xalqaro ahamiyatga ega suv-botqoq hududlari to‗g‗risida‖gi Xalqaro Konvensiyasi (Ramsar
Konvensiyasi) ro‗yxatiga kiritildi.
Suv omborlari O‗zbekiston suv resurslari tizimini boshqarishni shakllantirishda muhim
ahamiyatga ega ekanligini alohida ta‘kidlamoq maqsadga muvofiq. Mamlakatda suvning
kamayishi va ko‗payishi (gidrologik ekstremum) hamda suv resurslarining hajmi doimiy
nazorat ostiga olingan. Ayni paytda mamlakatda ko‗p suv omborlari mavjud, ulardan
irrigatsiya ishlarida samarali foydalanilmoqda.
Maqolaning to‗liq shakli bilan «Ekologiya xabarnomasi-Ekologicheskiy vestnik» jurnalining
7-sonida tanishishingiz mumkin.
7-mavzu:
Tuproqni ifloslantiruvchi manbalar. Tuproq muhofazasi.
Reja:
1.
Tuproqni
ifloslantiruvchi manbalar
2.
Tuproqning asosiy xossalari.
3. Tuproqning kislotali muhitiga o‘simliklarning munosabatlari.
Tayanch iboralar:
edafik, orografik, relief, mikrobiota, mezobiota, makrobiota, tuproq
orografik omillar, kislotali tuproq, Ph-muhit
7.1
.
Tuproqni ifloslantiruvchi manbalar
Tuproq turli xil omillar: tog- jinslari, iqlim, tirik organizmlar (o‗simlikva hayvonlar),
relyef, hudud yoshi va insonlaming faoliyati natijasida hosil bo'lgan muhim tabiat jismi
in‘omidir. U asosan yemirilgan tog* jinslari —gildan va chirindilar — gumusdan iborat.
Gumus oiganik olam qoldig‗idan, xususan, o‗simliklaming mikrooiganizmlar faoliyati
natijasida chirishdan hosil bo‗ladi. Tuproqda bundan tashqari, suv havo va ko‗plab tirik
organizmlar (mikrooiganizmlar) ham bo‗ladi. Tuproq doimo o‗zgarib va rivojlanib turganligi
tufayli turli xil iqlim sharoitida har xil tuproq turlari uchraydi. Masalan, Hamdo'stlik
davlatlari
hududida yuzdan ortiq tuproq xili bordir. Tuproqning ekologik omil sifatida eng muhim qismi
bu tog*jinslaridan tuproqning yuzasigacha bo‗lgan qavatidir.0 ‗simlik ildizlarning asosiy
qismi ana shu zona bo‗ylab joylashgan.Tuproqning ana shu qismi va gumus bo‗lgan zona
qancha kuchli rivojlangan bo*Isa o‗simliklaming ildiz sistemasi shunchalik chuqur va eniga
yaxshitarqaladi, chunki bu gorizontlarda suv va ozuqa moddalar miqdori ko‗p bo‗ladi. Tuproq
aeratsiyasi va harorati o‗simliklar uchun muhim ahamiyatga ega bo‗lib, past haroratli
tuproqlarga nisbatan yuqori haroratli tuproqlarda o‗simlik ildizlari suv va mineral tuzlami
ko‗proq va tez shimib oladi. Chunki past haroratli tuproqlarda suvni shimib oluvchi ildiz va
ildiz tukchalarining o‗sishi susayadi, bu oiganlar hujayrasi sitoplazmasining suv
o‗tkazuvchanlik xususiyati pasayadi va natijada, o‗simliklaming yuqoriga fco‗tariluvchi
oqimi, ya‘ni suvning o‗simlik bo'ylab yuqoriga ko‗tarilishi kamayadi.
Tuproq tarkibida gumus
moddasi miqdori ko‗p bo‗lsa, bu tuproqlar unumdor hisoblanadi. 2. Tuproqning biotik
omfflari Tuproqda o'simliklar va hayvonlarning parchalanishidan qolgan qoldiqlaridan
tashqari yana yuqori o‗simliklar hayotida muhim ahamiyatga ega bo‗lgan har xil mikro va
makroorganizmlar ko‗p!ab uchraydi.Ana shu xildagi oiganizmlami Yu.Odum (1975) quyidagi
guruhla^ga ajratadi:
Mikrobiota — bakteriyalar, zamburug‗lar, tuproq suvo41ari
va sodda hayvonlar;