Ўзбекистон республикаси ќишлоќ ва сув хўжалиги вазирлиги



Yüklə 2,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/110
tarix21.12.2022
ölçüsü2,15 Mb.
#97468
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   110
2666-Текст статьи-6376-1-10-20200706

 
21-chizma.
 
Korxonalarda moslashuvchan byudjetni shakllantirish jarayoni 
ketma-ketligi 
Statik byudjetlarni shakllantirish
Korxona xarajatlarini doimiy va o‗zgaruvchan xarajatlarga 
ajratish va uni tasdiqlash 
O‗zgaruvchan xarajatlar moddalarining tushumga bog‗liqlik 
koeffisientini hisob-kitob qilish 
Moslashuvchan byudjetda statik byudjet uchun ustunlar ajratish
Moslashuvchan byudjetni tuzish va chetlanishlar tahlilini 
o‗tkazish 


172 
Byudjet ma'lumotlari bashorat qilinayotgan sotish hajmiga ko‗ra 
hisoblangan xarajatlarni o‗z ichiga oladi. Haqiqatda sarflangan xarajatlar esa 
mahsulotning haqiqiy hajmiga tegishli bo‗ladi, shuning uchun ham ularni 
taqqoslash to‗g‗ri bo‗lmaydi. Ayniqsa, bu holat xarajatlarining katta qismi 
o‗zgaruvchan (shartli o‗zgaruvchan) xarajatlardan iborat bo‗lgan paxta tozalash 
korxonalari uchun o‗ta muhimdir.
Byudjet ko‗rsatkichlari va haqiqiy ko‗rsatkichlarni taqqoslash uchun ular 
yagona sotish hajmiga taalluqli bo‗lishi lozim. Shuning uchun chetlanishlar 
bo‗yicha javobgarlikni mas'uliyat markazlari o‗rtasida taqsimlash haqida qarorlar 
qabul qilishdan oldin statik byudjet ma'lumotlariga haqiqiy sotish hajmidan kelib 
chiqib, moslashuvchan byudjetlar orqali tegishli tuzatish kiritish maqsadga 
muvofiq bo‗ladi.
Tahlillar moslashuvchan byudjet turli miqdordagi mahsulotlarni sotishdan 
olinadigan tushumlarga ega bo‗lish uchun sarflanadigan xarajatlarni hisob-kitob 
qilish va byudjet ma'lumotlari tushum hajmining o‗zgarishi natijasida yuzaga 
kelgan haqiqiy ma'lumotlardan chetlanishlarini aniqlashga imkon berishini 
ko‗rsatmoqda.
Shuni ham ta'kidlash joizki, korxonada sotishdan olinadigan tushum 
dinamikasi barqaror bo‗lmaganda rejalashtirish jarayonida moslashuvchan 
byudjetlardan foydalanish tavsiya etiladi.
Rejalashtirishning birinchi bosqichida mahsulot sotishdan olinadigan tushum 
tahlil qilinadi va mahsulot rejasi tuziladi. So‗ngra byudjet davri uchun haqiqiy va 
reja tushum hajmi aniqlanadi. Haqiqiy tushumni rejaga nisbatan chetlanishi o‗z 
navbatida quyidagilarga bo‗linadi: 
- reja bilan moslashuvchan byudjet o‗rtasidagi chetlanishlar; 
- moslashuvchan byudjet bilan haqiqiy byudjet ko‗rsatkichlari o‗rtasidagi 
chetlanishlar. 
Moslashuvchan byudjetni tahlil qilish tuzilgan birlamchi statik byudjet, ya'ni 
korxona faoliyatining ma'lum bir darajasiga ko‗ra hisoblangan byudjet asosida 
amalga oshiriladi. Statik byudjet tuzilganda yuqorida ta'kidlanganidek, daromadlar 


173 
va xarajatlar sotishni aniq bir darajasidan kelib chiqib rejalashtiriladi. Statik 
byudjet bilan haqiqatda erishilgan natijalar solishtirilganda korxona faoliyatining 
real holati hisobga olinmaydi, ya'ni barcha haqiqiy natijalar mahsulot sotishning 
qanday hajmiga erishilganidan qat'i nazar prognozlashtirilayotgan ko‗rsatkichlar 
bilan taqqoslanadi. Moslashuvchan byudjet korxona faoliyatini aniq bir darajasi 
uchun emas, balki uni ma'lum bir diapazoni uchun tuziladi, ya'ni unda sotish 
hajmining bir necha muqobil variantlari nazarda tutiladi. Mahsulot sotishda 
erishish mumkin bo‗lgan har bir daraja uchun sarflanadigan xarajatlar miqdori 
aniqlanadi. Moslashuvchan byudjetda mahsulot sotish miqdorining o‗zgarishiga 
ko‗ra xarajatlarning o‗zgarishi hisobga olinadi. U erishilgan natijalarni 
rejalashtirilgan ko‗rsatkichlar bilan taqqoslash uchun dinamik baza hisoblanadi. 
Tadqiqotlar moslashuvchan byudjet tuzishda eng maqbul variant sotish 
hajmi o‗zgarishining har bir xarajat turiga ta'sirini tahlil qilish natijalari asosida 
byudjet tuzish ekanligini ko‗rsatdi.
O‗zgaruvchan xarajatlar uchun bir birlik mahsulotga to‗g‗ri keluvchi me'yor 
aniqlanadi, ya'ni o‗zgaruvchan xarajatlarning solishtirma og‗irligi hisob-kitob 
qilinadi. Ushbu me'yor asosida moslashuvchan byudjetda sotish miqdoridan kelib 
chiqib o‗zgaruvchan xarajatlarning umumiy summasi aniqlanadi. Doimiy xarajatlar 
miqdori ishlab chiqarish va sotish hajmiga bog‗liq bo‗lmaydi. Shuning uchun ular 
statik va moslashuvchan byudjetlarda bir xil miqdorda aks ettiriladi. 
Shuningdek, statik byudjet yordamida korxonalar faoliyatini to‗liq va chuqur 
tahlil qilish imkoni bo‗lmaydi, faqatgina moslashuvchan byudjet yordamida bunga 
erishish mumkin. 
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, moslashuvchan byudjetni tadqiqotimiz 
ob'ekti bo‗lgan paxta tozalash sanoatida qo‗llash yaxshi samara beradi degan 
xulosaga kelish mumkin. Chunki bu tarmoq korxonalarida moliyaviy-xo‗jalik 
faoliyati natijalarini oldindan prognoz qilishning imkoni yo‗q, chunki unga 
xomashyo yetkazib beruvchi qishloq xo‗jaligi tarmog‗ining faoliyati ko‗p jihatdan 
ob-havoga bog‗liq bo‗ladi. Shuning uchun ham ko‗rsatkichlarni ma'lum bir 


174 
oraliqdagi 
miqdorini 
prognozlashtirish 
lozim. 
Bunga 
moslashuvchan 
byudjetlashtirishni joriy etish orqali erishish mumkin. 
Moslashuvchan byudjet «Mabodo, ......holat yuz bersa» tamoyili asosida 
tuziladi, ya'ni moslashuvchan byudjet o‗zida turli prognozlarga asoslanib tuzilgan 
bir necha variantdagi statik byudjetlarni qamrab oladi. Kelajakda qanday voqealar 
sodir bo‗lishidan qat'iy nazar byudjetlarni qayta ko‗rib chiqish va ularga tegishli 
o‗zgartirishlar kiritishga zarurat bo‗lmaydi. Amalga oshayotgan prognozga 
asoslangan byudjet variantini qat'iy ravishda bajarishi kerak bo‗ladi.
Moslashuvchan byudjetlardan yuz berishi mumkin bo‗lgan ko‗zda 
tutilmagan holatlar sharoitida faoliyatni rejalashtirishda, turli xo‗jalik sharoitlarini 
baholash va tahlil qilishda ham foydalanish mumkin.
Ixtisoslikka oid ilmiy va o‗quv-uslubiy adabiyotlarni o‗rganish 
moslashuvchan va statik byudjetlarni tuzish hamda ular bo‗yicha chetlanishlar 
tahlilining o‗tkazish tartibi boshqaruv hisobi sohasidagi yetuk xorijlik iqtisodchi 
olimlar, jumladan, Ch. Xorngren, J. Foster va Sh. Datar tomonidan batafsil yoritib 
berilganligini ko‗rsatdi. Muallif ushbu olimlarning mazkur uslubini paxta tozalash 
korxonalarida qo‗llash tegishli samara beradi deb hisoblaydi. 
Unga ko‗ra moslashuvchan va statik byudjetlar tahlili batafsillik darajasiga 
ko‗ra farqlanadi. Chetlanishlar tahlilida tahlilning har bir darajasi oldingi darajani 
to‗ldiradi, ya'ni 0-darajadagi tahlilning batafsillik darajasi eng past hisoblanadi va 
1-darajadagi tahlilda unga nisbatan ko‗proq ma'lumot bo‗ladi va h.k. (22-chizma).
Statik byudjetdan chetlanishlar haqiqiy va rejalashtirilgan ko‗rsatkichlar 
o‗rtasidagi farqdan iboratdir. 
X korxonasining 2020 yilning mart oyi statik byudjetidan chetlanishlarning 
0 va 1-daraja tahlili quyida 12-jadvalda keltirilgan. 
Chetlanishlarning 0-daraja tahlilida eng kam miqdordagi qiymatlar ya'ni 
haqiqiy va rejalashtirilgan operasion foydalar taqqoslanadi. Misolimizda 
haqiqatdagi operasion foyda statik byudjetda belgilangan operasion foydaga 
nisbatan 93100 so‗mga kam bo‗lgan.


175 
0-daraja
1-daraja
2-daraja 
3-daraja 

Yüklə 2,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə