Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги



Yüklə 27,58 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/64
tarix30.04.2018
ölçüsü27,58 Kb.
#40837
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   64

karbonat angidrid gazini ajratib chiqaradi. O‗lik o‗simlik va hayvonlar, ularning chiqindilari 
mikroorganizmlar  tomonidan  parchalanadi,  minerallashadi.  Minerallashishning  oxirgi 
mahsuloti  karbonat  angidrid  bo‗lib,  u  tuproqdan  va  suv  havzalaridan  atmosferaga  ajratib 
chiqariladi.  Uglerodning  bir  qismi  esa  tuproqda  organik  birikmalar  sifatida  saqlanib  qoladi. 
Dengiz  suvida  uglerod  ko‗mir  kislota  va  uning  suvda  eriydigan  tuzlari  sifatida  yoki  SaSO3 
bo‗r, ohaktoshlar, korallar shaklida to‗planadi. Uglerodning bir qismi dengiz tubida cho‗kindi, 
ohaktoshlar sifatida to‗planib, uzoq vaqt davomida biogen migratsiyada qatnashmaydi. Vaqt 
o‗tishi  bilan  tog‗  hosil  bo‗lishi  jarayonlari  natijasida,  cho‗kma  jinslar  yana  yuqoriga 
ko‗tariladi,  kimyoviy  o‗zgarishlar  natijasida  yana  davriy  aylanishga  qo‗shiladi.  Uglerod 
atmosferaga  avtomashinalardan,  zavod  va  fabrikalardan  ajraladigan  tutunlardan  ham  o‗tadi. 
Biosferadagi  uglerod  aylanishi  natijasida  energiya  resurslari  —  neftg‗,  toshko‗mir,  yoqilgi 
gazlari,  torf,  eg‗och  hosil  bo‗lib,  ular  insonning  amaliy  faoliyatida  keng  foydalaniladi. 
YUqorida  keltirilgan  hamma  moddalar  fotosintezlovchi  o‗simliklarning  mahsulotlari 
hisoblanadi. YOg‗och va torf o‗rnini to‗ldirsa bo‗ladigan, neftg‗, gaz va toshko‗mir esa o‗r-
nini  to‗ldirib  bo‗lmaydigan  tabiiy  boyliklar  hisoblanadi.  Organik  yoqilgilarning 
cheklanganligi  va  o‗rnini  to‗ldirib  bo‗lmasligi  insoniyat  oldida  energiyaning  yangi 
manbalaridan  —  er  qahridagi  issiqlik  energiyasi,  okean  va  dengiz  to‗lqinlari,  quyosh 
energiyasidan foydalanish kabi murakkab muammolarni qo‗yadi. 
Azot eng muhim elementlardan biridir. U oqsillar va nuklein kislotalarning tarkibiga 
kiradi.  Azot  atmosferadan  yashin  paytida  azot  va  kislorodning  birikib  azot  IV  oksid  hosil 
qilishi natijasida o‗zlash-tiriladi. Ammo azotning asosiy massasi suvga va tuproqqa tirik orga-
nizmlarning havo tarkibidagi azotni fiksatsiyalashi natijasida o‗tadi (173-raem). 
Suvda  va  tuproqda  azot  fiksatsiyalovchi  bakteriyalar  va  suv  o‗tlari  yashaydi.  Bu 
bakteriya  va  suv  o‗tlari  o‗lib  minerallashishi  natijasida  ular  tuproqni  azot  bilan  boyitadi. 
SHuning  natijasida  har  bir  gektar  tuproqda  bir  yilda  25  kg  ga  yaqin  azot  o‗tadi.  Azotni  eng 
samarali  fiksatsiyalovchilarga  dukkakli  o‗simliklar  ildizlarida  hayot  kechiruvchi  tugunak 
bakteriyalari  hisoblanadi.  Azot  o‗simliklar  ildiziga  har  xil  manbalardan,  poya  va  barglarga 
o‗tadi  va  shu  joylarda  oqsil  biosintezlanadi.  O‗simlik  oqsillari  hayvonlar  uchun  asosiy  azot 
manbai  hisoblanadi.  Organizmlar  o‗lgandan  keyin  bakteriya  va  zamburug‗lar  tahsirida 
oqsillar parchalanib, ammiak ajralib chiqadi. Ajralgan ammiak qisman o‗simliklar, qisman esa 
bakteriyalar  tomonidan  o‗zlashtiriladi.  Ayrim  bakteriyalar  faoliyati  natijasida  ammiak 
nitratlarga aylanadi. Nitratlar ammoniyli tuzlar kabi o‗simlik va mikroorganizmlar tomonidan 
istehmol  qilinadi.  Nitratlarning  bir  qismi  esa  ayrim  bakteriyalar  tomonidan  elementar 
azotgacha qaytarilib atmosferaga chiqariladi. Bu jarayoni denitrifikatsiya deyiladi. SHutarzda 
azotning tabiatda davriy almashinishi davom etaveradi. SHunday qilib, jonli (biotik) va jonsiz 
(abiotik) tabiatning o‗zaro munosabati natijasida anorganik materiya tirik organizmlarga o‗tib, 
o‗zgarib yana qaytadan abiotik holatga qaytadi. 
Boigen  migratsiyada  qatnashuvchi  organizmlarni  uchta  katta  guruhga  ajratish 
mumkin. 
1. Produtsentlar – o‗lik moddalardan tirik moddalarni hosil qiluvchilar. Bular, asosan 
fotosintezlovchi murakkab va tuban yashil o‗simliklardir. 
2.  Konsumetlar  yoki  istehmol  qiluvchilar.  Produtsentlar  hosil  qilgan  organik 
moddalarni istehmol qiladi. Ularga hayvonlar, parazit o‗simlmk va mikroorganizmlar kiradi. 
 
3.  Redutsentlar  –  organik  moddalarni  minerallashtiruvchilar,  avvalgi  holatiga 
qaytaruvchilar.  Ularga  bakteriyalar,  zamburug‗lar,  saprofit  usimliklar  kiradi.  Ifodali  kilib 
aytganda  xayot  estafetasini  yashil  o‗simliklar  boshlab  hayvonlarga  uzatadi,  uni  bakteriyalar 
marraga  olib  boradi,  yana  qaytadan  yashil  o‗simliklarga  uzatadi.  YAngi  halqa  boshlanib  bu 
estafeta tinmasdan davom etaveradi. 
Biosferaning evolyusiyasini 3 ta asosiy bosqichga ajratish mumkin. 
1.  Biotik  bosqich  aylanishga  ega  bo‗lgan  birlamchi  biosferaning  ho-sil  bo‗lishi.  Bu 
bosqich  taxminan  3  milliard  yillar  oldin  boshlanib,  paleozoy  erasining  kembriy  davrida 
tugallanadi. 


2.  2-bosqichda  ko‗p  hujayrali  organizmlar  paydo  bo‗lib  rivojlanadi  va  biosferaning 
evolyusiyasi  yanada  davom  etadi.  Bu  davr  0,5  milliard  yillar  oldin  kembriy  davridan 
boshlanib, hozirgi zamon odamlari paydo bo‗lishi bilan tugallanadi. 
3.  3-bosqichda  biosfera  hozirgi  zamon  odamlari  tahsirida  rivojlanadi,  bundan  40-50 
ming yillar oldin boshlanib, hozirgi davrgacha davom etmoqda. Biosferaning tarixining asosiy 
kismida  u  ikki  xil  omilning  tahsirida  rivojlanadi:  1.  Sayyorada  tabiiy  geologik,  iqlim 
o‗zgarishlari.  2.  Biologik  evolyusiya  natijasida  tirik  organizmlar  turlarining  soni  va 
miqdorining o‗zgarishi o‗sha asosiy omillar hisoblanadi. Hozirgi bosqichda esa biosferaning 
evolyusiyasiga uchinchi omil, inson faoliyati katta tahsir ko‗rsatmoqda. Biosferaning birinchi 
va  ikkinchi  bosqichlari  evolyusiyasi  faqat  biologik  qonuniyatlar  asosida  kechadi,  shuning 
uchun  ham  bu  ikkala  davr  biogenez  davri  deb  ataladi.  Bu  davrda  haet  paydo  bo‗ldi  va 
rivojlandi.  Uchinchi  davr  kishilik  jamiyatining  paydo  bo‗lishi  bilan  bog‗liq.  Biogenez  davri 
bilan tanishib chiqamiz. 
Biogenez  bosqichi.  Erda  biosfera  birinchi  tirik  organizmlar  bilan  bir  vaqtda  paydo 
bo‗ldi. SHu vaqdan boshlab tirik organizmlar  evolyusiyasi bilan birga biosfera ham o‗zgara 
boradi. Birinchi paydo bo‗lgan tirik organizmlar bir hujayrali geterotrof, anaeroblar edi. Ular 
taxminan  3  milliard  yil  avval  paydo  bo‗lgan,  energiyani  bijg‗ish  jarayonlaridan  olgan.  Ular 
abiogen  usulda  hosil  bo‗lgan  tayyor  organik  moddalar  bilan  oziqlanib  biomassani  to‗plab 
borgan. Endigina paydo bo‗lgan biosferada organik moddalar etishmas, birlamchi organizmlar 
tez  kupaya  olmas  edi.  Tabiiy  tanlash  natijasida  anorganik  moddalardan  organik  moddalarni 
mustaqil  sintezlay  oladigan  avtotrof  organizmlar  kelib  chiqqan.  Birinchi  xemosintezlovchi 
bakteriyalar,  fotosintezlovchi  va  ko‗k  yashil  suv  o‗tlari  paydo  bo‗lgan.  Birinchi 
fotosintezlovchi  organizmlar  karbonat  angidridni  yutib,  kislorod  ajratib  chiqarib 
atmosferaning  tarkibini  o‗zgartirgan.  Natijada  atmosferada  karbonat  angidrid  miqdori 
kamayib kislorodning  miqdori tobora ko‗paya borgan. Atmosferaning  yuqori qatlamida kis-
lorod ozon ekranini o‗osil qilgan. Ozon ekrani esa er yuzidagi tirik organizmlarni quyoshning 
ulg‗trabinafsha  nurlari  va  kosmik  nurlarning  xalokatli  tahsiridan  himoya  qilgan.  Bunday 
sharoitda  dengiz  yuzasida  tirik  organizmlar  yanada  ko‗paya  borgan.  Atmosferada  erkin 
kislorodning  mavjudligi  Er  yuzasida  aerob  tipida  kislorod  bilan  nafas  oluvchi 
organizmlarning  va  ko‗p  hujayralilarning  kelib  chiqishiga  sabab  bo‗lgan.  Ozon  ekrani  tirik 
organizmlarning  suvdan  quruqlikka  chiqib  tarqalishiga  imkon  yaratgan.  Birinchi  ko‗p 
xujayrali-lar  atmosferada  kislorodning  konsentratsiyasi  taxminan  3  foizga  etganda,  kembriy 
davrining  boshida  500  million  yillar  avval  kelib  chiqqan,  deb  taxmin  qilinadi.  Dengizda 
yashovchi fotosintezlovchi organizmlar keragidan ortiqcha kislorod hosil qilgan. Bu esa aerob 
yul  bilan  nafas  oluvchi  organizmlar  sonining  ko‗payishiga  olib  kelgan.  Aerob  nafas  olish 
jarayonida  moddalar  parchalanishi  tufayli  ko‗p  energiya  ajralgan.  Kup  energiyaga  ega 
organizmlarda morfologik va funksional tuzilish tobora murakkablashib borgan. 
Ular qisqa vaqtning ichida har xil yashash muhitlariga o‗tib keng tarqalgan. Paleozoy 
erasida  haet  faqat  suvdagina  keng  tarkalib  qolmay,  balki  quruqlikka  ham  chiqqan.  YAshil 
o‗simliklarning  keng  rivoj-lanishi  atmosferaning  kislorod  bilan  yanada  boyitdi,  bu  esa 
organizmlar  tuzilishini  yanada  takomillashishiga  imkon  yaratdi.  Paleozoyning  o‗rtalarida 
kislorodning  hosil  bo‗lishi  va  sarflanishi  o‗rtasida  muvo-zanat  paydo  buldi,  atmosferada 
kislorod miqdori taxminan 20 foizgacha etdi va bu muvozanat hozirgacha saqdanib kelmoqda. 
Noogenez  bosqichi.  Insoniyat  jamiyatining  paydo  bo‗lishi  bilan  biosferaning 
noogenez  davri  boshlanadi.  Bu  davrda  biosferaning  evo-lyusiyasi  insonning  ongli  mehnat 
faoliyati  tahsirida  davom  etadi.  Noosfera  tushunchasi  1927  yilda  fransuz  olimi  E.  Lerua 
tomonidan  kiritilgan  (yunoncha  «noos»  —  aql,  «sfera»  —  shar  so‗zlaridan  olingan).  V.  I. 
Vernadskiyning  tahbiriga  ko‗ra  noosfera  —  inson  mehnati  va  ilmiy  faoliyati  tahsirida 
o‗zgargan biosferadir. 
Odamning  paydo  bo‗lishi  biosferaning  kuchli  o‗zgarishlariga  sabab  bo‗ldi.  Fanning, 
texnikaning  va  sanoatning  juda  tez  rivojlanishi  ele-mentlarning  biogen  migratsiyasini 
tezlashtirib yubordi. Butun tarix davomida insoniyat o‗z mehnat faoliyati bilan atrof-muhitdan 


Yüklə 27,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə