Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги



Yüklə 27,58 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/64
tarix30.04.2018
ölçüsü27,58 Kb.
#40837
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   64

Ekologik halokat oqibatlari Orol dengizi havzasida yashovchi millionlab odamlarning 
turmush  tarziga  salbiy  ta‘sir  o‗tkazdi.  Bugun  xalqaro  miqyosdagi  ekologik  muammolarning 
murakkab  majmui  Orol  fojiasida  o‗z  aksini  topdi.  Ochig‗i,  mintaqadagi  barcha  jarayon  va 
holatlar  global  iqlim  o‗zgarishi  sharoitida  yanada  keskin,  shiddatli  va  murakkablikda 
namoyon bo‗lmoqda.  
O‗zbekistonda  mavsumiy  qurg‗ochilikning  kuchayish  tendensiyasi  sezilarli  ko‗lam 
kasb etgan. Bu esa Orolning qurish jarayoni mintaqa iqlim sharoiti o‗zgarishiga salbiy ta‘sir 
o‗tkazayotganidan dalolat beradi. Orol fojiasi iqlim kontinentalligini keskinlashtirdi, natijada, 
yoz kunlari qurg‗oqchilik kuchayib, qishning sovuq kunlari esa aksincha uzaydi. Orolbo‗yida 
harorat 40°S dan yuqori bo‗ladigan kunlar soni 2 martaga ko‗paydi.  
Ma‘lumki, Markaziy Osiyo davlatlari aholisining suvga bo‗lgan talabi transchegaraviy 
daryolar - Amudaryo va Sirdaryo hisobiga qondiriladi. Mutaxassislarning bashorat qilishicha, 
iqlim  o‗zgarishi,  global  haroratning  oshishi  tufayli  Amudaryo  va  Sirdaryoning  suv  zahirasi 
manbai  bo‗lgan  muzliklar  2015  yilga  borib  15-20%  ga  kamayishi  kutilmoqda.  Bu  esa 
hududimizda  suv  ta‘minotining  20%  gacha  qisqarishiga  olib  kelishi  mumkin.  Tog‗ 
muzliklarining  hajmi  hozir  yiliga  0,2  dan  –  1  foizgacha  kamayib  borayotgani  fikrimiz 
isbotidir. 
Orol dengizining qurigan qismida maydoni taxminan 5,5 mln. ga bo‗lgan yangi cho‗l 
– Orolqum, oppoq tuz bilan qoplangan keng hududlar paydo bo‗ldi. Undan yuzlab kilometrga 
millionlab tonna tuz, chang va qumlarni tarqatuvchi dovullar ko‗tariladi. 
Tuz shleyflari 400 km dan oshadi, qumli va tuzli buxronlarning ta‘sir doirasi - 300 km 
gacha  etmoqda.  Har  yili  bu  erdan  atmosferaga  100  mln.  tonnagacha  qum  aralash  tuzli 
changlar  ko‗tariladi.  O‗tgan  asrning  80-yillari  boshidan  boshlab  bunday  dovullar  yiliga  90 
kundan ortiq vaqt davomida tez-tez sodir bo‗lmoqda.  
Orolbo‗yi  cho‗llanishi  er  resurslarining  degradatsiyasiga,  tabiiy  yaylovlar  va 
pichanzorlar sifatining yomonlashuviga sabab bo‗lmoqda, tuproqning sho‗rlanishi faollashib, 
u  yil sayin  yangidan-yangi  maydonlarni  qamrab  olmoqda. Antropogen  cho‗llanish  natijasida 
Orolbo‗yining  biologik  unumdorligi  10  barobarga  qisqardi.  Ko‗pgina  joylarda  er  va  erosti 
suvlarida  shu  qadar  ko‗p  tuz  to‗planganki,  bu  qishloq  xo‗jaligi  ekinlari  etishtirishni  qariyb 
imkonsiz qilib qo‗ymoqda.  
Bugun  shuni  afsus  bilan  ta‘kidlash  kerakki,  Orolbo‗yi  o‗simlik  va  hayvonot  dunyosi 
genofondining yarmidan ko‗p yo‗q bo‗lib ketdi.  
Ayni paytda, Janubiy Orolbo‗yida ko‗plab kichik ko‗llar sayozlashdi yoki qurib qoldi. 
Bu  esa,  o‗z  navbatida,  800  ming  gektar  maydondagi  mavjud  butazor  va  to‗qayzorlarning 
90%i,  ular  bilan  birga,  bu  erda  qo‗nim  topgan  jonivorlarning  yo‗qolishiga  olib  keldi.  Suv 
tanqisligi tufayli daryo bo‗yidagi o‗rmonlar, deltadagi yuzlab ko‗llar qurib qoldi.  
 
5.3. Zamonaviy ekologik muammolar 
Inson  faoliyati  ta‘sirida  biosferaning  o‗zgarishi  juda  tezlik  bilan  boryapti.  Er 
kurrasining  qiyofasini  o‗zgartirishda  katta  geologik  kuch  sifatida  vujudga  kelganini  V.  I. 
Vernadskiy tomonidan ta‘kidlab o‗tilgan edi. Insonning geologik va geokimyoviy faoliyatini 
sarxisob qiladigan bo‗lsak nixoyatda katta. 
Insonning  tabiiy  jarayonlarga  ana  shunday  munosabatda  bo‗lishi  natijasida  XX 
asrning o‗rtalarida ekologik muammolar juda avj olib ketdi. 
1.  Ekologik  muammo  deganda    insonning  tabiatga  ko‗rsatayotgan  ta‘siri  bilan 
bog‗lik  xolda  tabiatning  insonga  aks  ta‘siri  ya‘ni  uning  iqtisodiyotida,        xayotida  xo‗jalik 


axamiyatiga  molik  bo‗lgan  jarayonlar,  tabiiy  xodisalar  bilan  bog‗liq  (stixiyali  talofotlar, 
iqlimning o‗zgarishi, xayvonlarning yalpi ko‗chib ketishi va b.) xar qanday xodisa tushiniladi. 
Ekologik muammolarni uch guruxga ajratish mumkin: 1. Umumbashariy (global). 2. 
Mintaqaviy  (regional).  3.  Maxalliy  (lokal).  Dunyo  bo‗yicha  kuzatiladigan  tabiiy,  tabiiy 
antropogen  yoki  sof  antropogen  xodisalar  -umumbashariy  muammolar  deb  qaraladi.  Ana 
shunday muammolarga ba‘zi bir misollar keltiramiz. 
2.  “Atmosferaning  dimqish”  xodisasi.  Keyingi  yillarda  atmosfera  tarkibidagi  SO
2
 
miqdori ortib borayotganligi  ma‘lum bo‗lib  qoldi. Natijada    Er  yuzasining  xarorati 100  yil 
ichida 0,5 - 1,0°S ortdi. Iqlimning keng ko‗lamda o‗zgarishi atmosferaning sanoat chiqindilari 
va avtotransportlardan     chiqayotgan gazlar bilan bog‗lik. Er yuzasining global isishi, ya‘ni 
―atmosferaning  dimiqishi‖  SO
2
  ning  xavo  tarkibida  ortib  ketishi,          o‗rmonlarni    kesilishi, 
toshko‗mir  va  benzin  kabi  yoqilgilarni  yonishidan      atmosferada  to‗planadigan  SO
2
  gazi 
tufaylidir. Ana shunday zaylda axvol o‗zgarmasa XXI asrga kelib Er yuzasining xarorati 1,5 - 
4,5°S ga ortishi mumkin. Natijada: 1. Iqlimning o‗zgarishi ayniqsa, cho‗llanish jarayonining    
kuchayishi. 2. YOg‗ingarchilikning o‗zgarishi. 3. Geografik zonalarning    siljishi.  4.  Dengiz 
va okeanlar satxining ortishi. 5. Muzliklarning erishi va kamayishi, xamda, boshqa xodisalar 
kuzatiladi. 
3.    Ozon      qatlamining  siyraklanishi.  Ozonosfera  atmosferaning  muxim  tarkibiy 
qismi  xisoblanib, u  iqlimga va Er yuzasidagi  barcha tirik organizmlarni nurlanishdan saqlab 
turadi.  Atmosferadagi  ozonning  eng  muxim  xususiyati  uning  doimo  xosil  bo‗lib  va 
parchalanib turishidir. Ozon quyosh  nurlari  ta‘sirida kislorod, azot oksidi va boshqa  gazlar 
ishtirokida        xosil  bo‗ladi.  Ozon  kuchli  ultrabinafsha  nurlarini  yutib  qolib  Er  yuzidagi  tirik 
organizmlarni  ximoya  qiladi.  Ultrabinafsha  nurlar  ta‘sirida      nurlanish  odamlarda  terini 
kuyishiga sabab bo‗ladi. Bugungi kunda teri raki  bilan kasallanish ushbu nurlar ta‘sirida kelib 
chiqayotganligi aniqlandi.   Xozirgi davrda xlorftormetanlar  (freonlar) dan keng foydalanish 
tufayli xamda azotli ug‗itlar, aviatsiya gazlari, atom bombalarini portlatishlar atmasferv etarli 
miqdorda  azon  to‗planishiga  imkon  beradi.  SHuning  uchun  mayishiy  turmushda 
sovutgichlarda ishlatiladigan freondan foydalanishna qisqartirish va 2000 yilga borib butunlay 
ishlab chiqarishni to‗xtatish ko‗zda tutilgan.  
4.  CHuchuk  suv  muammosi.  Quruqlikda  chuchuk  suv  va  uning  biosferadagi  roli 
nixoyatda katta. Gidrosferada chuchuk suv miqdori juda oz (2-2,5 %). CHuchuk suv zaxirasi 
asosan  qutublardagi  muzliklardir.  Jamiyatning  rivojlanishi  bilan  axolining  chuchuk  suvga 
bo‗lgan talabi ortib bormoqda. Bizning asrimizda chuchuk suvdan foydalanish 7 marta ortgan. 
Yiliga 3-3,5 ming km
2
 suv saflanadi. Asrimizning oxirida ushbu ko‗rsatkich 1,5-2 marta ortsa 
kerak.  Daryolarning  umumiy  yillik  oqimi  er  yuzi  bo‗yicha  50000  km
2
.  Ammo  bunday 
foydalanishda chuchuk suv etishmasligi aniq.  
Qurg‗oqchil zonalarda daryolardan to‗zliq foydalanilganda xatto ularning suvi etmay 
qoladi.  1980  yillar  boshlarida  bunday  xolat,  Afrika,  Avstraliya,  Italiya,  Ispaniya,  Meksika, 
Nil,  Sirdaryo,  Amudaryo  va  ba‘zi  bir  boshqa  daryolarda  kuzatila  boshlandi.  Daryolarning 
sanoat  va  maishiy  zaxarli  moddalar  bilan  zaxarlanishi  (ifloslanishi)  o‗sib  bormoqda.  Sanoat 
yiliga 160 km
3
 sanoat oqova suvlarini daryoga tashlaydi. Bu kursatkich daryolarning umumiy 
suv miqdorining 10% ni, ba‘zi rivojlangan davlatlarda 30% ni tashkil etadi. Daryolardagi toza 
suvlarda yildan-yilga xar xil erigan moddalar va bakteriyalarning miqdori ortib bormokda. 
5. Pestitsidlardan foydalanish muammosi.  Ushbu  zaxarli kimyoviy moddalar guruxi 
begona  o‗tlar,  zararkunanda  xashorotlar  va        boshqa  xayvonlar,  o‗simliklarda  kasalliklarni  
keltirib  chiqaruvchi  mikroorganizmlarga          qarshi  kurashda  foydalaniladi.  Pestitsidlardni 


Yüklə 27,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə