kobalt va boshqalar kiradi. Bu elementlar tuproqda ko‗p miqdorda uchrasa 0‗simliklar uchun
zaharli ham bo‗lishi mumkin, shuning uchun ular o‗simliklarga gektariga grammlar ba‘zida
kilogramm bilan beriladi.
Marganes. Bu nafas olish va fotosintez jarayonlari uchun zarur
element. Barg va ninasimon o‗simliklar bargidagi xloroplastlarda marganesning miqdori,
ayniqsa, ko‗p bo‗ladi. Nafas olish va fotosintez jarayonida ishtirok etuvchi fermentlar
tarkibida ham marganes ko‗p bo‗ladi. Marganes aminokislotalar, proteinlar, vitaminlar,
polepeptidlar va shu kabi boshqa xil birikmalami sintez qiiishda ishtirok etadi (YA.V.Peev,
1974).
Bor. Bu oqsillar, nuklein kislotalar, lipidlar, polisaxaridlarga o‗xshash biopolemerlar
hosil qiiishda ishtirok etadi (E.A.SHerstnev, 1974). Bu biopolimerlar hujayraning muhim
komponentlari bo‗lmish hujayra membranalari, ribosomalarning tarkibiy qismiga kiradi.
Demak, bor yetishmasa bu strukturalaming hosil bo'lishi buziladi va sekin asta o‗simliklar
o‗sish va rivojlanishdan to‗xtab halok bo‗lishadi.
Mis. Bu ko‗pchilik fermentlar
tarkibiga kirib
nafas olishni kuchaytiradi, mis yetislimasa fermentlar va nafas olish aktivligi pasayadi,
nuklein kislotalar biosintezi susayadi (Paribak, 1974) va hokazo. Ko‗pchilik begona oktlar
madaniy o‗simliklarga qaraganda ko‗proq o‗z to‗qimalarida mis to‗playdi. Shuning uchun
ham AQSHda makkajo‗xon ekish uchun yemi tayyorlaganda awal begona o‗tlar o‗stirilib,
keyin haydab tashlanadi.Ko‗pincha gektariga 7—10 kg mis berish maqsadga muvofiqdir.
Mis oksidlanish va qaytarilish reaksiyalarida ishtirok etuvchi fermentlar tarkibida bo‗ladi.
Kobalt — xlorofilga mustahkamlik berib, qorong‗ilikda uni yemirilishidan saqlab turadi.
Demak, bu xususiyati bilan fotosintezni va barg aktivligini kuchaytirib turadi. Shuningdek,
kobalt karbonsuvlar va azot almashinuvida ham ishtirok etadi.5. Sho'rlangan tuproqda
o‗suvchi o‗simlikIarning ekologik xususiyatlari Markaziy Osiyoda sho‗rlangan tuproqlar 23
mln. gektami egallaydi.Shundan 18 mln. gektari Qozog‗iston (Uspanov, 1942), 3 mln. gektari
Turkmaniston (Necheva, Nikolyaev, 1962) 2 mln. gektari 0 ‗zbekistonda uchraydi (Salmonov,
1972). Ana shunday sho‗rlangan yerlarda o‗suvchi o‗simliklar galofitlar deyiladi. Galofltlar
orasida ko‗pchilik o‗rinni sho‗radoshlar oilasiga kiruvchi o‗simliklar egallaydi. Kuchli
sho‗rlangan yerlarda qora sho‗ra (Salikorniya), sarsazan (Naloknemum)1ag o‗sadi. Bulardan
tashqari ana shunday sho‗rlangan yerlarda baliqko‗z, seta, xaridondon, donasho‗r, ermon-
shuvoq, keyreuk va boshqa shu kabi sho‗raklar kiradi. Ular uchun poya yoki bargining etli
bo‗lishi suv jamg‗amvchi to'qimaning yaxshi rivojlanganligi ortiqcha tuzlarni maxsus bezlar
yordamida tashqariga chiqarib turish kabi moslanish xususiyatlari xosdir.
Kuchli sho‗rlangan yerlarda oksuvchi galofitlarning hujayra shirasida tez eriydigan tuzlar
ko‗p to'planadi va natijada, hujayra shirasining osmotik bosimi yuqori bo‗ladi. Bu esa o‗z
navbatida galofitlami qurg‗oqchilikka va issiqqa chidamlilik xususiyatini oshiradi. Galofitlar
tanasi etli, ko‗p tuz to‗playdigan va ortiqcha tuzlarni sekin asta ajratib turish xususiyatiga ega.
Yirik sho'rxoklar. 0 ‗rta cho‗lda, 0 ‗zbekiston va Qozog'iston chegarasi bo‗ylab ketgan Aydar
sho‗rxok (hozir Haydar ko‗li hosil bo‗lgan), Markaziy Qizilqumda, Mingbuloq sho‗rxoklari
kabilar pastqam joylarda uchraydi.Tipik sho‗rxok yerlarda o‗simlik deyarli o‗smaydi.
Galofltlar quyidagi xususiyatlaiga ega: hamma organlari etli, poyasi bargsiz, ko‗pchiligining
bargi yaxshi taraqqiy etmagan, masalan, solaros, qora saksovul va shu kabi boshqa
o‗simliklarda barg mutlaqo bo‗lmaydi yoki bo‗lsa ham yaxshi rivojlanmagan. Galofitlarning
muhim ekologik xususiyatlaridan yana biri shuki, ular albatta sho‗rxok yerlarda o‗sadilar.
Masalan, selitryanka tuproq qatlamida (100 g quruq tuproqda) 7,7 % xlor, 12,73 % sulfat tuzi
bor joylarda yaxshi o‗sadi. Galofitlarga qora saksovul, xaridondon, quyonsuyak,
pashmaksho‗r, seta, danasho‗r, chogon, keyreuk, erman shuvoq kabi bir yillik chala buta, buta
0‗simliklar kiradi.Tuproqning hozirgi kundagi holati haqida ham biroz to‗xtalib o‗tadigan
bo‗lsak, shuni ta‘kidlash lozimki, quruqlikning turli nuqtalarida hamda hamdo‗stlikka a‘zo
barcha respublikalar hududlarida ekologik ahvol uncha yaxshi emas. Ayniqsa, dehqonchilik
bilan shug‗ullanadigan yerlarda tuproqning holati nochordir. Masalan, respublikamizning
qishloq xo‗jaligi sohasida 70 xilga yaqin turli kimyoviy moddalar ishlatilib kelingan. 1989-
yilda har gektar yerga solingan kimyoviy dorilar 19,5 kg (ayrim viloyatlarda hatto 40—45
kg)ni tashkil etgan. Yiliga har gektar yeiga 400-500 kg gacha mineral o‗g‗itlar solingan.