Ўсимликшунослик маъруза doc



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/132
tarix21.06.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#118331
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   132
¡ñèìëèêøóíîñëèê ìàúðóçà doc

Ekish me’yorlari
mln.urug’ gektariga yoki kg, s, t gektariga ko’rinishda beriladi va 1000 
urug’ vazni hisobga olinadi. 
Ekish chuqurligi
urug’ning katta –kichikligiga, tuproq namligi, mexanik tarkibi, 
urug’pallani tuproq yuzasiga olib chiqishiga bog’liq bo’ladi va 1 –2 dan 6 –12 sm o’zgaradi. 
Ekin parvarishi.
Qator oralarini yumshatish, qatqaloqni yo’qotish, ma’danli va organik 
o’g’itlar bilan oziqlantirish, begona o’tlar, kasalliklar, zararkunandalarga qarshi kurashish, 
retardantlar, biologik faol moddalarni qo’llash singari texnologik tadbirlar ekin parvarishiga 
kiritiladi. Ekin parvarishi, ekin, nav, duragay biologik xususiyatlari, olinadigan mahsulot turiga 
bog’liq holda o’tkaziladi. 
Hosilni yig’ishtirish
muddatlari, usullari ekinzor holati, qo’llanilgan texnologik tizimga 
bog’liq holda o’tkaziladi. Bunda defoliasiya, desikasiya, senikasiya tadbirlari o’tkazilishi 
mumkin. 
Qishloq xo’jalik ekinlarini yetishtirishdagi asosiy muammolar va ularning 
yo’nalishlari
. Fan –texnika inqilobi davrida qishloq xo’jalik ekinlarini yetishtirishda kimyoviy 
vositalar, mexanizasiyalash, meliorasiyalashdan yuqori darajada foydalanish, biosferani 
ifloslanishiga, tuproqni sho’rlanishiga, eroziya jarayonlarini rivojlanishiga, ma’lum miqdordagi 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


12
(s, t) mahsulotni yetishtirishda xarajatlarni, mehnat vositalarining narxini oshib ketishiga, suv va 
energiya resurslarini taqchilligiga sabab bo’lmoqda. 
O’zbekiston Respublikasida ham qishloq xo’jalik ekinlarini yetishtirishda mo’l va sifatli 
hosil olish bilan birgalikda tuproq unumdorligini oshirish, kimyo vositalaridan foydalanishni 
optimallashtirish, suvdan tejab foydalanish, sug’orishning yangi usullarini (yomg’irlatib, 
tomchilatib, tuproq osti) ishlab chiqarishga joriy etish, qurg’oqchilikka, sho’rga, kasalliklar, 
zararkunandalarga, tabiatning boshqa noqulay omillariga chidamli navlarini amaliyotga joriy 
etish, organik va ma’danli o’g’itlardan foydalanish samaradorligini oshirish muammolarini hal 
etish lozim bo’ladi. 
Dala ekinlari mahsulotlarini yetishtirishda energetika muammosi dolzarb bo’lib 
bormoqda. Mexanizasiya, sug’orish, o’g’itlarni solish, pestisidlarni qo’llashda energetik 
resurslarni sarfi keskin ortmoqda. 
Hozirgi paytda o’simlikshunoslik mahsulotlarini yetishtirishda sarflangan energiyaga 
nisbatan mahsulot ko’rinishidagi energiya 2 –5 barobar ko’p. Ammo qo’shimcha hosil olish 
uchun ko’proq energiya sarflashga to’g’ri keladi. Rivojlangan mamlakatlar AQSh va 
Yaponiyada qishloq xo’jalik ekinlarining hosildorligini keyingi yillarda 1,2 –1,5 barobar 
oshsada, bir gektarga safrlangan, energiya sarfi 3,5 –5,1 barobar ortgan. 
Qishloq xo’jalik ekinlari hosildorligini ikki barobar oshirish hozirda qo’llanilayotgan 
texnologiyalar bo’yicha katta miqdordagi energiyani sarflashni talab qiladi. Zamonaviy 
agrotexnologiyalar tabiiy yoqilg’idan foydalanishga asoslangan. Tabiiy yoqilg’ilarning zaxiralari 
esa juda cheklangan. Ayniqsa XXI asrda ekinlarni yetishtirishda tabiiy yoqilg’ilarning taqchilligi 
ortib boradi. Energiya manbalari narxining oshishi o’simlik mahsulotlarini narxini oshishiga olib 
keladi va qishloq xo’jaligini jadal usulda rivojlanishiga to’sqinlik qilishi mumkin. 
Intensiv don almashlab ekishlari, tuproqqa ko’p miqdorda azotli o’g’itlardan solish, 
serhosil ammo kasalliklarga immuniteti past donli ekinlarni navlarini keng tarqalishi 
kasalliklarini (ayniqsa zamburug’) zarar keltirish darajasini oshishiga olib keladi. Ayrim 
rivojlangan mamlakatlarda pestisidlar keng qo’llanilsada, kasallik va zararkunandalar tomonidan 
yetkazilayotgan zarar oshib bormoqda. 
Kelib chiqishi bir xil bo’lgan, intensiv tipdagi sermahsul navlarning keng tarqalishi, 
ularda murtak plazmasining bir xilligi tufayli tez kasallanish xavfini saqlab qoladi. 
Shuning uchun XXI asrda qishloq xo’jalik ekinlarining hosildorligini ortishi yangi 
texnologiyalarni ishlab chiqish, dehqonchilik madaniyatini oshirish, ekinlar mahsuldorligini 
oshirishni talab qiladi. Buning uchun eroziyaga qarshi kurash, ekinlarni uyg’unlashgan himoya 
qilish, azotni biologik fiksasiya qilish samaradorligini oshirish, tejamkor sug’orishni ishlab 
chiqish hamda ularni amaliyotga joriy etish talab qilinadi. 
Yangi navlar, duragaylarni yaratishda juda ko’p xilma –xil genotiplardan foydalanish
gen injeneriyasi, biotexnologiya yutuqlarini amaliyotga joriy etish qishloq xo’jalik ekinlarini 
yetishtirishda qo’llash keng tarqaladi. 
Atmosfera azotini biologik fiksasiya qilishda dukkakli ekinlarni ekish bilan birgalikda 
dukkakli bo’lmagan qo’ng’irboshsimon – sholi, makkajo’xori, bug’doy, oqjo’xori ekinlarini 
azotni fiksasiya qiladigan mikroorganizmlar bilan simbiozini yaratish muammosi hal 
qilinmoqda. Buning uchun gen injeneriyasi yutuqlaridan keng foydalanilmoqda. 

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   132




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə