Tajribalar shuni ko‗rsatadiki, fosfor o‗g‗iti bilan biigalikda tuproqqa ftor, uran, toriy, og‗ir
metall tuzlari ham o‗tgan.Ammo tuproqni bunday kimyoviy moddalardan tozalash
texnologiyasi ishlab chiqilmagan. Aksariyat dehqon-fermer xo‗jaliklari va shirkat xo‗jalik
rahbarlari va umuman dehqonlarining haligacha yuqori dehqonchilik madaniyatiga ega
emasliklari ahvolni yanada murakkablashtirmoqda.
Zararkunanda hasharotlarga va o‗simlik Jcasalliklariga sepiladigan dorilaming atiga 1 %gina
foydali ta‘sir ko‗rsatadi, qolgan 99 % tuproq,suv, o‗simlik va boshqa oziq-ovqat
mahsulotlariga singib ketadi. Natijada,tuproqdagi foydali jonivorlar ko‗plab qiriladi, insonlar
salomatligiga katta zarar yetadi. Ana shunday vaziyat yuz berganda yana tabiatni, jumladan,
tuproqni muhofaza qilish dolzaib muammolar jumlasiga kiradi. 6. Orografik omillar Bunga
relyef va unga bog‗langan dengiz sathi balandliklari kiradi. Bu tuproq va iqlim qayta
taqsimlanish natijasida ta‘sir etadi. Masalan, Markaziy Osiyoda dengiz sathidan ko‗tarilgan
sari iqlimi, tuprog‗i va o‗simliklari ham o‗zgarib boradi va bu mintaqada mutanosib ravishda
cho‗l, adir, tog‗, yaylov o‗simliklari uchraydi. Chunki, dengiz sathidan ko‗tarilgan sari harorat
pasayib, yog‗iiming miqdori ko‗payib boradi. Shu-ningdek,* tuprog‗i liam o‗zgaradi. Joy
balandligining o‗zgarishi bilan o‗zgargan issiqlik, namlik birgina o‗simliklarning o‗sishiga,
shakliga ta‘sir etibgina qolmasdan, balki ularning meva hosil qilishi tezligini ham
o‗zgartiradi. Masalan, G.I.Paplovskayaning (1948) ko‗rsatishicha, pixta daraxti 600 metr
balandlikda 4 yildan keyin urug‗ hosil qilsa, 900 metr balandlikda 6 va 1300 metr balandlikda
esa 8 yildan keyin urug‗ hosil qiladi. Soylik va tepaliklarning janubiy va shimoliy qismlarida
ham keskin farqlar kuzatiladi. Masalan, shimoliy balandliklarda namlik ko‗p harorat nisbatan
past bo‗lganligi sababli mezofil o‗simliklar ko‗p o‗sadi. Aksincha,janubiy balandliklarda
issiqlik ko‗proq, namlik kamroq bo‗lganligi sababli kserofll o‗simliklar ko‗p o‗sadi. Cho‗l
zonasida relyefning o‗simliklarga ta‘siri ancha kuchli. Cho‗l zonasining balandlik joylarida
0‗simliklar juda siyrak o‗sadi, borlarining bo‗yi ham pakana bo‗ladi. Chuqurlik joylarda esa
buning aksi, o‗simliklar soni ko‗p va baland bo‗lib o‗sadi.
7.3. Tuproqning kislotali muhitiga o(simliklammg munosabatlari
Tuproq (kislotali, neytrai, ishqorU) eritmasi tuproqdagi mikroorganizmlar holatiga va
miqdoriga va ular orqali yashil 0‗simliklarning oziqlanish rejimiga katta ta‘sir ko‗rsatadi.
Tuproqning kislotali muhiti (erkin odorod ionlarining ko'pligi) aktiv bo‗lishi mumkin, uning
aktivligi pH niiig kattaligiga bog‗liq.pH — 7 bo‗lsa bu neytrai reaksiyali muhit bo‗lib bunda
vodorod, karbonat angidrid ionlari bir xil bo‗ladi.Kislotali muhitli tuproqlarda pH — 7 dan
past va ishqorli muhitli tuproqlarda pH — 7 dan ortiq bo‗ladi.Tuproq eritmasining reaksiya
chegarasi katta bo‗lib, u pH — 3—3,5 dan (torfli tuproqlarda) pH — 10—11 gacha borishi
mumkin (sho‗rxok yerlarda)tuproq eritmasining reaksiyasi iqlim, o'simliklar, jinslar, sizot
suvlari,relyef, o‗g‗itlar va shu kabi boshqa omillarga bog‗liq bo‗ladi. Shuning uchun tundra
va o‗rmon zonasining tuproqlari ko‗pincha kislotali eritmaga ega, chunki bu yerlarda issiqlik
yetishmasligi va namlikning ortiqchaligi 0‗simlik qoldiqlari parchalanayotganda ko‗pincha
kislotalarning ko‗p ajralib chiqishini ta‘minlaydi. Shimoldan janubga borgan sari tuproq
eritmasining kislotali muhiti kamayib boradi va issiq dasht va ayniqsa, Markaziy Osiyoning
cho‗l zonalarida kislota kamroq hosil bo‗ladi, hosil bo‗lgan kislotalar ham ohak yordamida
neytrallashadi, chunki bu tuproqlarda ohak hosil qiluvchi jinslar ko‗p. Shuning uchun ham
dasht zonasining tuprog‗i neytrai, cho‗l zonasining tuprog'i esa ishqorli muhitga ega
bo‗ladi.Shunday qilib yuqori konsentratsiyali vodorod, aluminiy, marganes ionlari va tuproq
eritmasidagi kalsiy miqdorining kamligi tuproqning kislotali muhitini ta‘minlaydi. Ana shu
kislotali muhitga nisbatan 0‗simliklaming munosabatlari turlicha bo4ladi.
Masalan, torf mohi kislota (pH—3,5) muhitda yaxshi o‗sib rivojlansa, arpa pH—6—7 da
yaxshi o‗sadi va rivojlanadi. pH ning 4 dan 6 gacha- ko‗tarilishini M.S.Avdonina (1965)
ma‘lumotiga qaraganda uning hosilini 26,4 %ga oshiradi. Vegetatsion
idishlarda oUb borilgan
tajribalar
shuni ko‗rsatadiki pH ni 4 dan 6,5 ko‗targanda bahorgi bug‗doyning umumiy massasi 70,6
%ga, doni esa 138,6 %ga oshgan.Lavlagi va kartoshka kalsiyli tuproqni talab qilsa, javdar
o4simligi kislotali tuproqlarda yaxshi o‗sadi. Tuproq eritmasi muhitiga bo‗lgan munosabatiga
ko'ra o‗simliklar quyidagi guruhlarga bo‗linadi:
1. Atsidofil o'simliklar — kislotali tuproqda o‗suvchi indicator 0‗simliklar. Bu guruh
o‗simliklarga botqoqlikda o‗suvchi torf moxi, botqoq bagulnigi (Sedum), botqoq klukvasi
(Oxekokus auadripetoxis), o‗tloqlarda 0‗suvchi belaus, rusinka, chernikalar ham kiradi.
2. Neytrai muhitli tuproq o ‘simliklari. Bu guruhga eng muhim yemxashak o'simliklaridan
o‗tloq ovsyanitsasi, o‗tloq timofieyevkasi, sebarga, tog* sebargasi, sariq beda (M. falcafa),
Sibir borsheviki,‘ zira va shu kabilar kiradi.
3.
Bazifil o ‘simliklar — ishqorli muhitli tuproq o'simliklari — indikatorlari.Bularga dasht va
cho‗l zonasida o‗suvchi 0‗simliklar kiradi. Cho‗l mintaqasining qumli tuproqlarida
psammofitlar deb atalgan o‗simliklarning ekologik guruhi tarqalgan bo‗lib, ularga singrenlar,
oq saksovul, qandim,quyonsuyak, shuvoqlar, qizilchalar, selinlar, ilaklar misol bo‗la oladi.
Psammofit o'simliklarning baiglari ensiz, qattiq yoki odatda, reduksiyalashgan
(saksoviilda), meva va urug‗lari qumda o‗rmalab yoki shamol yordamida tarqaladi va
sharsimon ko^inishda bo‗ladi.Tuproqning ma‘lum kimyoviy elementlarga boyligini
ko‗rsatuvchi o‗simliklar — indikator turlar deyiladi. Masalan, plaun aluminiyga boy
tuproqlarda,astragal selenli, itqumoq ruxli, shuvoq, oddiy qarag‗ay va makkajo‗xorilar oltinga
boy tuproqlarda o‗sadi.
4. Indifferen o ‘simliklar. Bularning tipik vakili landish o‗simligi
hisoblanadi. Bunday o‗simliklar tuproqning kislotali va ishqorli muhitlarida ham o‗sa oladi.
8-mavzu
Bioxilma-xillik va ekotizim faoliyati
Reja:
1.
Bioxilma-xillik va ekotizim faoliyatiningbog‗liqligi
2.
Xilma-xillik va
barqarorlik
3.
Ekotizimning ko‗p yo‗nalishliligi
Tayanch iboralar: bioxilma-xillik,to‗ldiruvchi ta‘sir,ekotizim faoliyati,
ekotizim jarayonlari, ekotizimda xizmat ko‗rsatish, selektiv ta‘siri
8.1.Bioxilma-xillik va ekotizim faoliyatiningbog‗liqligi
Xozirgi vaqtda sodir bo‗layotgan bioxilma-xillikning yo‗qolib
ketishigaaloqadortaxminlarekologlarni 1990 yillarning boshlarida xarakatga
keltirgan edi. Ularni turlarning yo‗qolib ketishi ekotizimga qanchalik salbiy
ta‘sir ko‗rsatishi xaqidagi savol tashvishga soldi. Ekotizim faoliyati atamasi bu
ekotizim faoliyati jarayonlari uchun umumiy atama hisoblanadi, ya‘ni
biogeokimyoviy energiya oqimi va ekotizmlararova ichkimasalalar (jumladan,
birlamchi ishlab chiqarish va oziq-ovqat moddalari aylanmasi). Ushbu
mavzuning dastlabki umumiy bosqichidaekotizim jarayonlariga ta‘sirlarni
o‗lchash uchun turlidarajadagi xilma-xil model guruxlarni yig‗ish orqali shu
savolga murojaat qilingan.Izlanishni dastlaki bosqichlaridagi meta-analiz