Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги


VII. Kurs ishini rasmiylashtirish



Yüklə 152,07 Kb.
səhifə5/83
tarix10.05.2022
ölçüsü152,07 Kb.
#86413
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   83
Mashinasozlik Texnologiyasi fakulteti

VII. Kurs ishini rasmiylashtirish
Kurs ishini rasmiylashtirish belgilangan talab va standartlarga javob berishi kerak. Kurs ishi matni saxifaning ma’lum chegaralarida joylanishi chizma va jadvallarni rasmiylashtirilishi, bir xil formatdagi oq qogʻozlardan foydalanilishi ishni sifatli va umumiy talablar boʻyicha yoritilishiga olib keladi.

Kurs ishi asosan A4 (210x297 mm) farmatidagi oq qogʻozning bir tomoniga kompyuter texnikasidan foydalanilgan xolda 14 hajmdagi Times New Roman shriftida 1.5 oraliqda davlat tilida (rus guruhlarda rus tilida) yoziladi. Kurs ishi hajmi 30 -40 betni tashkil etishi lozim. Har bir sahifani chap tomonda 30 mm, oʻng tomondan 15 mm tepa va pastki tomondan 25 mm qoldirilgan xolda yoziladi. Kurs ishi matnlari qogʻozning bir tomoniga har sahifaga 25- 30 qator yoziladi. Har qatorda 7-8 ta soʻz joylashishi mumkin. Barcha satr osti izohlari qaysi sahifaga tegishli boʻlsa, oʻsha sahifada keltiriladi.

Har bir qism, jurnaldan kirish va xulosa qismlari, ilovalar yangi sahifalardan boshlanadi. qismning nomi va matn orasi yaqqol ajralib turishi kerak. qismdagi sarlovxalar qismning tartib raqami bilan boshlanib, unda soʻzlarning boʻgʻin koʻchirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

Sahifa tartib raqami saxifaning pastki (yuqorigi) oʻrta –qismida keltiriladi. Kurs ishida keltirilgan qismlar, shuningdek ilovalar xam saxifalanadi. Jild varagʻi 1- bet sanaladi, unga tartib raqami qoʻyilmaydi.

Kurs ishi qismlari quyidagicha joylashtiriladi: jild varagʻi, mundarija, kirish, asosiy qism, xulosa va takliflar, foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati, ilovalar.

Ilovada turli xujjatlar, katta hajmdagi chizmalar, jadvallar va shu kabilar beriladi. Kurs ishi yuzasiga taqriz uchun oq qogʻoz qoʻyilishi maqsadga muvofiqdir.

Jild (titul) varagʻi kurs ishining 1- beti boʻlib, unda Vazirlik, oliy oʻquv yurtining nomi, fakultet va kafedra, kurs ishi mavzusi, ta’lim yoʻnalishi, kursi, guruhi, muallifning familiyasi, ismi va sharifi, ilmiy rahbarning ilmiy unvoni va darajasi, familiyasi, ismi va sharifi keltiriladi.



Yüklə 152,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə