Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги mirzo Ulug’bek nomidagi самарқанд давлат архитектура-қурилиш институти


Fanning o’quv rejadagi boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi va uslubiy



Yüklə 133 Kb.
səhifə5/11
tarix19.09.2023
ölçüsü133 Kb.
#122500
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Lotin

Fanning o’quv rejadagi boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi va uslubiy
jixatdan uzviyligi

«Raqamli va axborot texnologiyalari» fani «Oliy matematika», «Fizika», «Elektronika» fanlariga asoslanib, «Dasturlash texnologiyasi», «Kompyuter tizimlari va tarmoqlari», «Axborot xavfsizligi», «Elektron tijorat», «Kompyuter grafikasi va dizayn» fanlariga ega - asoslardan biridir.




Fanning ishlab chiqarishdagi o’rni

«Raqamli va axborot texnologiyalari» fanining o’qitilishi hozirgi zamon talablaridan kelib chiqib, barcha yosh mutaxassislar uchun o’rinli hisoblanadi. Bu bilan birga jadal sur’atlar bilan rivojlanib borayotgan hozirgi zamon talablarini bajarish uchun har bir mutaxassis kompyuterdan foydalana olish malakasiga ega bo’lishi kerak. Bu o’rinda «Informatika va axborot texnologiyalari» fanining o’qitilishi mohiyati bilan maqsadga muvofiq deb hisoblanadi.


Axborot texnologiyalarining rivojlanishi bilan ko’p turdagi ishlab chiqarish sohalari avtomatlashtirilmoqda, shu asosda fanni o’zlashtirish davomida talabalar avtomatlashtirilgan tizimlar ko’nikmasiga ega bo’ladilar. Olgan bilimlarini esa ishlab chiqarishning barcha sohalarida qo’llashlari mumkin.
Fanni o’qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar

«Raqamli va axborot texnologiyalari» kursining jihatlarini hisobga oluvchi modulli prinsipi qo’llanilishi yangi modul elementlarini modulining ichki strukturaviy o’zgarishini, ularning mantiqiy butunligi saqlangan holda yangilanish imkoniyatlarini beradi.


«Raqamli va axborot texnologiyalari» fani bo’yicha ta’lim berish jarayonida yangi pedagog texnologiyalar va o’qitishning zamonaviy vositalaridan foydalaniladi.
Fanni o’zlashtirishda masofadan o’qitish, darslik, o’quv qo’llanmalar va ma’ruzalar matnlarining elektron versiyalaridan, elektron plakatlar va virtual laboratoriya ishlaridan foydalaniladi. Bu esa talabalarni nafaqat nazariy, balki olgan bilimlarini amaliyotda ko’rish va tushunchaga ega bo’lishlariga yordam beradi.
« Raqamli va axborot texnologiyalari» fanini loyihalashtirishda quyidagi asosiy konseptual yondashuvlardan foydalaniladi:
Shaxsga yo’naltirilgan ta’lim. Bu ta’lim o’z mohiyatiga ko’ra ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilarini to’laqonli rivojlanishlarini ko’zda tutadi. Bu esa ta’limni loyihalashtirilayotganda, albatta, ma’lum bir ta’lim oluvchining shaxsini emas, avvalo, kelgusidagi mutaxassislik faoliyati bilan bog’liq o’qish maqsadlaridan kelib chiqqan holda yondoshilishni nazarda tutadi.
Tizimli yondoshuv. Ta’lim texnologiyasi tizimning barcha belgilarini o’zida mujassam etmog’i lozim: jarayonning mantiqiyligi, uning barcha bug’inlarini o’zaro bog’langanligi, yaxlitligi.
Faoliyatga yo’naltirilgan yondoshuv. Shaxsning jarayonli sifatlarini shakllantirishga, ta’lim oluvchining faoliyatini aktivlashtirish va intensivlashtirish, o’quv jarayonida uning barcha qobiliyati va imkoniyatlari, tashabbuskorligini ochishga yo’naltirilgan ta’limni ifodalaydi.
Dialogik yondoshuv. Bu yondoshuv o’quv munosabatlarini yaratish zaruriyatini bildiradi. Uning natijasida shaxsning o’z-o’zini faollashtirishi va o’z-o’zini ko’rsata olishi kabi ijodiy faoliyati kuchayadi.
Hamkorlikdagi ta’limni tashkil etish. Demokratik, tenglik, ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi faoliyat mazmunini shakllantirishda va erishilgan natijalarni baholashda birgalikda ishlashni joriy etishga e’tiborni qaratish zarurligini bildiradi.
Muammoli ta’lim. Ta’lim mazmunini muammoli tarzda taqdim qilish orqali ta’lim oluvchi faoliyatini aktivlashtirish usullaridan biri. Bunda ilmiy bilimni obyektiv qarama-qarshiligi va uni hal etish usullarini, dialektik mushohadani shakllantirish va rivojlantirishni, amaliy faoliyatga ularni ijodiy tarzda qo’llashni mustaqil ijodiy faoliyati ta’minlanadi.
Axborotni taqdim qilishning zamonaviy vositalari va usullarini qo’llash - yangi kompyuter va axborot texnologiyalarini o’quv jarayoniga qo’llash.
O’qitishning usullari va texnikasi. Ma’ruza (kirish, mavzuga oid, vizuallash), muammoli ta’lim, keys-stadi, pinbord, paradoks va loyihalash usullari, amaliy ishlar.
O’qitishni tashkil etish shakllari: dialog, polilog, muloqot hamkorlik va o’zaro o’rganishga asoslangan frontal, kollektiv va gurux.
O’qitish vositalari: o’qitishning an’anaviy shakllari (darslik, ma’ruza matni) bilan bir qatorda - kompyuter va axborot texnologiyalari.
Kommunikatsiya usullari: tinglovchilar bilan operativ teskari aloqaga asoslangan bevosita o‘zaro munosabatlar.
Teskari aloqa usullari va vositalari: kuzatish, blis-so’rov, oraliq va joriy va yakunlovchi nazorat natijalarini tahlili asosida o’qitish diagnostikasi.
Boshqarish usullari va vositalari: o’quv mashg’uloti bosqichlarini belgilab beruvchi texnologik karta ko’rinishidagi o’quv mashg’ulotlarini rejalashtirish, qo’yilgan maqsadga erishishda o’qituvchi va tinglovchining birgalikdagi harakati, nafaqat auditoriya mashg’ulotlari, balki auditoriyadan tashqari mustaqil ishlarning nazorati.
Monitoring va baholash: o’quv mashgulotida ham butun kurs davomida ham o’qitishning natijalarini rejali tarzda kuzatib borish. Kurs oxirida test topshiriqlari yoki yozma ish variantlari yordamida tinglovchilarning bilimlari baholanadi.
« Raqamli va axborot texnologiyalari» fanini o’qitish jarayonida kompyuter texnologiyasidan foydalaniladi. Ayrim mavzular bo’yicha talabalar bilimini baholash test asosida va kompyuter yordamida bajariladi. Tarqatma materiallar tayyorlanadi, test tizimi hamda tayanch so’z va iboralar asosida oraliq va yakuniy nazoratlar o’tkaziladi.



Yüklə 133 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə