Zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti oblakulov d. O


 Xalqaro xarakterdagi jinoyatlarning alohida



Yüklə 472,05 Kb.
səhifə23/69
tarix11.12.2023
ölçüsü472,05 Kb.
#147733
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   69
Toshkent davlat yuridik instituti oblakulov d. O. Mustanov I. A-fayllar.org

2.2. Xalqaro xarakterdagi jinoyatlarning alohida 
turlari va ularga qarshi kurash bo yicha xalqaro ham-
korlikning o ziga xos xususiyatlari 

Xalqaro xarakterdagi


1
jinoyatlar milliy huquqiy tartibotga
tajovuz qilishi bilan birga xalqaro hamjamiyatning muhim man-
faatlariga ham zarar yetkazadi. Ba zan bu turdagi jinoyatlar
konvensiyaviy jinoyatlar deb ham ataladi, chunki davlatlarning
xalqaro xarakterdagi jinoyatlarning muayyan turiga qarshi
kurashi ko p tomonlama xalqaro shartnomalar asosida amalga
oshiriladi.
Xalqaro xarakterdagi jinoyatlar xalqaro shartnomalarda
nazarda tutilgan, davlatlararo tinchlik munosabatlarining turli
sohalariga tajovuz qiluvchi ijtimoiy xavfli qilmish bo lib, xalqaro
jinoyatlardan asosiy farqi bu kabi jinoyatlarning subyektlari
davlatlar emas, balki jismoniy shaxslar hisoblanadi. Javobgarlik
xalqaro shartnomalar asosida vujudga kelib, tegishli davlat
huquqlari orqali amalga oshiriladi.
Hozirgi kunda eng keng tarqalgan xalqaro huquqbuzarliklar
ushbu turkumga kiruvchi jinoyatdir. Shu sababli xalqaro xarak-
terdagi jinoyatlarning alohida turlari va ularga qarshi kurash bo yi-
cha xalqaro hamkorlikning ayrim jihatlarini ko rib chiqamiz.
Qulchilik va uning oldini olish 
Qul savdosini taqiqlash to risidagi masala birinchi maro-
taba Vena kongressiga qo yilgan edi. Bu kongress 1815-yil 4-fev-
ralda negr qullar savdosini bekor qilish to risida maxsus Dek-
laratsiya qabul qildi. 1815-yilgi deklaratsiyaning amaliyotga qo l-
lanilishiga Amerikaga negr qullarni olib o tishni taqiqlash to -
risida besh davlat tomonidan qabul qilingan 1841-yil 20-dekabr-

1 Izoh: Xalqaro huquq va kriminologiyaga oid adabiyotlarda ushbu mavzu besh xil


nomlanadi: Xalqaro xarakterdagi jinoyatlar , Transmilliy jinoyatchilik , Xalqaro
tusdagi jinoyatlar , Xalqaro ahamiyatga ega bo lgan jinoyatlar , Xalqaro xusu-
siyatga ega bo lgan jinoyatlar .




58
dagi shartnoma asos bo ldi (shuningdek, 1885-yil Kongo daryosi


to risida Berlin konferentsiyasining Yakunlovchi Aktining 9-mod-
dasi va 1890-yil 2-iyuldagi qul savdosiga qarshi kurash bo yicha
Bryussel Konferentsiyasining Bosh akti). Millatlar Ligasi doira-
sida ishlab chiqilgan, 1926-yil 25-sentabrda imzolangan Qulchi-
lik bo yicha Konvensiya, 1930-yil qabul qilingan Zo raki yoki
majburiy mehnat to
risida gi Konvensiya
1
qabul qilingan.
BMT Bosh Assambleyasi barcha davlatlarga 1926-yilgi Kon-
vensiyaga qo shilishni va qulchilikka qarshi kurash bo yicha qo -
shimcha tadbirlar ishlab chiqishni tavsiya qildi.
1956-yil 7-senyabrda BMT tomonidan chaqirilgan qulchilik-
ka qarshi kurash bo yicha Jeneva Konferensiyasida qul savdosi,
qulchilikni bekor qilish bo yicha Qo shimcha Konvensiya qabul
qilindi.
1926-yilda qabul qilingan 1956-yilda o zgartirishlar kiritilgan
Qullik to risidagi Konvensiyaning 1-moddasida qayd etilgani-
dek, qullik bu insonning shunday holati yoki ahvoliki, uning
ustidan egalik huquqining belgilari yoki ulardan ba zilari amal-
ga oshiriladi. Tutqinlar savdosi insonni qullikka sotish maqsadi-
da uni bosib olish, egalik qilish, in om etish aktini; tutqinni
sotish yoki almashtirish maqsadida, uni egallash har qanday
aktini; umuman, tutqinlarni sotish yoki tashish har qanday akti sin-
gari, sotish yoki almashish yo li bilan egallagan tutqinni sotish
yoki almashtirish yo li bilan in om qilish har qanday aktini o z
ichiga oladi.
1956-yilning 7-sentabrida Qulchilikni, qul savdosi va qul-
chilikka o xshash institut va odatlarni tugatish to risida gi
Qo shimcha Konvensiyasi (1957-yil 30-aprelda kuchga kirgan)
biror kishini qulga aylantirmoqchi bo lgan shaxslar, qullarni ta-
shish bilan shug ullanuvchi shaxslarni jazoga tortishni nazarda
tutadi
2
.

1 Inson huquqlari bo yicha xalqaro shartnomalar. To plam. T.: Adolat, 2004.


235-bet.
2 O sha joyda. 216-bet.




59
Konvensiyada, ishtirokchi davlatlar majburiyati bayon qilinib,


xuddi shunday jinoyatni sodir qilgan aybdor shaxslarni jazolash
to risida kelishilgan. Bunga quyidagilar kiradi:
- qanday transport vositasidan foydalanishidan qat i nazar,
qullarni bir mamlakatdan ikkinchisiga olib o tish;
- biron-bir shaxsni o ziga bo yin egdirish yoki birontasini
ziga qul qilish;
- biron-bir shaxsni o ziga mutlaqo tobe qilib, erksiz qilib
qo yish (qarz berib qaram qilish, huquqsiz dehkon qilish, ayollar
va bolalarni oldi-sotdi qilish va hokazo);
- qulni va erksiz shaxsni jazo tariqasida mayib qilish, kuydirib
tamg a bosish;
- bunday jinoiy harakatlarga ishtirokchi bo lish yoki xufya
til biriktirib bunday jinoyatni sodir qilish
1
.
Qullik to risida gi Konvensiyada davlatlarning odamlardan
foydalanish uchun ularni yollash jinoyatining oldini olish va bar-
taraf etish masalasi qayd etilib, unda quyidagilar o z ifodasini
topgan;
- biror-bir shaxsni qo lga kiritish yoki qullikka solish maq-
sadida uni ekspluatatsiya qilish yo li bilan egallab olish;
- sotish yoki ayirboshlash maqsadida qulni qo lga kiritish
bilan bog liq barcha harakatlarni amalga oshirish;
- shu maqsadda qo lga kiritilgan shaxsni sotish yoki ayir-
boshlash bo yicha barcha harakatlar, qullar savdosi yoki qullarni
tashish bo yicha har qanday harakatlarni amalga oshirish
2
.
Ushbu konvensiyaga muvofiq, uni imzolagan tomonlar qul
savdosini tugatish va oldini olish, shu bilan bir qatorda, tezlik
bilan qullikning barcha shakillarini to liq tugatish majburiyatla-
rini o z zimmalariga olganlar.
Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasida Har bir
inson yashash, erkin bo lish va shaxsiy daxlsizlik huquqlariga

1 Inson huquqlari bo yicha xalqaro shartnomalar. To plam: T.: Adolat, 2004.


216-bet.
2 O sha joyda.




60
egadir


1
(3-modda), Hech kim qullikda yoki erksiz holatda saq-
lanishi mumkin emas; qullik va qul savdosining barcha ko rinish-
lari taqiqlanadi
2
(4-modda), degan qoidalar mustahkamlangan.
Ozodligi cheklangan va xo jayinining og ir mehnatiga jalb
etilgan shaxs quldir. Quldorlik eng taraqqiy etgan mamlakatlar-
ga qadimgi Rim va Yunonistonni misol sifatida keltirish mumkin.
Hozirgi kunda qulchilikning har qanday ko rinishlari barcha
davlatlarda qonun bilan qat iy taqiqlangan, oxirgi marta qullardan
foydalanishni taqiqlash 1981-yilda Mavritaniyada joriy qilindi.

Yüklə 472,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə