Mezobiota — nematodlar, kanalar, kichik hasharot va boshqa organizmlarning lichinkalari;
Makrobiota — o‗simliklarning ildizlari, yirik hasharotlar, yomg‗ir chuvalchanglari.Shular
orasida eng muhim ekologik ahamiyatga ega bo‗lganlari tuproqdagi xlorofilsiz organizmlar
(bakteriyalar, zamburug‗lar, aktinomitsetlar,mfuzoriyalar, amyobalar, qorinoyoqlilar va
boshq.) hisoblanadi.Mikroiganizmlar kul moddasi va azot ko‗p bo‗lgan bog‗-rog‗lar va
shunga o‗xshash madaniy tuproqlarda juda ko‗p miqdorda bo‗ladi. Ildiz va uning atrofidagi
tuproqlar mikroorganizmlaiga, ayniqsa boydir (rizosfera). Mikroorganizmlar miqdori
faqatgina tuproq strukturasigagina emas balki o'simlik turiga ham bog‗liq. Lyupin, beda,
sebaiga, no‗xat va shu kabi dukkakli 0‗simliklar rizosferasi, ayniqsa mikroorganizmlaiga' boy
hisoblanadi.Masalan, beda yetishtiriladigan 1 g tuproqda 50—100 mlrd gacha bakteriyalar
bo‗ladi (M.A.Krasilnikov, 1958). 0 ‗sha muallifning aytishicha g‗o‗za ildizida
azotobakteriyalar beda ildizidagiga qaraganda ancha kam bo‗ladi. Lekin uning ildizida vilt
kasalligini qo‗zg‗atuvchi zamburug‗ lar (Verticillium dahliae, Fusarium fasinfectum) ko‗p
uchraydi. Timofeyevka javdar kabi 0‗simliklar ildizlarida esa diatom suvo‗tlari,
lyupin,sebaiga rizosferalarida yashil suvo‗tlari, kartoshka rizosferasida esa ko‗k yashil
suvo‗tlari yashaydi. Rizosferalardagi mikrooiganizmlar miqdori 0‗simliklaming yashashiga va
rivojlanish fazalariga ham bog‗liq bo‗ladi. Yosh ‗simliklammg gullash davridan oldin
mikrooiganizmlar, ayniqsa,ko‗p bo‗ladi. Chunki, aynan shu davrda mikrooiganizmlaming
o‗sishini va rivojlanishini tezlatuvchi oiganik moddalar ildizlar tomonidan ko‗p hosil bo‗lib
turadi. Shuni ta‘kidlash lozimki, tuproqning gumusli qavatida mikroorganizmlar ko‗p bo‗ladi.
A.N.Krasilnikovning yozishicha (1958) tuproqning haydaladigan qavatida gektariga 10 t. ga
to‗g‗ri keladigan bakteriyalar, zamburug‗lar, suv o‗tlari, aktinomitsetlardan tashkil topgan
tirik massa uchrar ekan.Bundan tashqari, haydaladigan tuproqlarda gektariga taxminan 600—
664 ming dona yomg‗ir chuvalchangi to‗g‗ri keladi (Olimjonov, 1946).Yuksak agrotexnik
qoidalarga amal qilingan yerlarda esa ularning miqdori bir tonnagacha boradi. Ularning bir yil
davomida ovqat
hazm qilish
tizimidan o‗tkazgan tuprog‗i gektariga 12 tonnadan 100 tonnagacha yoki 7 mm qilinlikdagi
tuproqni tashkil etadi.
Shunday qilib, yuqori o‗simliklar rizosferasi tuproqning oiganik va mineral birikmalarini
parchalab turadigan mikrooiganizmlaming yashashi uchun eng qulay zona hisoblanar
ekan.Gumus qavatida ko‗pincha bakteriyalar ko‗p uchraydi lekin suvo‗tlari, zambumg‗lar va
aktinomitsetlar ham tuproq hosil qilishda muhim rol o‗ynab, yuqori o‗simliklar yashashi
uchun zarurdir. Ularning hammasi tuproqdagi o(simlik qoldiqlarini parchalab tuproq
unumdorligini, uning tarkibidagi mineral moddalar miqdorini oshiradi.Tuproqdagi
mikrooiganizmlar soniga tuproq unumdorligidan tashqari iqlim sharoiti va ayniqsa, harorat va
namlik katta ta‘sir ko‗rsatadi.
Ye.M.Mishustinmwg yozishicha (1972) Janubiy va ayniqsa,
Shimoliy rayonlarda o‗simliklar uchun optimal harorat tuproq haroratiga qaraganda yuqori.
Haroratning yetishmasligi (balandhklarda) tuproqning hosil bo‗lishi jarayonini susaytiradi.
Miroorganizmlarning tuproqdagi holatiga namlikning ta‘siri ayniqsa, kuchlidir. Chunki
tuproqdagi aminokislotalar organic moddalaming parchalangan qoldiqlari har xil tuzlar
mikroorganizmlar tomonidan faqatgina suvda erigan holda qabul qilinadi.
Suv yetishmaganda hattoki, qurg‗oqchilikka cliidamli mikroorganizlar ham yaxshi
ko‗paymaydi, ularning biokimyoviy aktivligi susayadi. Tuproq dala nam sig‗imi 60 %
bo‗lganda mikroorganizmlar hayot faoliyati uchun eng qulay sharoitidir. Ana shunday qulay
sharoitda tuproq havo va suv bilan yashash ta‘minlangan va natijada, ammonifikatsiya va
nitirifikatsiya jarayonlari intensiv bo‗lib turadi. Tuproqning kislotali holati ham
mikroorganizmlar rivojlanishi uchun muhimdir. Neytrai va ishqorli tuproqlarda bakteriyalar
va aktinomitsetlar,kislotali tuproqlarda esa zamburug‗lar ko‗p bo‗ladi.Tuproq tarkibida
uchraydigan mikroorganizmlar tuproq xiligagina emas balki yuqorida ko‗rsatilgandek, turli
xil ekologik omillarga bevosita bog‗liq. 1 g tuproqda 300 dan 3 mlrd gacha mirooiganizmlar
uchrashi mumkin.
Tuproq zarrachalarining donadorligi ham hayvonlar uchun ekologik ahamiyatga ega. Ba‘zi
hayvonlar tuproqni kavlab hayot kechiradi. Hasharotlarning lichinkalari toshloqli tuproqlarda
yashay olmaydi. Kavlash xususiyatiga ega bo‗lgan pardaqanotlilar tuxumlarini yer osti
bo'shliqlarga, ko'pchilik chigirtkalar ham tuxumini g'ovak. tuproqqa qo‗yishga moslashgan.
Tuproq ostida yashovchi hayvonlar uchun yorug‗lik uncha katta ahamiyatga ega emas.
Tuproqning chuqur qatlamlarida harorat ham o'zgarmaydi. Kislorodning miqdori esa kamayib
uglerod ikki oksidi ortib boradi. Tuproq namligi biigina o4simliklar uchun emas, balki
hayvonlar uchun ham ahamiyati katta. Hayvonlar orasida ham tuproq qurg‗oqchiligiga
chidamsiz turlari uchraydi. Ularga yomg‗ir chuvalchanglari va termitlarni ko'rsatish mumkin.
Qumli tuproqlarda yashovchi hayvonlar qumning ostiga tezda kirib ketish xususiyatga ega.
Psammafil hayvonlarning panjalarida har xil o‗simtalar, tuklar yoki muguz pardalar bo'lib,
ularning yuzasini og‗irlashtiradi hamda tuproq qatlamida harakat qilishga, uya qurishga ham
yordam beradi. Ilonlar, kaltakesaklar, ba‘zi hasharotlar qum ostida anchagina masofalarga
ko‗chib yurishi mumkin.
4. Tuproqning tuz rejimiga 0‗simliklarning reaksiyasi.Makro va mikro elementlarning
o‗simliklar uchun
ahamiyati
Tuproq eritmasidagi makro va mikro •elementlami o‗simliklaming hammasi ham bir xilday
qabul qilolmaydi. Tuproqda mikroelementlar juda kam miqdorda bo‗ladi. Shu sababli ba‘zan
ularni kimyoviy analiz bilan ham aniqlash qiyin. Shunga qaramasdan o‗simliklar bu xil
mikrodementlarni
tuproqdan
olib
o‗z
tanasida
saqlash
xususiyatiga
ega.
Masalan,qoqio‗tdoshlar, ayiqtovondoshlar oilalariga kiruvchi o‗simliklar tarkibida litiya
ko‗proq, astragal, selen, yel, g‗o‗za barglarida marganes ko‗p uchraydi. Suvdagi suvo‗tlarda
yod va brom ko‗p uchraydi. Masalan, Laminariya o‗simligi tarkibida yodning miqdori 0,1—
0,5 % uchragan holda dengiz suvida esa bu ko‗rsatgich 0,000005 %ga teng. Karamgullilar va
soyabongullilar oilalariga kiruvchi o‗simliklarda olitingugurtning miqdori boshqa oila
vakillariga qaraganda 5—10 barobar ko‗pdir. Rux (Viola) binafsha tarkibida uclirasa lavlagi,
kartoshka, paxta tarkibida kaliy, magniy, tilog‗och va sho‗radoshlar oilasi vakillarida
ko‗pincha soda ko‗proq uchraydi.
T.F.Morozovning (1943) yozishicha daraxtsimon o‗simhklar
o‗t o‗simliklariga qaraganda mineral moddalami 10—15 barobar kamroq qabul
qilishadi.Daraxt o‗simliklar fosfor va kaliyni juda ham talab etganliklari sababli ular qishloq
xo‗jaligi ekinlari o‗smaydigan unumsiz tuproqlarda ham bemalol yashayveradilar. Bunday
holatga, ayniqsa, qarag‗ay o‗ta chidamlidir.
0 4simliklarning yoshi o‗tishi bilan ularning mineral moddalarga bo‗lgan talabi o‗zgarib
boradi. Daraxtsimon o‗simliklarda azot va mineral moddalarga bo‗lgan talabi ularning o‗sishi
davrida kuchli bo‗lsa g‗allasimon o‗simliklarda esa naychalash va boshoq hosil bo‗lishi
davrida bo‗ladi. Yem-xashak o‗simliklarida bu ko‗rsatkichga talab gullash va ullashdan oldin
kuzatiladi. Tuproq unumdorligiga nisbatan o‗simliklar quyidagi guruhlaiga bo‗linadi.7.
Evtrof
o 'simliklar — unumli tuproqlarda o‗suvchi o‗simliklar (yasen, zarang, dub va boshqa daraxt
o‗simlikIar).
2. Oligotroflar — tuproq unumdorligiga kam talabchan o‗simliklar. Bu guruhga
daraxtlardan oddiy qarag‗ay kiradi.
3. Mezotrof— kam unumli tuproqlarda o‗suvchi o‗simliklar bu guruhga o‗tloq va o‗rmon
zonasinig o‗simliklari kiradi.
0 ‗simlik uchun eng muhim kimyoviy elementlar bular azot, fosfor va kaliydir. Shuning
uchun o‗simliklaiga o‗g‗it beiganda kompleks, ya‘ni NPK (azot, fosfor, kaliy) beriladi.
Azot
o‗simliklarda oqsil, nuklein kislotalari va xlorofil tarkibiga kirganligi sababli u hamma
o‗simliklar uchun eng kerakli muliim element hisoblanadi. Azot yetishmasa 0‗simliklar bargi
och yashil rangda bo‗ladi.Bundan tashqari, o‗simliklarni o‗sishi va rivojlanishini
tezlashtiruvclii va
moddalar almashuvida aktiv ishtirok etuvchi garmonlar tarkibida ham bo‗ladi. 0 ‗simliklar
uchun azotning manbayi nitratlar, ammoniy tuzlari va azot to‗plovchi bakteriyalar hosil
qiladigan biologik azotlardir. Azot yetishmaganda g‗allasimon o‗simliklarda quyidagi
o‗zgarishlar bo‗ladi: poyalari ingichka, barglar kichik va dag‗al, ularning hujayralari mayda