidan bayon qilingan til vositalarining tejamkorlik tamoyili.

    Bu tamoyil shundan iboratki, muloqot jarayonida imkon qadar kam kuch sarflab, maqsadimizga erishishga harakat qilamiz. Semantik yaxlitlik morfologik va grafik darajada ham saqlanib qoladi.
    1989-yilda Gertraud Fenk-Oczlon42 binomiallar yoki binomial iboralarning ichki tuzilishini shakllantiruvchi bir necha tamoyillarni ishlab chiqdi va ularni uzluksiz axborot oqimining iqtisodiyoti bilan izohladi. Shu jumladan, bu asosiy tamoyil binomial iboralarda odatda tez-tez uchraydigan element kamroq uchraydigan elementdan oldin kelishini taʻkidlab oʻtgan.

    Yüklə 1,37 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   52




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə