Zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti oblakulov d. O



Yüklə 472,05 Kb.
səhifə19/69
tarix11.12.2023
ölçüsü472,05 Kb.
#147733
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   69
Toshkent davlat yuridik instituti oblakulov d. O. Mustanov I. A-fayllar.org

Subyektiv tomonidan
xalqaro jinoyatlar to ri qasddan
sodir etilishi bilan tavsiflanadi.
Xalqaro jinoyat sodir etilgan hollarda javobgarlikning uni-
versal huquqiy munosabatlari yuzaga keladi va unga ko ra, hu-
quqbuzar nafaqat jabrlanuvchi oldida, balki xalqaro hamjamiyat
oldida ham yalpi javobgar bo ladi. Bu o rinda universal majbu-
riyatlar ( erga omnes ) buzilganda xalqaro huquqning har bir
subyekti huquqbuzardan o z jinoiy harakatlarini to xtatishni va
ularning oqibatlarini bartaraf etishni talab qilish huquqiga
egadir
1
.
Xalqaro jinoyatlarda jazoning muqarrarligini ta minlash uchun
xalqaro jinoyat huquqi normalari qidiruv, qamoq va jinoyat-
chilarni berish ekstraditsiya qoidalarini tartibga solib turadi.
1946-yildanoq BMT Bosh Assambleyasi o zining maxsus rezol-
yutsiyasida davlatlarga Harbiy jinoyatchilarni qayerda jinoyat
sodir etgan bo lsa, o sha davlatga ularni jo natib, o sha davlat
qonunlari asosida javobgarlikka tortish uchun barcha choralarni
ko rish kerakligi haqida tavsiyalar bergan edi. Keyinchalik
BMTning Inson huquqlari bo yicha Komissiyasi o zining 29-ses-
siyasida insoniyatga qarshi jinoyatlar va harbiy jinoyarlarda ayb-
dor bo lgan shaxslarni aniqlash, qamash va ularni ushlab, jazo-
ga tortish bo yicha xalqaro hamkorlik prinsiplari loyihasini
ko rib chiqdi va ma qulladi. Bosh Assambleya o z rezolyutsiyasida
ana shunday 9 ta prinsipni e lon qildi
2
.

Xalqaro huquqda jazo masalasi belgilab qo yilgan. Unga


ko ra, xalqaro huquq bo yicha jinoyat sodir etgan shaxs nafaqat
javobgarlikka, balki jazoga ham tortiladi. Nyurnberg tribunali
zining qarorida shuni tan oldiki, individlar ham xalqaro huquq-

1
Lukashuk I.I., Saidov A.X. Hozirgi zamon xalqaro huquq nazariyasi asoslari


(o quv qo llanma). T.: O zbekiston Faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2007.
392-bet., Saidov A.X. Xalqaro huquq chizmalar va ta riflarda. O quv qo llanma.
Darslik, T.: Adolat, 2001. 352-bet.
2
BMT Bosh Assambleyasining 3074 Rezolyutsiyasi.




50
buzarliklar uchun jazoga tortiladilar . Aytib o tilganlardan ko ri-


nib turibdiki, xalqaro jinoyat huquqi ham, milliy jinoyat huquqi
singari uchta funksiyani bajaradi, ya ni u shaxslar uchun maj-
buriy bo lgan xulq-atvor qoidalarini, bunday qoidalarni buzgan-
lik uchun shaxsiy javobgarlikni va bu qoidalarni buzganlik
uchun aybdorlar jazosini belgilaydi
1
.
Xalqaro jinoyat huquqida jazo jinoyatning og irligi va xusu-
siyatiga teng bo lmog i lozim degan prinsip tasdiqlangan. Ammo
unda jazoning turlari va chegaralari aniq belgilanmagan. Bu hol
xalqaro jinoyatlarning ko pligi bilan emas, balki bu munosabat-
da davlatlar huquqiy tizimlarining turli xilligi bilan izohlanadi,
chunki bu huquqiy tizimlar orqali ularning sudlari xalqaro jino-
yatlar uchun jazo belgilaydilar
2
.
Xalqaro va milliy huquqning o zaro ta siri, ikki huquqiy tizim-
ning xalqaro va davlatlarning ichki huquqlari o zaro harakati-
ning to liq (umumiy) jarayoni doirasida amalga oshiriladi.
Xalqaro jinoyat huquqi va davlatlarning ichki (milliy) jinoyat
huquqi birgalikda jinoyatchilikka qarshi kurash sohasidagi xalq-
aro hamkorlik huquqining yagona huquqiy asosini tashkil qiladi.
Quyida xalqaro jinoyatlardan genotsid, aparteid, ekotsid va
biotsid kabi jinoyatlarga qanday javobgarlik belgilanishini ko rib
chiqamiz.

Yüklə 472,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə