Ўзбекистон республикаси ќишлоќ ва сув хўжалиги вазирлиги



Yüklə 2,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/110
tarix21.12.2022
ölçüsü2,15 Mb.
#97468
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   110
2666-Текст статьи-6376-1-10-20200706

22-chizma.
 
Nazorat va baholash byudjetini shakllantirish 
Byudjetning bajarilishi ustidan nazorat qilish uchun birinchi navbatda 
taqqoslash bazasi sifatida olinayotgan rejani o‗zgartirish lozim. Bunda faqatgina 
moslashuvchan byudjetlarni hisoblash, reja ko‗rsatkichlarini mahsulotning haqiqiy 
ishlab chiqarilgan hajmiga ko‗ra qayta hisoblash yetarli bo‗lmasligi aniqdir. 
Boshqaruv hisobiga oid adabiyotlarda esa bu borada boshqa biron-bir taklif 
berilmagan. 
Bizningcha, statik byudjetga ta'sir qiluvchi ikkita guruh omillarini qayta 
hisoblash zarur: 
- mahsulot hajmining o‗zgarishiga ko‗ra qayta hisoblash orqali 
moslashuvchan byudjet tuziladi;
- shart-sharoitlar o‗zgarishiga ko‗ra qayta hisoblash orqali vaziyatli byudjet 
tuziladi. 
Vaziyatli byudjet–byudjetlashtirishning shart-sharoitlari o‗zgarishini hisobga 
olgan holda qayta hisoblangan byudjetdir.
Byudjetlashtirishning shart-sharoitlarning o‗zgarishiga quyidagilar kiradi: 
- tashqi sharoitdagi o‗zgarishlar (makroiqtisodiy ko‗rsatkichlar, tovar va pul 
bozorlari, soliq qonunchiligi va raqobatchilar hatti - harakatlari tufayli shart-
sharoitlar o‗zgarishi); 


181 
- faoliyat yuritishning asosiy sharoitlarining o‗zgarishi (strategik rivojlanish, 
sotish, ishlab chiqarish, ta'minot, yoqilg‗i-energetika iste'moli, transport ta'minoti,
ekologiya, xodimlar tarkibi va ijtimoiy ta'minotdagi o‗zgarishlar); 
- moliyaviy natijalar prognozida byudjet davrining oxirida yuz bergan 
o‗zgarishlar. 
Mazkur ikki guruh omillariga ko‗ra boshlang‗ich byudjetni o‗zgartirish 
natijasida nazorat byudjeti shakllantiriladi.
Nazorat byudjetini shakllantirishdan asosiy maqsad byudjet bajarilishini 
korxonaning maqsadi sifatida baholash va nazorat qilishdan iboratdir. Shu bilan 
birga mazkur byudjet yordamida belgilangan maqsadlardan chetlanishlarni omillari 
va sabablari aniqlanadi hamda uning yordamida tegishli maqsadga erishish uchun 
ularga tegishli o‗zgartirishlar kiritiladi. 
Shuni ham unutmaslik kerakki, nazorat byudjetidan bo‗linmalar, xodimlar, 
rahbariyat va menejment faoliyatini baholash hamda rag‗batlantirish maqsadlari 
uchun asos sifatida foydalanib bo‗lmaydi.
Buning uchun fikrimizcha, mazkur byudjetga qayta o‗zgartirishlar kiritish 
lozim. Bunda nazorat byudjeti rahbariyat, turli bo‗g‗in va bo‗linmalar menejerlari 
faoliyatiga bog‗liq va bog‗liq bo‗lmagan omillarga ko‗ra o‗zgartiriladi. Natijada 
baholash byudjeti yuzaga keladi va u quyidagi formula asosida hisoblanadi: 

Yüklə 2,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə