Jahon xo’jaligi sub’ektlari bo’lib quyidagilar hisoblanadi:
- o’z ichiga xalq xo’jaligi majmuini oluvchi davlat;
- transmilliy kor’orastiyalar;
- xalqaro tashkilot va institutlar;
- milliy iqtisodiyot chegarasidan chiqqan, xo’jalik barcha sohalari
tarkibidagi firmalar.
Jahon xo’jaligi milliy xo’jalikdan yagona jahon bozorining mavjudligi
bilan farqlanadi. Jahon bozorining amal qilishiga rivojlangan
mamlakatlarning iqtisodiy siyosati ahamiyatli ta’sir ko’rsatadi. Jahon
bozorining o’ziga xos xususiyati bo’lib jahon narxlari va xalqaro raqobat
tizimining amal qilishi hisoblanadi. Aynan xalqaro raqobatning mavjudligi
turli darajadagi milliy qiymatlarni yagona baynalminal qiymatga keltiradi.
Jahon narxi jahon bozoriga ne’matlarning asosiy hajmini etkazib beruvchi
mamlakatlardagi shart-sharoitlar orqali aniqlanadi. Mamlakatlar o’rtasida
sotish bozorlarini egallash uchun keskin raqobat kurashi olib boriladi.
Jahon xo’jaligida har bir o’zgarishlar (jahon bozoridagi narxlar harakati
va alohida mamlakatning eks’ort imkoniyatidan tortib dunyo
iqtisodiyotidagi tarkibiy siljishlar va xalqaro mono’oliyalar faoliyatigacha)
dunyodagi barcha mamlakatlar manfaatini o’ziga tortadi. Mamlakatning
savdo, ishlab chiqarish, valyuta-moliya sohalaridagi jahon tamoyillariga
bog’liqlik ob’ektiv reallik hisoblanadi. Hozirgi davrda har qanday
mamlakatni uning iqtisodiyoti qanday rivojlangan bo’lishidan qat’iy nazar,
jahon xo’jaligi aloqalariga jalb qilmasdan to’laqonli iqtisodiy rivojlanishini
ta’minlash mumkin emas.
Shu sababli prezidentimiz Sh. Mirziyoyev «Mamlakatning jahon
xo’jalik aloqalarida, xalqaro mehnat taqsimotida keng miqyosda ishtirok
etishi ochiq turdagi iqtisodiyotni bar’o etishning asosidir» , deb ta’kidlaydi.
Dunyo bir-biridan maqsadlari, amal qilish mexanizmi bilan farqlanuvchi
turli xil ijtimoiy-iqtisodiy tuzumlar, xalqaro guruhlarga bo’lingan. Jahon
hamjamiyati mamlakatlarini turkumlash har xil mezonlar asosida amalga
oshiriladi.
Turli mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanish ko’rsatkichlarining
turli-tumanligi ular taraqqiyot darajasini qandaydir bitta nuqtai-nazardan
baholash imkonini bermaydi. Shunga ko’ra, mazkur maqsadda bir necha
asosiy ko’rsatkich va mezonlardan foydalaniladi:
- mutloq va nisbiy YaIM;
- milliy daromad va uning aholi jon boshiga to’g’ri keluvchi miqdori;
- milliy iqtisodiyotning tarmoq tuzilmasi;
- mamlakat eks’orti va im’orti tarkibiy tuzilmasi;
- aholining turmush darajasi, sifati va boshqalar.
Mamlakatning jahon xo’jaligidagi o’rnini aniqlashda bir necha
yondoshuvlar mavjud. Ulardan eng oddiylari –mamlakatlarni aholi jon
boshiga to’g’ri keluvchi daromad darajasi bo’yicha guruhlarga ajratish
hisoblanadi.
Xulosa va takliflar
Har qanday mamlakatda ichki bozorda raqobatning mavjudligi
bozor xo’jaligi muvaffaqiyatli faoliyat ko’rsatishining asosiy
ko’rsatkichi hisoblanadi, jahonning ko’plab mamlakatlarida, shu
jumladan o’tish iqtisodiyotiga ega bo’lgan mamlakatlarda raqobat
to’g’risida qonunlarning qabul qilinganligi va mazkur masalalar bilan
shug’ullanuvchi milliy tashkilotlarning tashkil etilganligi ushbu
holatni tasdiqlab turibdi. Milliy iqtisodiyotning rivojlanganligi– bu
iqtisodiyotning muhim ko’rsatkichlari halatini tashqi paramеtrlarga
nisbatan yalpi baholashni o’zida mujassam etgan qiyosiy tavsif
hisoblanadi, shu sababli milliy iqtisodiyotning rivojlanganligi
xalqaro raqobatda namoyon bo’ladi.
Mamlakatning raqobatbardoshligini baholash. Mamlakatning
raqobatbardoshligi erkin va halol raqobat sharoitida mamlakatning
jahon bozori talablarini qondiruvchi tovarlarni ishlab chiqarish va
xizmatlar
ko’rsatish
qobiliyati
sifatida
ta’riflash
mumkin.Mamlakatning raqobatbardoshlik ko’rsatkichi, birinchi
galda mamlakatning jahon bozoridagi mavqеini tavsiflovchi,
shuningdеk tovar va tovar ishlab chiqaruvchining hamda
tarmoqning raqobatbardoshligini birlashtiruvchi umumiy ko’rsatkich
hisoblanadi.
Rivojlangan mamlkatlar dunyodagi eng takomillashgan jihozlar
bilan ta’minlagan tipogarfiya va kinostudiyalari yangilik chiqarish
bo’yicha yetakchilikni qo’lga kiritgan. Rivojlangan mamakatlar
mahsulotlari bilan jahon bozorini egallagan. Har qanday holatda ham
rivojlangan mamakatlar iqtisodiyotini o’ziga xos ko’rinish deb
hisoblash kerak emas.
Milliy iqtisodiyotga erishish uchun sabab bo’lgan asosiy
omillaridan O’zbekiston sharoitida qo’llash imkoniyatlari mavjuddir.
Avvalambor Dunyo tabiiy resurslarga ega bo’lmay turib milliy
iqtisodiyot raqobatbardoshligining yuqori darajada ekanligini
ta’kidlab o’tish joiz. O’zbekiston esa tabiiy resurslarga boy
mamlakatlardan biri ekanligi hammamizga ma’lum. Shuningdek
rivojlanishning dastlabki yillaridayoq hukumat fan texnika
taraqqiyotiga, kadrlar tayyorlash tizimiga juda katta imkoniyatlar
bergan. Shu bilan birga ko’rib turganimiz kabi raqobatbardosh milliy
iqtisodiyotga erishishning yana bir muhim sabablaridan biri yapon
tovarlarining jahon bozorida raqobatbardosh bo’lishiga imkoniyat
yaratuvchi bir nechta iqtisodiy chora tadbirlar olib borganligi
natijasidir. Shunday ekan aynan shulardan oqilona foydalanish
natijasida milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligini yanada oshirish
imkoni mavjuddir. O’zbekiston sharoitida esa aynan shular qo’llash
maqsadga muvofiqdir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI.
1. Hamеdov I.A., Alimov A.M. O’zbеkiston Rеspublikasida tashqi
iqtisodiy faoliyat asoslari. T.: O’zbеkiston Yozuvchilar uyushmasi
“adabiyot jamg’armasi” nashr., 2018.- 328b.
2. Авдокушин Е.Ф. Международные экономические отношения.
- М., 2017г.
3. Бородаевский А.Тенденция социально-экономического
развития в разных регионах мира.// Мировая экономика и
международные отношения, М., 2017, № 4, с.18.
4. Вахрушев В. Принципы японского управления. - М., София,
2018.
5. Волгин Н. Японский опыт, который стоит изучать и разумно
заимствовать// Человек и труд. – 2018. - №6. - с. 50.
6. Шкваря Л.В. Мировая экономика. Москва, “Эксмо”, 2019.
7. Королев И.С. и др. Мировая экономика: глобальные
тенденции за сто лет. Москва, “Экономист”, 2010.
8. Крупянко М.И. Япония 90-х: в поисках модели отношений с
новой Японией. - М., НОРМА, 2015.
9. Ломакин В.К. Мировая экономика: Учебник для ВУЗОВ.- М.:
Финансы, ЮНИТИ, 2018,-727с.
10.
Сатубалдин С.С. “Драконы” и «тигры» Азии. Алмати,
«Былым», 2019 .
Internet saytlari
1. www.meti.go.jp – Iqtisodiyot, savdo va sanoat vazirligi;
2. www.mof.go.jp – Мoliya vazirligi;
3. www.keidanren.or.jp – Хususiy tadbirkorlik tashkiloti;
4. http://www.doyukai.or.jp- Iqtisodiy hamfikrlar;
5. http://www.rotobo.or.jp-Rossiya va Yevropa mamlakatlari b.n
savdo;
6. http://www.japaneseculture.miningco.com-
Iqtisodiy
tashkilotlar;
7. http://www.nomura.com- Qimmatli qog’ozlar.
Dostları ilə paylaş: |