Asosiy tayanch tushunchalar:
Eks’ort – tovarlarni chet ellik mijozlarga sotish bo’lib, bunda mazkur mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlar mamlakatdan tashqariga chiqariladi.
Im’ort – chet ellik mijozlardan tovarlar (xizmatlar) sotib olib, ularni mamlakatga kiritish.
Reeks’ort – qandaydir mamlakat ishlab chiqaruvchi mamlakatdan tovarlarni o’z iste’moli uchun emas, balki uchinchi mamlakatga qayta sotish uchun sotib olishi.
Reim’ort – iste’molchi mamlakatdan reeks’ort tovarlarni sotib olish.
Xalqaro valyuta tizimi – xalqaro valyuta munosabatlarining davlatlararo bitimlarda huquqiy jihatdan mustahkamlangan shakli.
Valyuta kursi – bir mamlakat valyutasining boshqa mamlakat valyutasida ifodalangan bahosi.
To’lov balansi – mamlakat rezidentlari (uy xo’jaliklari, korxonalar va davlat) va chet elliklar o’rtasida ma’lum vaqt oralig’ida (odatda bir yilda) amalga oshirilgan barcha iqtisodiy bitimlar natijasining tartiblashtirilgan yozuvi.
Iqtisodiy bitimlar – qiymatning har qanday ayirboshlanishi, ya’ni tovarlar ko’rsatilgan xizmatlar yoki aktivlarga mulkchilik huquqining bir davlat rezidentlaridan boshqa davlat rezidentlariga o’tishi bo’yicha kelishuvlar.
Takrorlash uchun savol va to’shiriqlar:
Ichki va tashqi savdoning o’xshashliklari nimadan iborat? Ularning farqi-chi? Xalqaro savdo qanday ko’rsatkichlar bilan tavsiflanadi?
Nima uchun xalqaro savdoda sun’iy to’siqlar mavjud bo’ladi? Ularning tavsifini bering.
‘rotekstionistik siyosatning ijobiy va salbiy tomonlari qanday? Ularni taqqoslang.
Xalqaro savdoda iqtisodiy integrastiyaning ahamiyati qandayligi va unda O’zbekistonning ishtirok etishi imkoniyatlarini aniqlang.
Xalqaro valyuta tizimini tushuntiring. Har bir tizim qanday ustunlik va kamchiliklarga ega?
Davlat valyuta kurslarini barqarorlashtirish uchun qanday usullardan foydalanadi? Chet el valyutalariga talab va taklifga qanday omillar ta’sir ko’rsatadi?
Dostları ilə paylaş: |