Ўсимликшунослик маъруза doc


maksimal darajada suvni ushlab turish qobiliyatidir



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/132
tarix21.06.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#118331
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   132
¡ñèìëèêøóíîñëèê ìàúðóçà doc

maksimal darajada suvni ushlab turish qobiliyatidir.
Shunday holdagi tuproq 
quritilib mutloq quruq tuproqqa nisbatan uning namligi aniqlanadi. Aniqlangan namlik 
ChDNSning 100 % teng bo’ladi. Bu ko’rsatkich tuproqning mexanik tarkibi va gumus miqdoriga 
bog’liq bo’ladi. 
O’rtacha qumoq tuproqlarda gumus miqdori 2 % bo’lganda 100 % ChDNS absalyut quruq 
tuproq namligining 25-26 % to’g’ri keladi. Qumloq, gumus miqdori kam tuproqlarda bu 
ko’rsatkich 22-24 %, og’ir loy tuproqlarda bu ko’rsatkich 27 % va undan ortiq bo’lishi mumkin. 
Eng kam dala nam sig’imi (EKDNS) rus tilida (NV - naimenshaya vlagoyemkost) ko’pincha 
ChDNS sinonimi sifatida ishlatiladi. Ammo bu atama unchalik qulay emas, sababi tuproqning 
so’lish namligi eng kam dala nam sig’imidan ancha past bo’ladi. Shuningdek, tuproqqa birikkan 
eng ko’p namlikni eng kam dala nam sig’imi deb atash mantiqqa to’g’ri kelmaydi. Eng kam dala 
nam sig’imidan kam bo’lgan tuproq namliklari (so’lish koeffisiyenti, gigroskopik namlik) ham 
bor. Amaliyotda mahsuldor namlik ko’rsatkichi ham ko’p qo’llaniladi. 
Xar bir ekin uchun o’ziga xos optimal tuproq namligi bor. Bu ko’rsatkich o’simlikning 
rivojlanish fazalari bo’yicha ham o’zgarishi mumkin. Tuproq namligi ChDNS 100 % teng 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


10
bo’lganda tuproqning hamma kapilyarlari suv bilan to’lgan va bog’langan bo’ladi, yirik yoriqlar 
(poralar) havo bilan to’lgan bo’ladi. Shuning uchun o’simlik ildizi kislorod tanqisligini 
sezmaydi. Ildiz kapilyarlarni topib ulardan butun hayoti davomida turning va navning genotipiga 
bog’liq holda 5-20 kun davomida ulardan suvni yutadi. Tuproq namligi ChDNS 100 % yuqori 
bo’lsa ildizlar kislorodning yetishmasligini sezadi va bunday namlik keragidan ortiqcha 
hisoblanadi. Shuning uchun ChDNS 100 % optimal namlikning yuqori chegarasi deb atash 
mumkin. 
Tuproq yuzasidan o’sayotgan o’simlik yuzasidan suvning bug’lanishi tufayli, tuproqning 
haydalma qatlamida namlik doimiy ravishda kamayib boradi va ma’lum bosqichga kelib yagona 
suv kapilyar tizimi buziladi, tuproq kapilyarlari uziladi. Tuproqning namlik bo’yicha bu holati 
tuproq 

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   132




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə