Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги



Yüklə 152,07 Kb.
səhifə1/83
tarix10.05.2022
ölçüsü152,07 Kb.
#86413
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   83
Mashinasozlik Texnologiyasi fakulteti


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va Oʻrta Maxsus ta’lim Vazirligi
ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI

Mashinasozlik Texnologiyasi” FAKULTETI

gumanitar FANLAR” kafedrasi

OLIY TA’LIMNING

5230100 – “IQTISODIYoT” (TARMOQLAR BOʻYICHA) va 5230200 – “Menejment” BAKALAVRIAT YOʻNALISHlari TALABALARI UCHUN

IQTISODIYoT NAZARIYaSI” FANIDAN



KURS ISHLARI MAVZULARI VA UNI BAJARISH BOʻYICHA USLUBIY KOʻRSATMA
ANDIJON– 2021

«TASDIQLAYMAN»

Andijon mashinasozlik instituti

Oʻquv-uslubiy Kengashida koʻrib chiqilgan va tasdiqlangan
Kengash raisi _______________dotsent Q.Ermatov
«______»_______2021-yil


«MA’QULLANGAN»

«Mashinasozlik texnologiyasi» fakulteti kengashida muhokama qilingan va ma’qullangan
Kengash raisi_________________M-A. Eshonov

«_____»___________2021-yil

«TAVSIYa ETILGAN»

«Gumanitar fanlar» kafedrasi majlisida muhokama qilingan va tavsiya etilgan
Kafedra mudiri____________________ prof. Q.Muftaydinov
kafedra majlisining ______sonli bayonnomasi

«___» _________ 2021-yil

Taqrizchilar:
1. O.Maxmudov – AQHI “Qishloq xoʻjaligi iqtisodiyoti va boshqaruv” kafedrasi dotsenti, iqtisod fanlari nomzodi

2. V.Abdurahmonov – AndMI “Mashinasozlik texnologiyasi” kafedrasi dotsenti, iqtisod fanlari nomzodi



Tuzuvchilar:
1. I.Yu. Umarov “Gumanitar fanlar” kafedrasi dotsent, i.f.d.,

2. G.Bazarova – “Gumanitar fanlar” kafedrasi dotsent, i.f.n.,

3. R.Rahimov – “Gumanitar fanlar” kafedrasi dotsenti, if.n.
“Iqtisodiyot nazariyasi” fanidan kurs ishlari mavzulari va uni bajarish boʻyicha uslubiy koʻrsatma. – A.: AndMI. 2021-yil

Kirish
«Iqtisodiyot nazariyasi» fanining mazkur uslubiy koʻrsatmasi Oʻzbekiston Respublikasining «Ta’lim toʻgʻrisida»gi qonun va Kadrlar tayyorlashning milliy Dasturi hamda davlat standartlari boʻyicha bakalavr darajasidagi malakali iqtisodchi mutaxassislar tayyorlash talablaridan kelib chiqib, tuzilgan.

Oʻquv jarayonining uzluksiz jarayonlaridan biri – bu talabalarda mustaqil ishlash va nazorat bilimlarini puxta egallashga qaratilgan kurs ishini bajarish hisoblanadi. Kurs ishini bajarish jarayonida talabalar olgan bilimlarini mustahkamlash bilan bir qatorda iqtisodiyot nazariyasi asoslarini, bozor munosabatlarini, milliy iqtisodiyotning amal qilishi va rivojlanishi qonuniyatlarini, mikroiqtisodiy va makroiqtisodiy darajadagi vaziyatlarni, moliya-kredit, investitsion, agrar siyosatlarning mohiyatini, integratsion jarayonlarni, iqtisodiy jarayonlarni tahlil qilish va xulosa chiqarish, iqtisodiyotning asosiy joriy muammolarini mqljalga olish uchun zarur boʻlgan ma’lumot (axborot) lar toʻplash va ulardan foydalanish, tadbirkorlik faoliyatini tashkil qilish, rivojlantirish koʻnikmasi (tajribasi) ga ega boʻlishi va foydalana olishi, umumiqtisodiy va ixtisoslik yoʻnalishidagi fanlar boʻyicha bilimlarini kengaytiradilar, ixtisoslik boʻyicha adabiyotlarni chuqur oʻrganadilar va oʻzlarida ilmiy tadqiqot ishlarini mustaqil bajarish qobiliyatlarini rivojlantiradilar.

Ushbu uslubiy koʻrsatma «Iqtisodiyot nazariyasi» fani boʻyicha yangi oʻquv dasturi (Oliy va oʻrta maxsus, kabs-hunar ta’limi yoʻnalishlari boʻyicha Oʻquv-uslubiy birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi Kengashining 2020-yil
19 apreldagi 2-sonli bayonnomasi bilan ma’qullangan) va oʻquv rejasi asosida tuzilgan boʻlib, unda “Iqtisodiyot” va “Menejment” yoʻnalishida ta’lim olayotgan talabalarning kurs ishini bajarishi davomida amal qilinishi lozim boʻlgan umumiy tartib- qoidalar, me’yorlar, tegishli koʻrsatma va maslahatlar berilgan. Oʻquv – uslubiy koʻrsatmani ishlab chiqishda mualliflar talabalarning nazariy bilimlarini amaliy jihatdan mustahkamlash, mustaqil fikrlash qobiliyatini shakllantirish va rivojlantirishni asosiy maqsad qilib qoʻygan. Kurs ishi 2-kursda 3-semestrda bajariladi.


Yüklə 152,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə