Ўзбекистон республикаси ќишлоќ ва сув хўжалиги вазирлиги


Byudjet chetlanishlarining muhimlik darajasi mezonlari



Yüklə 2,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/110
tarix21.12.2022
ölçüsü2,15 Mb.
#97468
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   110
2666-Текст статьи-6376-1-10-20200706

Byudjet chetlanishlarining muhimlik darajasi mezonlari
9-jadval 
T/r 
Chetlanishlarni yo„l qo„yish mumkin bo„lgan darajasi 
Chetlanish 
darajasi 
1. Chetlanishlarni to‗liq yo‗l qo‗yish mumkin bo‗lgan darajasi 

2. Chetlanishlarni eng kam miqdorda yo‗l qo‗yish mumkin bo‗lgan 
darajasi 

3. Chetlanishlarni o‗rtacha miqdorda yo‗l qo‗yish mumkin bo‗lgan 
darajasi 

4. Chetlanishlarni yuqori miqdorda yo‗l qo‗yish mumkin bo‗lgan 
darajasi 

5. Chetlanishlarni yo‗l qo‗yish mumkin bo‗lmagan darajasi

 


162 
Shuni ham e'tirof etish lozimki, chetlanishlarning sabablarini turkumlash 
muhim ahamiyatga ega. Chunki turkumlash ularni guruhlash va qarorlar qabul 
qilishning axborot bazasi sifatida ishlatish imkoniyatini beradi. 
 
Muhimlilik darajasi va chetlanishlar bo„yicha boshqaruv tadbirlarining 
asosiy mezonlari 
10 - jadval
T/r Ko„rsatkichlar 
Tadbirlarning nomi 
1.
Chetlanishlarni 
to‗liq yo‗l qo‗yish 
mumkin bo‗lgan 
darajasi 
Bunday holat odatda an'anaviy hol hisoblanadi 
2.
Chetlanishlarni 
eng kam miqdorda 
yo‗l qo‗yish 
mumkin bo‗lgan 
darajasi 
Chetlanishlarni retrospektiv tahlilini o‗tkazish va ularni 
sodir bo‗lishini takrorlanishini baholash. Takrorlanish 
ko‗rsatkichi yuqori bo‗lganda ularga te-gishli tuzatishlar 
kiritish bo‗yicha kerakli qarorlar qabul qilish 
3.
Chetlanishlarni 
o‗rtacha miqdorda 
yo‗l qo‗yish 
mumkin bo‗lgan 
darajasi 
Chetlanishlarni yuzaga kelish sabablarini aniqlash, 
ularni bartaraf etish bo‗yicha tegishli tadbirlarni ishlab 
chi-qish, jumladan xarajatlarning nafligi, ularni me'yoriy 
bazasi, daromad qismini to‗ldirish tartibi, byudjet 
verstkasi texnologiyasi, uning bajarilish moni-toringini 
o‗tkazish tartibi auditini o‗tkazish va h.k. 
4.
Chetlanishlarni 
yuqori miqdorda 
yo‗l qo‗yish 
mumkin bo‗lgan 
darajasi 
Chetlanishlarni yuzaga kelish sabablarini tezkor 
aniqlash, ularni bartaraf etish bo‗yicha tegishli tezkor 
tadbirlarni ishlab chiqish, jumladan, xarajat va 
tushumlarni 
barcha 
tashuvchilari 
bo‗yicha 
inventarizasiya qilish, me'yoriy-ma'lumot beruvchining 
ma'lumotlari to‗liqligi va aniqligini tezkor tekshirish, 
byudjet verstkasi sifati va uning bajarilish monitoringini 


163 
audit qilish va h.k.
5.
Chetlanishlarni 
yo‗l qo‗yish 
mumkin bo‗lmagan 
darajasi 
Chetlanishlarni yuzaga kelish sabab-larini tezkor 
aniqlash, byudjetni to‗ldirish manbalari va ularni 
sarflanish yo‗nalishlarini inventarizasiya qilish, xo‗jalik 
yurituvchi sub'ektlarni boshqarish sifati va inqirozga 
qarshi xarakterdagi choralarni audit qilish. 
Bizningcha, chetlanishlar sabablarini nafaqat miqdori va qiymati bo‗yicha, 
balki yuzaga kelish ehtimoli mezonlari, muhimligi, ob'ektiv yoki sub'ektivligi
darajasi bo‗yicha ham guruhlarga ajratish lozim.
Shuni ta'kidlash kerakki, turli xo‗jalik yurituvchi sub'ektlardagi barcha 
byudjet chetlanishlarining o‗ziga xos xususiyatlarini aks ettiradigan yagona 
klassifikatorni ishlab chiqishning imkoni yo‗q. 
Chetlanishlarni boshqaruv hisobi schyotlari tizimida hisobga olish uchun 
tadqiqotchi N.A. Yermakova
taklif qilgan quyidagi schyotlarni tadqiqot ob'ektida 
qo‗llash tavsiya qilinadi: 
2090 - «Xarajatlar byudjeti bo‗yicha chetlanishlar» cchyoti, 9490 - «Sotish 
byudjeti bo‗yicha chetlanishlar» schyoti. 
2090 - «Xarajatlar byudjeti bo‗yicha chetlanishlar» schyotining kreditida 
javobgarlik markazlari bo‗yicha rejalashtirilgan byudjet xarajatlarining umumiy 
summasi, debetida esa haqiqiy xarajatlar hisobga olinadi. Ushbu schyotning debet 
va kredit aylanmalarining farqi byudjet chetlanishlari summasini ko‗rsatadi. Ushbu 
chetlanishlar tegishli balans schyotlariga qo‗shimcha yozuv yoki «qizil storno» 
usuli orqali hisobdan chiqariladi. 
Ushbu schyotga qo‗shimcha ravishda javobgarlik markazlarining turlari 
bo‗yicha analitik schyotlar ochish mumkin. Bunda byudjet xarajatlari xarajat 
elementlari yoki moddalar kesimida tizimdan tashqarida hisobga olinadi. 


164 
Sotish byudjeti bo‗yicha chetlanishlarni hisobga olish uchun 9490-«Sotish 
byudjeti bo‗yicha chetlanishlar» schyoti qo‗llaniladi. Ushbu schyotning debetida 
byudjet bo‗yicha sotuvdan tushgan tushum, krediti bo‗yicha esa sotuvdan tushgan 
haqiqiy tushum soliqlarni hisobga olgan holda aks ettiriladi. Debet va kredit 
aylanmalarining farqi byudjet chetlanishlarining summasini bildiradi. Ushbu 
chetlanishlar «Sotishlar» schyotiga qo‗shimcha yozuv yoki «qizil storno» usuli 
bilan hisobdan chiqariladi.
Ushbu schyotga mahsulotlar nomenklaturasi va assortiment guruhlari 
kesimida subschyotlar ochish mumkin.
Chetlanishlar bo‗yicha boshqarish natijalarni taqqoslashga asoslangan 
bo‗lib, uni «To‗g‗ri aloqa orqali nazorat qilish» va «Teskari aloqa orqali nazorat 
qilish» kabi turlari mavjud. 
Teskari aloqa orqali nazorat qilish byudjet va haqiqiy natijalarni 
taqqoslashni nazarda tutadi hamda istiqbolga yo‗naltirilgan bo‗ladi.
Tadqiqotlar hozirgi kun talabi to‗g‗ri aloqa orqali nazorat qilishning 
umumqabul qilingan tartibiga qo‗shimcha sifatida uzluksiz vaziyat tahlili 
o‗tkazishni taqozo qilayotganligini ko‗rsatmoqda. Vaziyat tahlili deganda xo‗jalik 
jarayoni sodir bo‗lgan sharoitda korxona maqsadi va uni asosida hisoblangan 
maqsadli byudjet ko‗rsatkichlari haqqoniyligini baholash tushuniladi. 
Byudjetlashtirish–biznesni moliyaviy rejalashtirishning juda muhim va 
mas'uliyatli tizimi bo‗lganligi sababli unda tegishli teskari aloqa bo‗lishi shart. 
Teskari aloqa rolini byudjet bajarilishi nazorati bajarishi lozim.
Amaliyotda byudjet nazoratining ko‗plab turlaridan foydalaniladi (15-ilova). 
Ilovani o‗rganish shuni ko‗rsatmoqdaki, byudjet nazorati turlari turlicha 
maqsadlar va amalga oshirish shakllariga ega, biroq ular uyg‗unlikda va o‗zaro 
hamkorlikda amalga oshiriladi.
Yuqorida ta'kidlaganimizdek, byudjet siklini yakuniy bosqichi bo‗lib, 
yig‗ma byudjet bajarilishi tahlilini o‗tkazish hisoblanadi va u ba'zan reja-fakt tahlili 
deb ham ataladi hamda quyidagi uchta bosqichda o‗tkaziladi: 


165 
1-bosqich. Yig‗ma byudjetning reja va haqiqiy «chiqish shakllari» asosida 
chetlanishlar o‗rganiladi. Bu hali tahlilga kirmaydi, chetlanishlarni o‗rganish, qayd 
etish bo‗lib, asosiy vazifasi jarayonlarga baho berishdan iboratdir.
2-bosqich. Uchta asosiy yig‗ma byudjetlar: operasion, investisiya va
moliyaviy quyi byudjetlarining bajarilishi bo‗yicha chetlanishlar tahlili o‗tkaziladi 
va xulosalar tayyorlanadi.
3-bosqich. Mazkur bosqich sintez bosqichidir va unda byudjetostilarni 
batafsil omilli tahlili o‗tkaziladi. Undan so‗ng SWOT-tahlili asosida yig‗ma 
byudjetlar bajarilishi haqida korxona miqyosida xulosalar chiqarish imkoniyati 
paydo bo‗ladi va ushbu tahlil aslida kelgusi davr uchun byudjetlar ishlab chiqish 
uchun asos bo‗ladi. 
Tahlilning mazkur metodologiyasi ―ikki tomonlamali‖ tahlil hisoblanadi: 
masalan, operasion byudjetlar tahlili (ikkinchi bosqich) o‗z navbatida uchta 
bosqichga bo‗linadi: dastlab yuzaki o‗rganish amalga oshiriladi (vertikal tahlil), 
so‗ngra tadqiq etilayotgan chetlanishlarning asosiy mazmuni o‗rganiladi 
(gorizontal tahlil) va oxirida vertikal tahlil (shakllar) va gorizontal tahlil (mazmun)
natijalari sintezi asosida xulosalar tayyorlanadi.
Amaliyotda byudjet bajarilishi tahlilining ko‗plab turlari qo‗llaniladi
(16-ilova).
Korxonalarida byudjet bajarilishi ikkita sababga ko‗ra: birinchidan, 
byudjetlashtirish kontrollingini olib borish uchun, ikkinchidan, tahlil jarayoni 
yuqorida ta'kidlanganidek byudjetlashtirish siklini uzviy qismi hisoblanganligi 
sababli ham chuqur tahlil qilinishi kerak.
Byudjet bajarilishi haqidagi hisobot byudjetlashtirish jarayonining ajralmas 
qismi bo‗lib, uni nazorat qilishda muhim rol' o‗ynaydi. Bunda hisobotlar byudjet 
ko‗rsatkichlarining haqiqiy ma'lumotlarini rejalashtirilgan (me'yorlashtirilgan) 
ko‗rsatkichlar bilan taqqoslagan holda oy, kvartal va yillik muddatlar bo‗yicha 
shakllantiriladi.
Mazkur hisobotlar orqali haqiqiy va byudjet ko‗rsatkichlari hamda ular 
o‗rtasidagi chetlanishlar (izohlari bilan), mas'uliyat markazi ko‗rsatkichlari, 


166 
faoliyatning oldingi davrlari va turli bo‗linmalar kesimidagi natijalari, korxona 
xodimlarining ishlagan ish vaqtlari, ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish 
darajasi va boshqalar haqida ma'lumotlarga ega bo‗lish mumkin. Ushbu hisobotlar 
uchun joriy va kelgusi nazoratning natijalari asos bo‗lib xizmat qiladi. 
Ushbu hisobotlardan tashqari amaliyotda zarurat tug‗ilgan vaqtda 
rahbariyatning topshirig‗i bilan bir martalik hisobotlar ham tuzilishi mumkin.
Biroq, shuni ham unutmaslik lozimki, byudjet bajarilishi haqidagi hisobotlar 
tuzish bo‗yicha universal tavsiyalar mavjud emas. Bunda ko‗plab omillarni doimiy 
ravishda o‗rganib borish, tahlil qilish, grafiklar chizish va muhim ma'lumotlarni 
ajratib ko‗rsatish va moliyaviy bo‗lmagan ko‗rsatkichlar bilan hisobotlarni 
kengaytirishga e'tibor qaratish lozim.
Byudjet bajarilishi haqidagi hisobotlarni tuzish masalasi iqtisodiy 
adabiyotlarda batafsil bayon qilingan. Jumladan, tadqiqotchi Ye. Koba tomonidan 
byudjetlar ijrosining asosiy ko‗rsatkichlari bo‗yicha nazorat qilish imkoniyatini 
beradigan hisobot shakllari tavsiya qilingan.
Mazkur hisobot boshlang‗ich hujjatlar asosida to‗ldiriladi va uning 
ko‗rsatkichlari tarkibi rahbar-xodimlar talabi va ehtiyojiga qarab yanada 
kengaytirilishi va detallashtirilishi mumkin.
Buning uchun hisobotlar tuzishda 
komp'yuter dasturlaridan foydalanish kerak va u hisobot shakli hamda 
ko‗rsatkichlarini har qanday zarur boshqaruv kesimida tez, tizimli va o‗zaro 
aloqadorlikda shakllantirish imkoniyatini beradi. 

Yüklə 2,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə