Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги



Yüklə 27,58 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/64
tarix30.04.2018
ölçüsü27,58 Kb.
#40837
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   64

3-mavzu:
 
Biotsenoz xaqida ta‘limot. Biotsenozlar (jamoalar) haqida 
tushuncha. Organizmlar orasidagi munosabat tiplari, turlararo 
munosabatlar 
 
 
Reja: 
1. Biotsenoz xaqida ta‘limot 
2. Biotsenozlar (jamoalar) haqida tushuncha. 
3. Antibioz, simbioz, neytralizm munosabatlar    
 
 
Tayanch iboralar: biotsenoz, fitosenoz, zootsenoz, mikrosenoz, trofik aloqalar, 
forik munosabatlar, fabrik munosabatlarda, neytraliim, konkurensiya, 
amensalizjm, mutualizm 
 
3.1.
 
Biotsenoz xaqida ta‘limot. 
 
Biotsenozlar  tushunchasi,  ta‘rifi  va  asosiy  belgilari,  biotsenoz  ichidagi  munosabatlar 
Tabiyatda har xil turlar populatsiyalari birlashib, yuqori tuzilish va xususiyatlarga ega bo‘lgan 
biologik  birliklar  yoki  biotzenozlarni  hosil  qiladi.  Biotsenozlar-bu  o‘simlik,  hayvon  va 
mikroorganizmlar  populatsiylari  guruhidan  iborat  bo‘lib,  ma‘lum  joyda  birlikda  yashashga 
moslashgan biologik birlikdir. «Biotsenoz» atamasini 1877-yili nemis zoolog olim Myobius 
fanga kiritgan. Membius biosenozni quyidagicha ta'riflaydi, ya'ni: 
   1.Biosenozga  ma'lum  joyda  uchraydigan  mikro  va  makroskopik  formalar,  o'simlik  va 
hayvonlarning hamma massasi kiradi; 
   2.Biosenozni hosil qiluvchi turlar bir-birlari bilan bog'langan va bir-birlariga qaramdir
3.Biosenoz tashqi muhit omillari ta'siri ostida bo'ladi; 
Quruqlikdagi  biotsenoz  bir  xil  yashash  joyi,  muhiti  hududini  egallasa,  suv  muhitidagi 
biotsenozlar  suv  havzalarining  qismlari  bo'yicha  bo'linadi,  har  qanday  biotsenoz  va  biotop 
(biologik  organizmlar  yashaydiganjoy)  bilan  dialektik  birlik,  yuqori  darajada  tuzilgan 
biogeosenozni hosil qiladi. 
  Biogeotsenoz  turli  katta-kichik  ekosistemalarda  bo'ladi  va  ko'p  xil  murakkabligi  bilan 
farqlanadi.  Masalan,  o'rmon,  tundra,  dasht,  cho'l  biogeotsenozlari  bir-birlaridan  keskin 
farqlanadi.  
Biotsenoz  o'z  navbatida  quyidagi  komponentlarga  bo'linadi:  fitosenoz  —  o'simliklar, 
zootsenoz — hayvonlar, mikrosenoz — mikroorganizmlar guruhlari. 
Biotsenoz  va  uning  komponentlarini  bir-biridan  ajratib  bo'lmaydi,  ularni  har  xil  tur  hamda 
darajadagi bir biologik uyushma deb qarash kerak.  
 
Biotsenozda ekologik nisha tushunchasi 

 
Turning  umumiy  biologik  sistema  ichidagi  biotik  munosabatlar  va  uning  abiotik  omillarga 
bo‘lgan talabi, turning ekologik darajasi, yashash uchun ozuqa joyi-nishasi deb aytiladi. 

 
Ekologik joy-nisha tushunchasi ancha keng, ya‘ni makondagi nisha yoki makondagi ma‘lum 
joy nisha; trofik nisha; ko‘p gomerli yoki giper hajimli  nisha kabilar tushuniladi  

 
BiBiotsenoz  ichida  uchraydigan  u  yoki  bu  tur  o'rtasidagi  ko'p  biotik  munosabatlar  —  ozuqa 
va yangi yashash joyni egallash ularning biosenoz ichidagi hayotiy o'rnini aniqlaydi. 



 
  Professor V.N.Beklemishev tadqiqotlari bo'yicha biotsenozda turlararo bevosita va bilvosita 
munosabatlar quyidagi 4 turga bo'linadi, ya'ni: trofik, topik, forik va fabrik munosabatlar.  

 
Ular quyidagicha ta'riflanadi: 

 
1)  Trofik  aloqalar,  munosabatlar  biosenozdagi  bir  turning  ikkinchi  tur  bilan,  uning  tirik 
vakillari  yoki  o'lik  qoldiqlari,  mah-sulotlari  bilan  oziqlanish  jarayonidan  kelib  chiqadi. 
Masalan,  ninachilarning  hasharotlar  bilan  oziqlanishi,  qo'ng'izlarning  molok  go'ng  arilar 
changi, yo'lbarslar turli o'ljalar, ularning qoldiqlari bilan oziqlanishi misol bo'ladi. 

 
osenozda turlararo munosabatlar tarifi. 

 
)  Tropik  aloqalar,  munosabatlar,  bir  tur  hayot-faoliyati  natijasida  ikkinchi  turning  yashash 
muhiti, fizikaviy va kimyoviy sharoiti o'zgaradi, ya'ni bir tur ikkinchi tur uchun yashash mu-
hitini yaratadi. Masalan, tirik organizmlar ichida uchraydigan ichki parazitlar yashashi uchun 
ot, sigir, odam tanasi muhit hisoblanadi.  

 
3) Forik munosabatlarda biosenozdagi bir tur ikkinchi turning tarqalishiga yordam beradi. Bu 
holatda tashuvchi vazifasini ko'pchilik hayvonlar o'taydi (zooxoriya); hayvonlar juni, tanasiga 
o'simlik urug'lari ilinib, yopishib bir joydan ikkinchi joyga tushadi.  

 
4)Fabrik  munosabatlarda  biosenoz  ichidagi  bir  tur  o'zining  yashash  joyi  uchun  ikkinchi  tur 
qoldig'i, o'lik yoki tirik qismlaridan foydalanadi. Masalan, qushlar uya qurish uchun o'simlik 
bargi,  poyasi,  butalar  shoxi,  boshqa  qushlar  patlari,  hayvonlar  junlari,  paxta  va  lattalardan 
ham  foydalanadi.  Daryolardagi  toshlar  ustida  uchraydigan  qurtlar  loyqa,  o'simliklar  shoxi, 
poyasi, bargidan foydalanadi. 

 
Biosenoz ichidagi har bir aniq tur o'zi uchun qulay fizikaviy muhitda yaxshi o'sadi, ko'payadi 
va rivojlanadi. Tur tarqalishida fiziologik va sinekologik optimumlar farqlanadi. 

 
   Fiziologik optimum — bu biotsenoz ichidagi turning o'sish, ko'payish va rivojlanishi uchun 
hamma abiotik omillarning qulay bo'lishidir. 

 
  Sinekologik optimum — bu biotsenoz ichidagi biotik aloqalar bo'lib, shu yerdagi tur boshqa 
turlar  ta'siri  (raqobati,  yirtqichlar,  parazitlar)dan  holi  sharoit  turning  yaxshi  rivojlanishiga 
imkon  beradi.  Jumladan,  don  ekinlarining  kushandasi  gessen  pashsha-sining  ko'payib 
ketishiga, uning ashaddiy dushmani parazit pardaqanotli hasharotning kam bo'lishidir. 
   4.Biosenoz  vaqt  bo'yicha  doim  turg'un  va  bir  xil  holatda  bo'ladigan  guruhlardan  iborat 
bo'ladi; 
   5.Biosenozni hosil qiluvchi vakillar o'z joylarida, biosenoz ichida ko'payish xususiyatlariga 
egadir. 
    Hozirgi  vaqtda  Membius  ko'rsatib  o'tgan  biosenozning  shu  belgilari  o'zining  tabiiy 
xususiyatlarini saqlab qolgan. 
3.2. Biotsenozlar (jamoalar) haqida tushuncha. 
Jamoa — Ekosistemasining tirik ajralmas qismi bo‗lib, ma‘lum bir hududni egallagan, 
bir-biriga o'zaro ta‘sir qo'rsatuvchi populatsiyalar yig'indisi hisoblanadi. 
Masalan,  emanlar  jamoasi  yoki  shuvoqlar  jamoasi  deganda  ana  shu  hududlarda  yashovchi 
barcha  o‗simliklar  va  hayvonlami  o'z  ichiga  oluvchi  tirik  organizmlar  jamoasini  e‘tiborga 
olib,  ularda  emanlar  va  shuvoqlar  us-  tunlik  qiladi.  Shu  sababli  bu  jamoalami  emanlar  yoki 
shuvoqlar jamoasi deb yuritiladi. 
Ba‘zi bir jamoalami aniqlash qiyinlik tug'diradi, chunki bu jamoaga kimvchi bir-birlari bilan 
o'zaro  munosabatda  bo'lgan  komponentlar  o'z  chegarasidan  tashqariga  chiqib  ketgan  bo'lishi 
mumkin.  Jamoa  bu  dinamik  harakatda  bo'lgan  birlik  bo'lib,  unda  har  xil  tropik  darajada 
bo'lgan  organizmlar  hayot  kechiradi,  jamoa  orqali  energiyalar  oqimi  hamda  ozuqa 
moddalaming uzluksiz almashinuvi bo'lib turadi. 


Yüklə 27,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə