Ўсимликшунослик маъруза doc



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/132
tarix21.06.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#118331
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   132
¡ñèìëèêøóíîñëèê ìàúðóçà doc



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI QIShLOQ 
VA SUV XO’JALIGI VAZIRLIGI 
SAMARQAND QIShLOQ XO’JALIK INSTITUTI 
q/x.f.n. Z.Mo’minova 
O’SIMLIKShUNOSLIK 
 
5111005–Kasb ta’limi (Agronomiya (dehqonchilik mahsulotlari turlari 
bo’yicha)) 
ta’lim yo’nalishi 4-bosqich talabalari uchun
MA’RUZA MATNI 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Samarqand – 2014 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


2
 
1.
 
Ma’ruza. Kirish. Dala ekinlarini yetishtirish texnologiyasi 
Reja: 
1.
 
O’simlikshunoslik faniing maqsadi va vazifalari. 
2.
 
O’zbekistonda dala ekinlarini yetishtirish texnologiyalarining xususiyatlari. 
3.
 
Qishloq xo’jalik ekinlarini yetishtirishdagi asosiy muammolar va ularning yo’nalishlari 
4.
 
Dala ekinlarini kelib chiqish markazlari. 
5.
 
Dala ekinlarini guruxlanishi 
ADABIYoTLAR: 
1.
Karimov I.A., Dexqonchilik taraqqiyoti farovonlik manbai, T., O’zbekiston, 1994, 48 bet. 
2.
Oripov R. Xalilov N. O’simlikshunoslik. Toshkent, 2006 y. 
3.
Otaboyeva X.N., va boshq., O’simlikshunoslik. Toshkent,Mehnat,2000, 270 b 
4.
Zemlya, voda, udobreniya. Toshkent, 1996-107 bet. 
5.
Posipanov T.S., Rasteniyevodstvo. M.Kolos, 1997 –448 s 
6.
Pexov A.P., Osnov
ы
plazmidologii. M., RUDN, 1996-239 s. 
O’simlikshunoslik fanining maqsadi –ekinlarni, navlarni, duragaylarni biologik 
xususiyatlari, mintaqaning tuproq –iqlim sharoitiga mos agrotexnik tadbirlar tizimini qo’llab 
ekologik toza, tannarxi past, sifatli va mo’l –hosil yetishtirish. 
Yetishtirish texnologiyasining vazifalari, o’simlikning me’yorida o’sib, rivojlanishi, yuqori 
hosil shakllantirish uchun –ilmiy asoslangan almashlab ekishlarni joriy etish, ekinning eng 
yaxshi o’tmishdoshdan keyin joylashtirish, tuproqni ishlashda ildiz tizimining yaxshi rivojlanishi 
uchun optimal suv –havo, oziqlanish rejimini yaratish, organik –ma’danli o’g’itlardan samarali 
foydalanish, begona o’tlar, kasalliklar va zararkunandalarga qarshi kurashda integral 
(uyg’unlashgan) uslublardan foydalanish, ekish uchun Davlat standart (andozali) lari talabiga 
javob beruvchi urug’lardan foydalanish, ekish muddatlari, me’yorlari, chuqurligini 
optimallashtirish, o’simlikni o’suv davrida, eng maqbul sug’orish rejimini yaratish, Davlat 
reyestriga kiritilgan yoki istiqbolli navlar, duragaylarni ekish, hosilni qisqa muddatda, 
nobudgarchiliksiz yig’ishtirib olish, dastlabki ishlov berish va saqlash tadbirlarini o’z vaqtida 
hamda sifatli bajarishdir. 
Qishloq xo’jalik ekinlarini yetishtirish texnologiyasi – yuqori va sifatli tannarxi past
ekologik toza hosil yetishtirishni ta’minlaydigan, ekinlarning biologik xususiyatlari, tuproq – 
iqlim sharoitiga mos keladigan agrotexnik tadbirlar majmuasidir. 
Ekinlarni yetishtirish texnologiyasida asosiy va ekishdan oldin tuproqni ishlash, o’g’itlash, 
urug’ni ekishga tayyorlash, ekish, ekin parvarishi, hosilni yig’ish texnologik tadbirlari barcha 
ekinlarda bajariladi. 
Ayrim ekinlarni yetishtirishda ularni o’ziga xos yetishtirish xususiyatlari mavjud bo’lib, 
ularga dukkakli ekinlar urug’ini inokulyasiya qilish, tolali ekinlar poyasini suvda ivitish 
tadbirlari kiritiladi. 
Qishloq xo’jaligida ilmiy texnika taraqqiyotining yutuqlaridan, ekinlarning, navlarning, 
duragaylarning biologik potensialidan to’la foydalanish, o’simliklarning o’sishi va rivojlanishini 
boshqarish natijasida ekinlar hosildorligini, yetishtirilgan mahsulot miqdorini oshirish dala 
ekinlari yetishtirish texnologiyasining asosiy yo’nalishlaridan biridir. 
Yetishtirish texnologiyasida ekinning biologik xususiyatlarini hisobga olgan holda uning 
ehtiyojlarini to’la qondirish, dehqonchilik madaniyatini yuksaltirish, mexnatga xaq to’lashni 
bozor iqtisodiyoti qonunlari asosida oshirish talab qilinadi. 
Hozirda qishloq xo’jalik ekinlarini yetishtirish texnologiyasini biologiyalashtirish 
(agrobiotexnologiya), eroziga qarshi texnologiya, energiyani tejaydigan texnologiya, intensiv 
texnologiya va boshqa turdagi turli texnologiyalar qo’llanilmoqda. 
Qishloq xo’jalik ekinlarini yetishtirish texnologiyasida har bir ekinning texnologik 
xaritalari tuziladi. Har bir dalaning tarixi, agrokimyoviy ko’rsatkichlari, fiotsanitar holati 
(begona o’tlar, kasalliklar, zararkunandalar), ekinlarning navbatlashishi, navlari ko’rsatilgan, 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


3
dalaning pasporti tuziladi. Tuproq unumdorligi, hosildorlik bo’yicha o’zgarishlar dala pasportiga 
yozib boriladi. Mulkchilikning turli shakllari rivojlanayotgan davrda bu tadbirlarni amalga 
oshirish juda muxim. 
Fan –texnika yutuqlaridan foydalanib hosilni rejalashtirishni asoslash, FARdan, suv sarfi, 
faol yoki samarali haroratdan, suvdan, o’g’itlardan foydalanish koeffisentlarini oshirish 
masalalari tuproq –iqlim sharoiti hisobga olingan holda ishlab chiqiladi va takomillashtirib 
boriladi.
Agrotexnik tadbirlarini izchillik bilan, sifatli bajarilishi, texnologik intizomga rioya qilish 
yuqori va sifatli hosil olishni ta’minlaydi. 
O’zbekistonda dala ekinlarini yetishtirishda agrotexnologiyani qo’llashda ekinlarni 
almashlab ekishlarda eoylashtirish, tuproq –iqlim sharoiti, bozorda shu ekin mahsulotiga bo’lgan 
talab, energiyani, resurslarni tejaydigan, ekologik toza mahsulotni ishlab chiqish talablariga rioya 
qilinadi. 
Ekinlarni yaxshi o’tmishdoshdan keyin joylashtirish, bitta ekinning surunkasiga bitta 
maydonga ko’p yillar davomida ekilishiga yo’l qo’ymaslik muhim agrotexnik tadbirlar 
hisoblanadi. 
Tuproq muhitini neytrallashtirish. O’zbekistonda sug’oriladigan yerlarning yarmi (50 %) 
ga yaqini sho’rlangan yerlardir. Bunday sho’r tuproqlarda Rh – 7 dan ortiq bo’lganda, 
sho’rlanish darajasiga qarab tuproq sho’ri yuviladi. Tuproq sho’ri kuz, qish fasllarida bir yoki bir 
necha marta yuviladi. 
Tuproq muhiti nordon (kislotali) bo’lganda ohaklash o’tkaziladi. 
Dala ekinlarining asosiy qismi tuproq muhiti neytral Rh –6 –7 bo’lganda yaxshi 
rivojlanadi, o’sadi. 
Tuproqni ishlash. Tuproqni asosiy ishlash, ekishdan oldin va o’suv davrida ishlash 
tadbirlari o’tkaziladi. 
O’g’itlash – asosiy, ekishdan oldin, ekish bilan bir vaqtda, ekishdan keyin (oziqlantirish) 
o’tkaziladi. Organik va ma’danli o’g’itlarning me’yori, solish usuli, muddatlari, turlari tuproq 
unumdorligi, ekin turi, biologiyasi, rejalashtirilgan hosil miqdoriga bog’liq bo’ladi. Ekinlarni 
yetishtirish texnologiyasida, xaritasida aniq ko’rsatiladi, belgilanadi. 
Ekish. Urug’larni ekishga tayyorlashda serhosil, kasallik, zararkunandalar va tashqi 
muxitning noqulay omillariga chidamli, davlat reyestriga kiritilgan navlarni urug’lari tanlanadi. 
Urug’lar ekishdan oldin tozalanadi, saralanadi, fitosanitar holati yaxshilanadi va Davlat andozasi 
talabiga javob beradigan holatga keltiriladi. 
O’zbekiston sharoitida ekinlar bahorda, yozda, kuzda, qishda ekilishi mumkin. Ekish 
muddatlari ekin turi, navi, ekilish maqsadi va biologiyasiga bog’liq bo’ladi. Tur, nav, duragay 
biologik xususiyatlaridan kelib chiqib xar bir tuproq –iqlim mintaqasi uchun eng maqbul ekish 
muddatlari aniqlanadi. 
Uzun kunli, donli ekinlar urug’lari 1 –2
0
S haroratda una boshlaydi, maysalari 3 –8
0

sovuqqa bardosh beradi. Bu o’simliklar erta bahorda ekilishi mumkin. 
Kuzgi ekinlar tuplanish fazasida past haroratga chidamli bo’ladi. Shuning uchun ular 
shunday muddatda ekilishi kerakki, doimiy sovuqlar tushguncha ular tuplanib olishlari kerak. 
Kuzgi ekinlar qish tushguncha 40 –60 kun qolganda, O’zbekiston sharoitida sentyabrining oxiri 
oktyabr oyida ekilishi tavsiya etiladi. 
Qisqa kun o’simliklari issiqsevar, urug’lari 8 –12
0
S unib chiqadi, maysalari –1
0
S sovuqda 
nobud bo’ladi. Bu ekinlarni ekishda tuproq harorati shuningdek kalendar muddatlar hisobga 
olinadi. 
Lalmikorlikda 
ekish 
muddatlari 
tuproqdagi 
namlikka, 
yog’ingar-chiliklarning 
boshlanishiga bog’liq holda belgilanadi. 
Ekish usuli, me’yori ekindan olinadigan mahsulot turiga bog’liq bo’ladi. Bitta ekinni o’zi 
don urug’ yoki ko’k massa uchun ekilishiga qarab turli me’yorda, qalinlikda ekiladi. 
Ekish muddatlari tuproqning mexanik tarkibi, sizot suvlarni joylashish chuqurligiga 
bog’liq xolda o’zgarishi mumkin. Mexanik tarkibi yengil, qumoq tuproqlar tez isiydi, loy 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


4
tuproqlar aksincha sekin isiydi, sizot suvlar uzoq joylashgan tuproqlar tez yetiladi, yaqin 
joylashgan tuproqlar kech yetiladi. Shunga ko’ra bir xo’jalikni o’zida ham ekinlar dala 
щ
aroiti 
hisobga olinib turli muddatlarda ekilishi mumkin. 
Ekinlar keng qatorlab, tor qatorlab, qatorlab, yoppasiga, lenta usulida, qo’shib ekilishi 
mumkin. Ekish usullari ekinning turi, navi, biologik xususiyatlari, ekilish maqsadi, dalaning 
begona o’tlar bilan ifloslanishi hisobga olinib belgilanadi. 
Ekish me’yorlari mln.urug’ gektariga yoki kg, s, t gektariga ko’rinishda beriladi va 1000 
urug’ vazni hisobga olinadi. 
Ekish chuqurligi urug’ning katta –kichikligiga, tuproq namligi, mexanik tarkibi, 
urug’pallani tuproq yuzasiga olib chiqishiga bog’liq bo’ladi va 1 –2 dan 6 –12 sm o’zgaradi. 
Ekin parvarishi. Qator oralarini yumshatish, qatqaloqni yo’qotish, ma’danli va organik 
o’g’itlar bilan oziqlantirish, begona o’tlar, kasalliklar, zararkunandalarga qarshi kurashish, 
retardantlar, biologik faol moddalarni qo’llash singari texnologik tadbirlar ekin parvarishiga 
kiritiladi. Ekin parvarishi, ekin, nav, duragay biologik xususiyatlari, olinadigan mahsulot turiga 
bog’liq holda o’tkaziladi. 
Hosilni yig’ishtirish muddatlari, usullari ekinzor holati, qo’llanilgan texnologik tizimga 
bog’liq holda o’tkaziladi. Bunda defoliasiya desikasiya, senikasiya tadbirlari o’tkazilishi 
mumkin. 
Qishloq xo’jalik ekinlarini yetishtirishdagi asosiy muammolari va ularning yo’nalishlari. 
Fan –texnika inqilobi davrida qishloq xo’jalik ekinlarini yetishtirishda kimyoviy vositalar, 
mexanizasiyalash, meliorasiyalashdan yuqori darajada foydalanish, biosferani ifloslanishiga, 
tuproqni sho’rlanishiga, eroziya jarayonlarini rivojlanishiga, ma’lum miqdordagi (s, t) 
mahsulotni yetishtirishda harajatlarni, mehnat vositalarining narxini oshib ketishiga, suv va 
energiya resurslarini taqchilligiga sabab bo’lmoqda. 
O’zbekiston Respublikasida ham qishloq xo’jalik ekinlarini yetishtirishda mo’l va sifatli 
hosil olish bilan birgalikda tuproq unumdorligini oshirish, kimyo vositalaridan foydalanishni 
optimallashtirish, suvdan tejab foydalanish, sug’orishning yangi usullarini (yomg’irlatib, 
tomchilatib, tuproq osti) ishlab chiqarishga joriy etish, qurg’oqchilikka, sho’rga, kasalliklar, 
zararkunandalarga, tabiatning boshqa noqulay omillariga chidamli navlarini amaliyotga joriy 
etish, organik va ma’danli o’g’itlardan foydalanish samaradorligini oshirish muammolarini hal 
etish lozim bo’ladi. 
Dala ekinlari mahsulotlarini yetishtirishda energetika muammosi dolzarb bo’lib bormoqda. 
Mexanizasiya, sug’orish, o’g’itlarni solish, pestisidlarni qo’llashda energetik resurslarni sarfi 
keskin ortmoqda. 
Hozirgi paytda o’simlikshunoslik mahsulotlarini yetishtirishda sarflangan energiyaga 
nisbatan mahsulot ko’rinishidagi energiya 2 –5 barobar ko’p. Ammo qo’shimcha hosil olish 
uchun ko’proq energiya sarflashga to’g’ri keladi. Rivojlangan mamlakatlar AQSh va 
Yaponiyada qishloq xo’jalik ekinlarining hosildorligini keyingi yillarda 1,2 –1,5 barobar 
oshsada, bir gektarga safrlangan, energiya sarfi 3,5 –5,1 barobar ortgan. 
Qishloq xo’jalik ekinlari hosildorligini ikki barobar oshirish hozirda qo’llanilayotgan 
texnologiyalar bo’yicha katta miqdordagi energiyani sarflashni talab qiladi. Zamonaviy 
agrotexnologiyalar tabiiy yoqilg’idan foydalanishga asoslangan. Tabiiy yoqilg’ilarning zahiralari 
esa juda cheklangan. Ayniqsa XXI asrda ekinlarni yetishtirishda tabiiy yoqilg’ilarning taqchilligi 
ortib boradi. Energiya manbalari narxining oshishi o’simlik mahsulotlarini narxini oshishiga olib 
keladi va qishloq xo’jaligini jadal usulda rivojlanishiga to’sqinlik qilishi mumkin. 
Intensiv don almashlab ekishlari, tuproqqa ko’p miqdorda azotli o’g’itlardan solish, 
serhosil ammo kasalliklarga immuniteti past donli ekinlarni navlarini keng tarqalishi 
kasalliklarini (ayniqsa zamburug’) zarar keltirish darajasini oshishiga olib keladi. Ayrim 
rivojlangan mamlakatlarda pestisidlar keng qo’llanilsada, kasallik va zararkunandalar tomonidan 
yetkazilayotgan zarar oshib bormoqda. 
Kelib chiqishi bir xil bo’lgan, intensiv tipdagi sermahsul navlarning keng tarqalishi, ularda 
murtak plazmasining bir xilligi tufayli tez kasallanish xavfini saqlab qoladi. 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


5
Shuning uchun XXI asrda qishloq xo’jalik ekinlarining hosildorligini ortishi yangi 
texnologiyalarni ishlab chiqish, dehqonchilik madaniyatini oshirish, ekinlar mahsuldorligini 
oshirishni talab qiladi. Buning uchun eroziyaga qarshi kurash, ekinlarni uyg’unlashgan himoya 
qilish, azotni biologik fiksasiya qilish samaradorligini oshirish, sug’orishni ishlab chiqish hamda 
ularni amaliyotga joriy etish talab qilinadi. 
Yangi navlar, duragaylarni yaratishda juda ko’p xilma –xil genotiplardan foydalanish, gen 
injeneriyasi, biotexnologiya yutuqlarini amaliyotga joriy etish qishloq xo’jalik ekinlarini 
yetishtirishda qo’llash keng tarqaladi. 
Atmosfera azotini biologik fiksasiya qilishda dukkakli ekinlarni ekish bilan birgalikda 
dukkakli bo’lmagan qo’ng’irboshsimon – sholi, makkajo’xori, bug’doy, oqjo’xori ekinlarini 
azotni fiksasiya qiladigan mikroorganizmlar bilan simbiozi yaratish muammosi hal qilinmoqda. 
Buning uchun gen injeneriyasi yutuqlaridan keng foydalanilmoqda. 
Ekin turlari o’zlarining shakllangan ob-havo sharoitiga, tur, nav, genotipiga mos faol 
harorat talab qiladi. 
Ekinlarni yetishtirishda ijobiy harorat +1
0
S, faol harorat 10
0
S boshlab hisoblanadi. Samarali 
harorat har bir ekinning turi, rivojlanish fazasi, naviga bog’liq bo’lib 5 
0
S dan (kuzgi bug’doy) 13-14 
0
S (ingichka tolali g’o’za) boshlab hisoblanadi. Har bir o’simlikning ma’lum rivojlanish davri yoki 
o’suv davri uchun tegishli miqdordagi faol harorat talab qilinadi. Ontogenez (o’suv davri) davrini 
o’tash uchun sholining ertapishar navi uchun 2200 
0
S (Santaxezskiy) kechpishar navi (UzROS 7-13) 
uchun 3200 
0
S harorat talab qilinadi. Soyaning shonalashdan dukkaklarni hosil bo’lish fazasigacha 
400 
0
S faol harorat yig’indisi talab qilinadi. 
Tegishli foydali (faol) haroratni olmasa navbatdagi faza boshlanmasligi yoki ekin pishib 
yetilmasligi mumkin. 
Ekinlar genotipining shakllanishiga atrof muhit, ekologiya katta ta’sir ko’rsatadi. Madaniy 
o’simliklarni kelib chiqishi markazlari (8 ta) xaqidagi ta’limotni mashxur rus olimi N. I. Vavilov 
(1887-1943) yer yuzidagi o’simliklarning nav boyliklarini o’rganish natijasida yaratadi. Yana bir 
taniqli rus olimi P. M. Jukovskiy, N. I. Vavilov ta’limotini rivojlantirib madaniy o’simliklarning 
kelib chiqishi va shakllanishining 4 markazini aniqladi. Hozirda madaniy o’simliklarning kelib 
chiqish va shakllanishining 12 markazlari mavjud.
Xitoy –Yapon markazi. Bu markazda Xitoy birlamchi, Yapon markazi Xitoy markazining 
ta’sirida hosil bo’lgan. Xitoy, Koreya, Yaponiyaning subtropik mintaqasida joylashgan bu 
markaz madaniy o’simliklarning turlariga boyligi bilan ajralib turadi. Tariq, qo’noq, marjumak, 
soya, yumshoq bug’doy, nasha, sabzavot, efir moyli, bo’yoq beruvchi va dorivor ekinlarning 
ko’pchiligi shu markazdan kelib chiqqan.
Indoneziya – Janubiy Xitoy markazidan - suli, shakar qamish, sag va kokos palmasi, 
meva va sabzavot ekinlari kelib chiqqan. 
Avstraliya markazidan - sholi, g’o’za, sebarga, tamaki, evkalipt, akasiya va sitrus 
o’simliklarining ko’p turlari kelib chiqqan. 
Hindiston markazidan - sholi, hind bug’doyi, g’o’zani turlari, shakar qamish, no’xat, 
kunjut, kanop, hind nashasi, sabzavot, efir moyli, bo’yoq, dorivor o’simliklar kelib chiqqan. 
Markaziy Osiyodan (Tojikiston, O’zbekiston, Afg’oniston) yumshoq bug’doy, pakana 
bug’doy turlari, ko’k no’xat, mosh, yasmiq, no’xat, tolali nasha, maxsar, hashaki dukkaklar, 
afg’on javdari, qovun, zig’ir, kariandr kelib chiqqan. Javdar, kunjut, maxsarning ikkilamchi 
vatanidir. 
Old Osiyo markazi (Tog’li Turkmaniston, Eron, Kavkaz orti, Kichik Osiyo, Arab yarim 
oroli)dan – suli, arpa, bug’doy turlari, javdar, zig’ir, ko’k no’xat, beda, sabzavot va meva ekinlari 
kelib chiqqan. 
O’rta Yer dengizi markazi (Misr, Suriya, Falastin, Gresiya, Italiya, va O’rta Yer dengizi 
sohilida joylashgan davlatlar)– suli, arpa, qattiq bug’doy va boshqa turlar, zig’ir, karam, lavlagi, 
sabzi, sholg’om, turp, piyoz, sarimsoq, ko’knor, oq xantal ekinlarining vatanidir. 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


6
Afrika markaziga Abissiniya (Efiopiya) gen markazi kiradi. Bu markazdan jo’xori turlari, 
tariq, kanakunjut, sholi, bug’doy turlari, moyli palma, dukkakli ekinlar, kunjut, kofe, g’o’za, 
tarvuz ekinlari kelib chiqqan. 
Yevropa – Sibir markazi – tolali zig’ir, duragay sebarga, bedaning turlari, kandir, xmel, 
amur uzumi, yovvoyi olma, nok, sabzavot ekinlarining vatanidir. 
Markaziy Amerika (Meksika, Gvatemala, Kosta – Rika, Gonduras, Panama) markazi – 
makkajo’xori, loviya, qovoq, ingichka va o’rta tolali g’o’za turlari, shirin kartoshka, maxorka, 
ko’p yillik o’simliklar vatanidir.
Janubiy Amerika – kartoshka, tamaki, kungaboqarning ayrim turlari ko’p yillik arpa, 
chatnaydigan makkajo’xori, pomidor ekinlarining kelib chiqish markazidir. 
Shimoliy Amerika – arpa turlari, lyupin, kungaboqarning 50 ga yaqin turlari, sabzavot, 
rezavor o’simliklar, uzumning vatanidir.
 
Muhokama uchun savollar. 
1.
Qishloq xo’jalik ekinlarini yetishtirish texnologiyasining maqsadi, vazifalari qanday? 
2.
Ekinlarni yetishtirishda qanday agrotexnik tadbirlar qo’llaniladi va ularni xususiyatlari? 
3.
Ekin parvarishi, texnologik intizom nima? 
4.
Qishloq xo’jalik ekinlarini yetishtirishda qanday muammolar mavjud va XXI asrdagi 
texnologiyalarni xususiyatlari? 
Tayanch iboralar. 
Yetishtirish texnologiyasi, jadal texnologiya, ekin parvarishi, yetishtirishning o’ziga xos 
xususiyatlari, energetik muammo, gen injeneriyasi, biotexnologiya, eroziya, meliorasiya, 
mexanizasiya, pastisidlar, ekinlarni integral himoya qilish, genotip, sho’rga chidamlilik, tuproq 
muhitini neytrallash, ohaklash, sho’r yuvish, ekish muddati, ekish me’yori, usuli. 

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   132




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə