Zbekiston milliy universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi



Yüklə 1,37 Mb.
səhifə33/52
tarix29.09.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#124828
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   52
04.09.2023 Dissertatsiya

2. Form und Inhalt - shakl va mazmun;
3. Kunst und Wissenschaft - sanʻat va fan.
1. Ravish vazifasini bajaruvchi iboralarda ot va teng ravishli juft soʻzlar, misol uchun:
1. Knall und Fall = plötzlich - dabdurustdan = toʻsatdan;
2. Stein und Bein = heftig - aziz avliyolar nomi bilan ont ichmoq = kuchli;
2. Ot soʻz birikmasi vazifasini bajaruvchi va atributiv jihatdan yechilishi mumkin boʻlgan soʻz birikmalari, masalan:
1. eine Erzählung ohne Saft und Kraft = eine langweilige Erzählung-rang-roʻysiz hikoya = zerikarli hikoya.
Juft soʻzlar (frazeologiya tarkibiy qismi sifatida) bir tildan boshqa tilga toʻrt yoʻl orqali tarjima qilinadi
1. Grammatik, semantik va uslubiy moslashishlar orqali.
2. Semantik ekvivalentlar orqali.
3. Kalka orqali.
4. Tasviriy (bayon) tarjima orqali.
Frazeologik juft soʻzlarni soʻz turkumlariga koʻra tasniflash qoniqarli boʻlishi mumkin emas, chunki undan idiomatik birikmalarning sintaktik oʻrni haqida aniq xulosa chiqarishning iloji yoʻq. Sintaktik nuqtai nazardan shuni aytish mumkinki, koʻpchilik juft soʻzlar hol boʻlak sifatida qoʻllanadi: sich Hals über Kopf in jemanden verlieben yoki predikativ vazifada namoyon boʻladi: fix und fertig sein. Feʻllar, asosan, infinitivda qoʻllaniladi, ular kamdan kam hollarda jumlaning tuslanuvchi feʻlli boʻlagi sifatida namoyon boʻladi, bu esa otlar orasida koʻp sonli asoslangan infinitivlarning ham boʻlishi mumkinligi bilan aniq boʻladi: Ich habe es gehegt und gepflegt. Er konnte schalten und walten, wie er wollte. Das war ein einziges Kommen und Gehen.
Ot soʻz turkumiga xos qismlardan tashkil topgan juft soʻzlar, odatda, maʻlum bir predloglarga bogʻlanadi, ular keyinchalik iboraning bir qismi sifatida koʻrib chiqiladi: bei Nacht und Nebel, nach Jahr und Tag, an Ort und Stelle. Frazeologik soʻz juftligi bilan feʻl muhim rol oʻynashi va asosiy maʻno kasb etishi mumkin: alles kurz und klein schlagen, bei jmdm. ist Hopfen und Malz verloren, von Tuten und Blasen keine Ahnung haben.
Semantik nuqtai nazardan takrorlangan tarkibiy qismlar oʻrtasida semantik munosabat yoki yaqinlik mavjud. Grund und Boden, Hab und Gut, null und nichtig. Juft soʻzlar fonologik va morfologik jihatdan, yaʻni alliteratsiya orqali ham hosil boʻladi. Masalan: Kind und Kegel, Mann und Maus, yakuniy qofiya: dann und wann, Knall und Fall, qoʻshma: geschniegelt und gestriegelt, assonans: angst und bange. Fonetik oʻxshashlik boʻlmagan joyda ham, masalan, Hab und Gut, ab und zu da morfofonologik strukturaviy oʻxshashlik mavjud. Maxsus morfologik turni chiziqcha bilan bogʻlanuvchi birikmalar hosil qiladi: hieb- und stichfest. Fonologik munosabatlarni nutqda nemis tilidagi juft soʻzlarning paydo boʻlishi bilan bogʻlash mumkin. Oʻrta asrlarda va yangi davrning boshida nemis tilidagi juft soʻzlar ayniqsa yuridik tilda juda keng tarqalgan. Vaholanki, bu yyerda huquqiy hujjatlarni tasdiqlashning pragmatik funksiyasi ham rol oʻynaydi: null und nichtig, Grund und Boden.
Baʻzi juft soʻzlarning qadimiyligi idiomatik iboralarning yuqori nisbatida aks etadi va shu tariqa oʻziga xos elementlarning mavjudligini davom ettiradi: mit Kind und Kegel, bunda Kegel bu yerda “dumaloq yoki oval asosli uchli jism” degani emas, lekin “benikoh bola” sifatida nazarda tutilgan, yoki mit Fug und Recht. Fug bu yerda “qoʻshni komponentlar orasidagi ochilish” kabi Fugening qisqa shakli emas, balki lugʻatda mustaqil lemma sifatida keltirilgan va B. Varihning lugʻatida, “masʻuliyat, huquq” degan maʻnoda berilgan.
Hatto bir qarashda ham nemis tilida koʻplab juft soʻzlar, ayniqsa tarkibiy qism sifatida ot boʻlgan birikmalar mavjudligi ayon boʻladi, masalan, oʻzbek tilida bosqichma bosqich, qadamma qadam – nemis tilida Schritt für Schritt, shuningdek, bir soʻz yoki soʻzlar guruhi bilan almashtirilishi mumkin: qadamma qadam – asta-sekin, nemis tilida Schritt für Schritt – schrittweise. Buning sababini ikki til oʻrtasida frazeologizmlar sohasida baʻzi oʻxshashliklar mavjudligida koʻrish mumkin. Nemis tiliga oʻxshab, oʻzbek tilida ham nominal birikmalar baʻzan uning oʻzi frazeologizmning bir qismi boʻlishi mumkin: joydan joyga dt. von Ort zu Ort. Alohida tarkibiy qismlarga kelsak, koʻplab oʻzbek tilidagi juft soʻzlar nutqning bir qismiga tegishli boʻlgan takrorlashdir: Ort - Ort (joyma-joy) yoki antonim: oben – unten (past-baland).
Oʻzbek tilidagi iboraning maʻnosi ikkala komponentning birikmasi bilan bogʻlangan metafora ham boʻlishi mumkin: wohl oder übel, xohish-istakka qarshi majburan yoki bu komponentlardan birining maʻnosini kuchaytirishi, ifodasi yoki boshqa maʻno birligi boʻlishi mumkin: koʻpdan koʻp. Idiomatik boʻlmagan soʻz juftlaridan tashqari, oʻzbek tilida idiomatik soʻz juftlari yoki hozirgi tilda bu shaklda mavjud boʻlmagan bir yoki bir nechta noyob komponentlarni oʻz ichiga olgan soʻzlar ham mavjud.
Nemis tilidagi juft soʻzlar bilan alohida qismlarning ritmik va jarangli bogʻlanishida ham oʻziga xoslik mavjud. Tartib ham belgilangan va uni oʻzgartirish mumkin emas. Tartib odatda mantiqiy tartibni talab qiladi: alfa a omega yoki muhimroq komponent unchalik muhim boʻlmaganidan oldin keladi. Ulardan foydalanishga kelsak, oʻzbek tilidagi koʻpchilik juft soʻzlar neytral uslubda deb aytish mumkin. Bundan tashqari ularning koʻpchiligi ifodaning qisqartirilgan shaklini ifodalaydi va shuning uchun soʻzlashuv tilida qulay qoʻllaniladi, boshqalari maʻlum matn turlariga bogʻlangan yoki yuqori stilistik darajaga tegishli.
Juft soʻzlar, asosan, soʻzlashuv tilida yoki badiiy matnlarda uchraganligini inkor etib boʻlmaydi. Shuning uchun ham pedagogik va didaktik nuqtai nazardan ular koʻrib chiqilishi kerak boʻlgan muammolar markazini ifodalamaydi. Ammo bu mavzuni koʻrib chiqish tarjimon qaysi tilda qanday qiyinchiliklarga duch kelishi haqida xulosa chiqarish imkonini beradi. Juft soʻzlar nemis tilidagidek doim qoʻllanilmaydi, uni faqat tarjimadagina kuzatish mumkin89.




    1. Yüklə 1,37 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə