Zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti oblakulov d. O



Yüklə 472,05 Kb.
səhifə13/69
tarix11.12.2023
ölçüsü472,05 Kb.
#147733
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   69
Toshkent davlat yuridik instituti oblakulov d. O. Mustanov I. A-fayllar.org

Birinchi guruh  xalqaro huquqning universal manbalari:
a) xalqaro shartnomalar
xalqaro huquq subyektlari
rtasida ularning o zaro huquq va majburiyatlari o rnatilishi,
zgarishi yoki to xtashi haqidagi kelishuv
1
;
b) xalqaro odat  qaror topgan xalqaro amaliyotda huquq
subyektlari yuridik majburiy xususiyatini tan oladigan xulq-
atvor qoidalari
2
.
Ikkinchi guruh
xalqaro huquqning maxsus manbalari,
ya ni xalqaro tashkilotlarning qarorlari.
Uchinchi guruh  xalqaro huquqning qo shimcha manbalari:
a) huquqning umumiy prinsiplari;
b) xalqaro tashkilotlarning rezolyutsiyalari;
c) xalqaro sud va arbitrajlarning qarorlari.
D. Umarxanova jinoyat sodir etgan shaxslarni ekstraditsiya
qilish bilan bog liq hujjatlarni quyidagi guruhlarga bo ladi:
birinchi guruh
jinoyat sodir etgan shaxslarni ekstradi-
tsiya qilishga oid qoidalarni ko zda tutuvchi xalqaro-huquqiy
hujjatlar (konvensiya, deklaratsiya);
ikkinchi guruh  xalqaro tashkilotlar tomonidan ishlab chi-
qilgan namunaviy, tavsiyaviy tusdagi hujjatlar (masalan, 1990-yil
14-dekabrda qabul qilingan Ushlab berish to risidagi Namu-
naviy shartnoma);

1

Qarang: 1969-yildagi Xalqaro shartnomalar to risidagi Vena Konvensiyasi.


zbekiston Respublikasi ushbu hujjatga O zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi-
ning 1995-yil 24-fevraldagi 291 I-sonli qaroriga asosan qo shilgan//O zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, 4-son, 36-modda; 1986-yilgi
Davlatlar va xalqaro tashkilotlar o rtasidagi shartnomalar huquqi to risidagi
Vena Konvensiyasi; 1995-yil 22-dekabrda qabul qilingan
zbekiston Respub-
likasining xalqaro shartnomalari to risida gi O zbekiston Respublikasi Qonuni
//O zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, 12-son,
262-modda.
2
Saidov A.X. Xalqaro huquq chizmalar va ta riflarda (o quv qo llanma). Mas ul
muharrir: yuridik fanlari doktori, professor U. Tojixonov. T.: Adolat, 2001.
36-bet. Batafsil qarang: Davlat va huquq nazariyasi./Darslik. prof. H.B. Boboyev va
X.T. Odilqoriyevlarning umumiy tahriri ostida. T.: Iqtisodiyot va huquq dunyosi
nashriyoti, 2000. 277-bet.




32
uchinchi guruh  davlatlar o rtasida imzolangan ikki tomon-


lama va ko p tomonlama shartnomalar
1
.
Xalqaro jinoyat huquqining asosiy manbalaridan biri xalq-
aro bitimlar hisoblanadi. Ular 400 dan ortiq bo lib, ko pchiligi
jinoyatlar va xalqaro xususiyatga ega jinoiy xatti-harakatlarning
jinoiyligi va ular uchun jazolanish to risida bir-biriga jinoiy
ishlar, jinoyatchilarni topshirish bo yicha huquqiy yordam ko r-
satish to risida ikki yoqlama, mintaqaviy yoki universal bitim-
lardan tashkil topgan.
Masalan, 1929-yil 20-aprelda qabul qilingan Jeneva Kon-
vensiyasi pul belgilarini qalbakilashtirishga qarshi kurashda
xalqaro hamkorlik masalasiga bag ishlangan. Uning qoidasiga
muvofiq, davlatlar jinoyat qonunlariga asoslanib jinoyatchilarni
jazolash majburiyatini o z zimmalariga oldilar. Quyidagi hollar-
da huquqbuzarlar jinoiy javobgarlikka tortilishi kerakligi belgi-
landi:
1) pul belgilarini qalbaki yasash yoki har qanday vositalar
bilan o xshatib yasash;
2) qalbaki yasalgan yoki o xshatib yasalgan pullarni aldash
yo li bilan tarqatish;
3) qalbaki yasalgan va o xshatib yasalgan pullarni tarqatish
uchun qabul qilish, olish, olib o tish;
4) yuqorida ko rsatilgan jinoiy harakatlarning birortasini
amalga oshirish yoki ataylab shunday harakatni amalga oshi-
rishda ishtirok etish;
5) aldov yo li bilan pul belgilarini qalbakilashtirish yoki o x-
shatib tayyorlash uchun mo ljallangan turli xil asbob-uskuna-
larni tayyorlash, qabul qilib olish.
Konvensiya a zo-davlatlar zimmasiga tayyorlangan qalbaki
pul qaysi davlatniki bo lishidan qat i nazar, qalbaki pul tayyor-
lovchilarni jinoiy javobgarlikka tortish majburiyatini yuklagan.

1

Bu borada batafsil qarang: D.Sh. Umarxanova. Ekstraditsiya bo yicha xalqaro huquqiy


hamkorlik. Monografiya. T.: 2010. 32 35-betlar.



33
Shartnomalashgan davlatlar tomonidan jinoyatchilarni ush-


lab berish to risida ilgari tuzilgan ikki tomonlama bitim qal-
baki pul yasovchilarga to ridan-to ri joriy qilinadi, deb keli-
shilgan. Agar biron-bir davlat hududida qalbaki pul yasalayot-
gan davlat bilan jinoyatchilarni tutib berish to risida shart-
noma tuzmagan bo lsa, jinoyatchini qaysi davlat fuqarosi bo li-
shidan qat i nazar, o z ichki qonuni bo yicha jazolashi kerak.
Konvensiya qalbaki pul yasovchilarga qarshi kurashga yordam
berish maqsadida o zaro ma lumotlar ayirboshlashni nazarda tutadi.
2011-yil 28-dekabrda Moskvada qabul qilingan Yevropa
Ittifoqining Inson salomatligiga zarar yetkazuvchi qalbaki dori
mahsulotlari va davolash vositalarini ishlab chiqishga qarshi
Konvensiyasida ishtirokchi-davlatlar qalbaki dori mahsulotlarini
tayyorlash va shundan kelib chiquvchi boshqa har qanday huquq-
buzarliklarni jinoiy javobgarlikka tortish va jazolash lozim,
deyiladi.
Ba zilari jinoyatchilikka qarshi kurash bilan bilvosita bog liq
xolos. Masalan: BMTning Dengiz huquqi bo yicha 1982-yilgi
Konvensiyasi davlatlarning Jahon okeanini o zlashtirish bo yi-
cha hamkorligini tartibga soladi. Ammo me yorlarining bir qismi
qaroqchilik, qullarni tashish, giyohvand moddalar savdosi, ochiq
dengizdan noqonuniy radio va teleuzatishlar, kemalar to qna-
shuvi, dengizda yordam bermaslik va hokazolarga qarshi xalq-
aro kurashni tartibga soladi
1
.
Xalqaro Jinoyat huquqi manbalari orasida asosiy o rin BMT
doirasida qabul qilingan universal hujjatlarga beriladi. BMT doi-
rasida qabul qilingan hujjatlarga quyidagilar misol bo la oladi.
Masalan:
1) Inson huquqlari va erkinliklari Deklaratsiyasi (1948-yil
10-dekabr)
2
;

1
Qarang: Ìåæäóíàðîäíîå ìîðñêîå ïðàâî. Ïîä.ðåä. Ã.Ñ. Ãîðøêîâà. Ì.: 1985.


C. 120.
2
Ushbu hujjatga O zbekiston Respublikasi O zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
1991-yil 30-sentabrdagi 366 XI-sonli Qaroriga asosan qo shilgan//O zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1991-yil, 11-son, 275-modda.




34
2) Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to risidagi Xalq-


aro Pakt
1
(1966-yil 19-dekabr);
3) Fuqarolik va siyosiy huquqlar to risidagi xalqaro Pakt
2

(1966-yil 19 dekabr);


4) Fuqarolik va siyosiy huquqlar to risidagi xalqaro Pakt-
ga Fakultativ Protokol
3
(1966-yil 19-dekabr);
5) Bola huquqlari to
risidagi Konvensiya
4
(1989-yil 20-no-
yabr);
6) Bola huquqlari to risidagi Konvensiyaga doir bolalar-
ning qurolli mojarolarda ishtirokiga taalluqli fakultativ protokol
5

(2000-yil 25-may);


7) Bola huquqlari to risidagi Konvensiyaga doir bolalar
fohishabozligi va bolalar pornografiyasiga taalluqli Fakultativ
Protokol
6
(2000-yil 25-may);

1
Ushbu hujjatga O zbekiston Respublikasi O zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi-


ning 1995-yil 31-avgustdagi 126 I-sonli Qaroriga asosan qo shilgan//O zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, 9-son.
2
Ushbu hujjatga O zbekiston Respublikasi O zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi-
ning 1995-yil 31-avgustdagi 127 I-sonli Qaroriga muvofiq qo shilgan. O zbekiston
Respublikasi uchun 1995-yil 28-dekabrdan kuchga kirgan.
3
Ushbu hujjatga O zbekiston Respublikasi O zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi-
ning 1995-yil 31-avgustdagi 128 I-sonli Qaroriga muvofiq qo shilgan. O zbekiston
Respublikasi uchun 1995-yil 28-dekabrdan kuchga kirgan.
4
Bola huquqlari to risidagi Konvensiya 1989-yil 20-noyabrda BMT Bosh Assam-
bleyasining 44/25-Rezolyutsiyasi bilan qabul qilingan. 1990-yil 2-sentabrda kuchga
kirgan. Ushbu Konvensiyaga O zbekiston Respublikasi O zbekiston Respublikasi
Oliy Kengashining 1992-yil 9-dekabrdagi 757 XII-sonli Qarori bilan qo shilgan.
zbekiston Respublikasi uchun 1994-yil 29-iyundan kuchga kirgan. // Qarang:
Bola huquqlari to risidagi Konvensiya va uning protokollari (O zbekcha nashr).
Mas ul muharrir A.X. Saidov. T.: 2009. 72-bet.
5
Bola huquqlari to risidagi Konvensiyaga doir Bolalarning qurolli mojarolarda
ishtirokiga taalluqli fakultativ Protokol 2000-yil 25-mayda BMT Bosh Assam-
bleyasining A/RES/54/263-Rezolyutsiyasi bilan qabul qilingan. 2002-yil 12-fev-
ralda kuchga kirgan. O zbekiston Respublikasi mazkur Protokolga O zbekiston
Respublikasining 2008-yil 12-dekabrdagi O RQ 190-sonli Qonini bilan qo shilgan.
6
Bola huquqlari to risidagi Konvensiyaga doir Bolalar savdosi, bolalar fohisha-
bozligi va bolalar pornografiyasiga taalluqli Fakultativ Protokol 2000-yil 25-mayda
BMT Bosh Assambleyasining A/RES/54/263-Rezolyutsiya bilan qabul qilingan.
2002-yil 18-yanvardan kuchga kirgan. O zbekiston Respublikasi mazkur Protokolga
zbekiston Respublikasining 2008-yil 11-dekabrdagi O RQ 188-sonli Qonini bilan
qo shilgan.




35
8) Qiynoqlar hamda muomala va jazolashning qattiq, shaf-


qatsiz, insoniylikka zid yoki qadr-qimmatni kamsituvchi turla-
riga qarshi Konvensiya
1
(1984-yil 10-dekabr);
9) Genotsit jinoyatining oldini olish va uning uchun jazo-
lash tog risidagi Konvensiya
2
(1948-yil 9-dekabr);
10) Odam savdosiga va uchinchi shaxslar tomonidan tanfu-
rushlikdan foydalanishga qarshi kurashish to risida Konvensiya
va Yakunlovchi Bayonnoma
3
(1949-yil);
11) BMTning Dengiz huquqi bo yicha 1982-yilgi Konven-
siyasi;
12) BMTning Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi
Konvensiyasi
4
(2000-yil 5-noyabr);
13) BMTning transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi
Konvensiyasini (Nyu-York, 2008-yil 15-noyabr) to ldiruvchi Odam
savdosining, ayniqsa, ayollar va bolalar savdosining oldini olish
hamda unga chek qo yish va uning uchun jazolash haqidagi
Protokol
5
(2000-yil 15-noyabr);
14) BMTning Korrupsiyaga qarshi Konvensiyasi
6
va hoka-
zolar.
Yuqoridagi Konvensiyalar umumiy ko p tomonlama shartno-
malardir.

1
Ushbu hujjatga O zbekiston Respublikasi O zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining


1995-yil 31-avgustdagi 130 I-sonli Qaroriga asosan qo shilgan//Qarang: O zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, 9-son, 205-modda.
2
Ushbu hujjatga O zbekiston Respublikasi O zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
1999-yil 20-avgustdagi 835 I-sonli Qaroriga asosan qo shilgan, O zbekiston Respub-
likasi uchun 1999-yil 8-dekabrdan kuchga kirgan.
3
Ushbu hujjatga O zbekiston Respublikasi O zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi-
ning 2003-yil 12-dekabrdagi 576 II-sonli Qaroriga asosan qo shilgan.
4
Ushbu hujjatga O zbekiston Respublikasi O zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi-
ning 2003-yil 30-avgustdagi 536 II-sonli Qaroriga asosan qo shilgan. //O zbe-
kiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil, 9 10-son, 150-modda.
5
Ushbu hujjatga O zbekiston Respublikasi O zbekiston Respublikasining 2008-yil
8-iyuldagi O RQ 160-sonli Qonuniga asosan qo shilgan. //O zbekiston Respubli-
kasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2008-yil, 7-son, 351-modda.
6
Ushbu hujjatga O zbekiston Respublikasi O zbekiston Respublikasining 2008-yil
7-iyuldagi O RQ 158-sonli Qonuniga asosan qo shilgan.//O zbekiston Respubli-
kasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2008-yil, 7-son, 349-modda.




36
BMTning roli ayrim Konvensiyalarda alohida ta kidlanadi.


Chunonchi, Giyohvand vositalar to risidagi yagona Konven-
siya preambulasida BMTning giyohvandlik ustidan nazorat soha-
sidagi huquqiy doirasi e tirof etiladi. Mazkur Konvensiya giyoh-
vandlar ustidan nazorat bo yicha xalqaro qo mitaning BMT yor-
damchi organlaridan biri sifatida huquqiy maqomini belgilab
beradi
1
.
Bugungi kunga qadar, boshqa sohalardan farqli o laroq,
xalqaro jinoyat huquqida kodekslashtirish haligacha amalga oshi-
rilgani yo q. Shu sababli uning me yorlarini xalqaro huquqning
turli tarmoqlaridan topish mumkin. Xalqaro jinoyatchilikning
oshishi mintaqaviy darajadagi xalqaro-huquqiy hujjatlarning
butun bir majmuasini qabul qilishni taqozo etadi. Birinchi nav-
batda bu Yevropaga taalluqlidir. Yevropa Kengashi doirasida
quyidagi asosiy shartnomalar amaldadir:
- 1959-yilgi Jinoiy ishlar bo yicha o zaro yordam Yevropa
Konvensiyasi;
- 1964-yilgi Shartli hukm qilingan va shartli ravishda ozod
etilgan jinoyatchilar ustidan nazorat haqidagi Yevropa Konven-
siyasi;
- 1964-yilgi Yo l transportiga oid jinoyatlar uchun jazolash
haqidagi Yevropa Konvensiyasi;
- 1965-yilgi Milliy hududlardan tashqarida joylashgan stan-
siyalardan amalga oshiriluvchi uzatishlarning oldini olish haqi-
dagi Yevropa shartnomasi;
- 1970-yilgi Jinoiy huquqlarning xalqaro amaliyoti to risida
Yevropa Konvensiyasi;
- 1973-yilgi Murdalarni topshirish to risidagi Kelishuv;
- 1974-yilgi Insoniyatga qarshi jinoyatlar va harbiy jino-
yatlarga nisbatan yaroqlilik muddati qo llanilmasligi to risida
Yevropa Konvensiyasi;
- 1974-yilgi Terrorizm bilan kurash haqidagi Yevropa Kon-
vensiyasi;

1
Abdulla Mamatqulov. Xalqaro huquq./Darslik. T.: Adolat, 1997. 267-bet.






37
- Topshirish to risidagi Yevropa Konvensiyasiga 1978-yil-


dagi 2-qo shimcha Protokol;
- 1978-yilgi Jinoiy ishlar bo yicha o zaro yordam haqidagi
Yevropa Konvensiyasiga qo shimcha Protokol;
- 1983-yilgi Mahbuslarni topshirish to risidagi Konvensiya;
- 1983-yilgi Inson huquqlarini himoya qilish va o lim jazo-
sini bekor qilishga nisbatan asosiy erkinliklar to risidagi Kon-
vensiyaga 6-Protokol;
- 1987-yilgi Qiynoqlar va noinsoniy yoki kishilarni xo r-
lovchi muomala hamda jazolashning oldini olish to
risidagi
Yevropa Konvensiyasi, 1993-yilgi 1- va 2-qo shimcha Protokol-
lari bilan;
- 1990-yil Jinoiy faoliyatdan tushgan daromadlarni yuvish ni
aniqlash tartibga solish va musodara qilish to risidagi Konven-
siya va boshqalar;
- 2011-yil 28-oktabrda Moskvada qabul qilingan Tibbiy
mahsulotlarni qalbakilashtirish va aholi salomatligiga tajovuz
qiluvchi jinoyatlar bilan kurashish haqidagi Xalqaro Konvensiya.
Yevropa Kengashiga a zolikning shartlaridan biri mamlakat-
larning sanab o tilgan mintaqaviy Shartnomalarga qo shilishidir;
Xalqaro huquq qarashlarida xalqaro jinoyat huquqi manba-
lariga xalqaro odatlarning mansubligi masalasi bahsli hisobla-
nadi. Xalqaro huquqning odatiy me yorlari shartnomalarga qara-
ganda ahamiyatliroqligi haqidagi nuqtai nazarga qo shilish qiyin.
Shunga ko ra, xalqaro odatlar, xalqaro shartnomalarga ko proq
qo shilyapti, deb ta kidlash mumkin. Yevropa Konvensiyasi me yor-
lari asosida, xususan, urush qonunlari va odatlarining buzilishi-
da, ko p hollarda, ma lum xalqaro bitimlarda kodekslashtirilgan
xalqaro odatlar yotadi
1
.
Aytib o tilganlar xalqaro jinoyat huquqida odatiy (oddiy)
me yorlar yo q degani emas. Ular bor. Misol sifatida jinoyat-
chilarni topshirishning ba zi qoidalarini keltirish mumkin. Ma lum-

1
Qarang: È.Í. Àðöèáàñîâ, Ñ.À. Åãîðîâ. Âîîðóæåííûé êîíôëèêò: ïðàâî, ïîëèòèêà,


äèïëîìàòèÿ. Ì.: 1989. Ñ. 56.




38
ki, davlatlar orasida xalqaro kelishuv mavjud bo lsagina, jinoyat-


chi, albatta, topshiriladi. Bunday kelishuv yo q bo lsa, odatiy
me yor amalga kiradi.
Xalqaro jinoyat huquqining odatiy me yorlari yuzaga keli-
shiga turli mamlakatlar milliy qonunchiligining bir masala bo -
yicha qabul qilingan me yorlari alohida o rin egallaydi. Masalan,
xalqaro terrorizm va yollamachilik bilan kurash bo yicha jinoiy
qonunlar xalqaro huquqning alohida xalqaro sud organlari ol-
dida aybdorlarning javobgarligi to risidagi odatiy me yori pay-
do bo lishiga yordam berishi mumkin. Xuddi shu qonunlardan
giyohvand moddalarning noqonuniy savdosi, umuman, noqonu-
niy savdoga qarshi kurashish bo yicha xalqaro bitimlarni ishlab
chiqish va qabul qilishda faol foydalanilmoqda. Ammo milliy qo-
nunchilikni xalqaro jinoyat huquqining manbai hisoblash asos-
siz. Xalqaro huquq manbalarining ro yxati tugal va umuman
tan olingandir.
BMT Xalqaro Sudi Statuti (Nizomi)ning 38-moddasida
xalqaro huquqning yordamchi manbalariga kiritilgan sud qaror-
lari, pretsedentlari u yoki bu xalqaro huquqiy me yorning
yo qligini tasdiqlab yoki qayd etib, xalqaro huquq rivojlanishiga
ta sir qiladi
1
. Nyurnberg harbiy tribunali hukmi misolida
yuqorida sud qarorining xalqaro jinoyat huquqi tamoyillarining
va konkret me yorlarining shakllanishiga ta siri ko rsatilgandi.
BMT Bosh Assambleyasi qarori tufayli jahon hamjamiyati ush-
bu tamoyillarni umum tan olingan, xalqaro huquqning oldinroq
shakllangan me yorlariga asoslangan sifatida olib qaraydi. Nyurn-
berg tamoyillari Genotsid, aparteid, ekotsid va boshqa xalqaro
jinoyatlar uchun javobgarlik to risidagi xalqaro huquqiy huj-
jatlarni qabul qilish uchun huquqiy asos bo ladi.
Xalqaro jinoyat huquqining yordamchi manbasi sifatida Nyurn-
berg tribunali Hukmi 1949-yilgi urush qurbonlari himoyasi
to risidagi Jeneva Konvensiyalarida yodga olinadi. Ular, xusu-
san, 1907-yildagi Gaaga Konvensiyalarida qayd etilmagan, ammo

1
Áëèøåíêî È.Ï. Ïðåöåäåíòû â ìåæäóíàðîäíî ïðàâå. Ì.: 1977. C. 11 12.






39
Nyurnberg tribunali Nizomi va Hukmi bilan bevosita sud qilin-


gan harbiy jinoyatlar uchun jinoiy javobgarlikni ko zda tutadi.
Dalillar hamda shu hukm qarorlarining o zidan ham hozirgi
kunda xalqaro va jinoiy sudlar tomonidan muqobil milliy ishlar
bo yicha pretsedent sifatida foydalanilgan va foydalanilmoqda.
BMT Xalqaro Sudining qarorlari xalqaro huquqni qo llash
akti hisoblanadi, lekin shu bilan birga ularning kuchli sud ko rib
chiqqan aniq ish (nizo) bilan chegaralanib qolmaydi. Uning cho-
ralari xalqaro-huquqiy normalarni sharhlash shakli (konsultativ
xulosa) singari ma lum rol o ynaydi. Shu masalani alohida ta -
kidlab o tish joizki, BMT Xalqaro Sudining qarorlari so nggi
yillarda ko pchilik xalqaro huquqshunoslar tomonidan xalqaro
ommaviy huquqning manbai sifatida tan olinmoqda, ya ni BMT
Xalqaro Sudining qarorlari manbalarni aniqlashda yordamchi
vositadan manbaga aylanganligi haqida so z yuritish mumkin.
1

Xalqaro jinoyat huquqi monografiyasining mualliflari ta -


kidlaganidek, xalqaro jinoiyat huquqining bilvosita manbasi roli-
ni davlat ichki sudlarining ko rib chiqilayotgan toifasidagi ishlar
bo yicha sud qarorlari va hukmlari o ynaydi. Aniq misollarda ush-
bu tezis isbotlangan
2
. Masalan, 1976-yil Luandadagi yollanma
jangchilar ustidan sud jarayonida jinoyatchilarni tergov qilish
uchun 35 mamlakat vakillaridan Xalqaro komissiya tuzilgandi.
Angola sudi 13 nafar xorijlik yollanma jangchilarni jinoiy jazo-
ning qat iy choralariga hukm qildi. Hukm ularning ishlarini
xalqaro jinoyat huquqi bo yicha jinoiy deb tan oldi. Davlatlar-
ning qurolli to qnashuvlarida yollanma jangchilarni yollash va
ulardan foydalanishlari amaliyoti ham qoralangandi. Aytib o til-
gan komissiya o z tergovi natijalarini shu sud hukmini yollan-
machilik bilan kurash xalqaro amaliyotini ushbu masala bo yi-
cha BMT Bosh Assambleyasi rezolyutsiyalari va mintaqaviy
konvensiyalarni tahlil qilib, yollanmachilikning oldini olish hamda
taqiqlash to risidagi konvensiya loyihasini ishlab chiqdi.

1
X.T. Odilqoriyev, B.E. Ochilov. Hozirgi zamon xalqaro huquqi (ommaviy huquq).


/Darslik. T.: 2002. 47-bet.
2
Ìåæäóíàðîäíîå óãîëîâíîå ïðàâî. M.: Íàóêà, 1995. C. 25 27.




40
Ushbu misollar xalqaro va milliy sudlarning sud qarorlari,


xalqaro jinoyat huquqining shakllanishi hamda rivojlanishida
ma lum rol o ynashi va xalqaro huquq ushbu sohasining yor-
damchi, bilvosita manbalariga mansubligi haqidagi xulosani tas-
diqlaydi.
Xalqaro jinoyat huquqining manbalari orasida davlatlarning
jinoyatchilikka qarshi kurashish bo yicha ko p tomonlama va
ikki tomonlama bitimlari muhimdir.




41


Yüklə 472,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə