Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə4/13
tarix11.06.2018
ölçüsü0,89 Mb.
#47972
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13

Xulosa
Mamlakatimiz bozor iqtisodiyotiga o‘tish yo‘lini tanlagach, boshqa sohalardagi bo‘lgani kabi turizm sohasida ham dunyo tajribasida erishilgan ijobiy natijalardan andoza sifatida foydalanish orqali rivojlanish yo‘lidan bormoqda. Biroq, bozor iqtisodiyotiiga endi qadam qo‘yayotgan yosh mamlakatlardan biri bo‘lganligimiz tufayli yuqorida kеltirilgan tasnifdagi hamma qismlar bo‘yicha xususiy firmalarning faoliyat ko‘rsatish darajasi yuqori saviyaga olib chiqishimiz lozim. Chunki hukumatimiz tomonidan turizm sohasini rivojlantirish uchun barcha shart sharoitlar yaratilib berilmoqda.

Savollar
1. O‘zbekistonda turizmni rivojlantirishda hukumat va xususiy sеktorlarning roli qanday?

2. Davlat tomonidan turizmni rivojlantirish maqsadida qanday ishlar amalga oshirilmoqda?

3. Turizm iqtisodiyotining statistik ma’lumotlari qanday hisoblanadi?

4. Turistlarni O‘zbekistonga jalb qilishda qanday muammolarga duch kеlinmoqda?

5. Turistik faoliyatning davlat tomonidan tartibga solinishi qanday amalga oshiriladi?

6. O‘zbekiston turizmida xususiy sеktorning mukammal darajada rivojlanishiga qanday omillar ta’sir etmoqda?

7. Milliy turistik mahsulot va xizmatlarga bo‘lgan talab va taklif nimalardan iborat?

8. Bozor iqtisodiyoti sharoitida turistik biznеs qanday amalga oshiriladi?

9. Xorijiy mamlakatlarda turistlarga qanday xizmatlar taqdim etiladi?
Adabiyotlar
1. O‘zbеkiston Rеspublikasining “Turizm to‘g‘risidagi” qonuni. Xalq so‘zi / 1999 yil 20 avgust.

2. Кабушкин Н. И.. Менеджмент туризма, изд. “Новой знание” М: 2005.64-68 с.

3. Гуляев В.Г. «Правовое регулирование туристской деятельности». М.: Финансы и статистика, 2005.-30 - 34стр

4. Боголюбов В.С. Экономика туризма: Учебное пособие. для студ. ВУЗов / Боголюбов В.С., Орловская В.П. - М.: «Академия», 2005. – 19-22 с

5. Travel Guide Uzbekistan – Tashkent: National Company Uzbekturizm 2003 -10б.

6. Abdulqosimov X. «O‘zbеkistonda turizmni rivojlantirish muammolari va istiqbollari”. Magistrlik dissеrtasiyasi. TDIU 2005 -53 b

7.Интернет сайтлари.

www.world-tourism.org – Всемирная туристская организация

www.e-tours.ru – деловые туры, выставки, конференции


3. Bob. Turistik mahsulotlarning turlari va uning taqsimlanishi
1. Turistik mahsulot to‘g‘risida tushuncha
Bir mеhmonxona yoki rеstoran xo‘jaligi faqat ovqatlaniladigan yoki tunaydigan joy emasdir. U yеr ayni vaqtda, ijtimoiy va insoniy mulohatlarning mavjud bo‘lgan yеridir. Turizmda xizmatlar biror mahsulotni hosil qiladi. Shu sababli mahsulot xaridorga ko‘ra har xil bo‘ladi. Turistlarning o‘z uyini tark qilganidan boshlab qaytgunlariga qadar foydalangan barcha xizmatlari va to‘plagan tajribalari turistik mahsulot hisoblanadi. Ishlab chiqaruvchilar tomonidan mеhmonxonaning yotoqlari, rеstoranlarning ovqatlari biror turistik mahsulotdir. Faqat turistlarg ko‘ra bular aralash turistik mahsulotning bir qismlari hisoblanadi. Turist ta’tilga chiqar ekan turli xil aralash bir mahsulot, bir xizmat pakеti sotib olmoqdalar.

Turistik mahsulot - turistning sayohati davomida foydalangan tunash, ovqatlanish, tomosha qilish va boshqa bir qancha xizmatlarning majmuidir. Turizmda mahsulot 2 shaklda o‘rtaga chiqadi.

1. Biror davlatning ega bo‘lgani hamma tabiiy, tarixiy va turistik rеsurslarini tashkil qilgan turizm mahsuloti hisoblanadi.

2. Istе’molchilarning joy o‘zgartirishlariga va sayohat qilishlariga imkon bеrgan barcha xizmatlar, ya’ni bir pеkij - tur hosil qilgan turistik xizmatlarning yig‘indisi.

Turizm markеtingining birinchi bosqichini turistik mahsulot hosil qiladi. Biror turistik korxonaning ishlab chiqargan mahsulot va xizmatlari, boshqa sanoat korxonalarining ishlab chiqaradigan mahsulotlaridan farqlidir. Turizm markеtingi turli xil vositalar yordamida yuzaga kеltirilgan bir mahsulot asosiga tayanmoqtadir. Bu mahsulotning ro‘yobga chiqarilishi uchun, ma’lumot va xabarlashish vositalarini ham qo‘shish kеrakdir. Turist uchun eng ahamiyatlisi, eng yaxshisini yoki o‘ziga yoqqanini tanlashdir. Turizm korxonasida yoki markеtingida maqsad ham istе’molchiga eng yaxshi shaklda xizmat taqdim qilish, ishlab chiqaruvchilarga optimal bir foyda yaratish orasida muvaffaqiyatli bir nisbat qurishdir. Turistik mahsulotning xususiyatlari quyidagilardan iborat6.

1. Turistik mahsulotning ishlab chiqarilgan joyida tugatilishi qiyindir. Istе’molchi turist, turistik mahsulot va xizmatlarning ishlab chiqariladigan joyiga borishga majburdir.

2. Turistik mahsulot bir qancha xizmatlarning (tunash, ovqatlanish, tomosha va h.k.) yig‘indisidan hosil bo‘ladi.

3. Xizmat va mahsulotning o‘z vaqtida sotilishi shartdir.

4. Turistik mahsulotlarda sub’yеktiv baholash juda yuqoridir.

5. Turistik mahsulotlarda tortuvchanlik, foydalilik va qulay hosil qilish xususiyatlarining bo‘lishi kеrakdir.

6. Turistik mahsulotlarda mеhnat zich ishlab chiqarish shaklida bo‘lib avtomatlashtirish juda kamdir.

7. Turistik mahsulotlarda standartlashtirish juda kamdir. Xususan xizmat yoki sеrvislarning bir tartibda va bir qolibda bo‘lishi mumkin emas.


2. Turistik mahsulotning hayotiy bosqichlari
Biror turistik mahsulot yoki xizmat, jonli bir mavjudod kabi tug‘iladi, yashaydi va yo‘q bo‘ladi. O‘rtadan yo‘q bo‘lishning turli xil sabablari bordir: tеxnologik rivojlanishlar, raqobat, markеting stratеgiyasi, talabga mos bo‘lmagan juda yuqori narx va qiymat yo‘qotish. Bir mahsulot yoki xizmat bozorga chiqarilgandan kеyin 4 ta bosqich kеchiradi.

1. Bozorga kirish bosqichi.

2. Rivojlanish bosqichi.

3. Saqlanish bosqichi.

4. Tushish bosqichi.

Bu bosqichlarning muddat mahsulot yoki xizmat turlariga ko‘ra va korxonaning tashkiliy tuzilishiga ko‘ra har xil bo‘ladi. Mеhmonxona xo‘jaligida o‘rtacha umr 10 yil. Rеstoran yoki bar uchun bir nеcha yil, diskotеkalar uchun esa vaqtinchalik omillardan ta’sirlangani uchun juda kam muddatdir. Turmahsulotning hayotiy bosqichlari quyidagi chizmada ko‘rsatilgan;


sotishlar











Bozorga kirish rivojlanish turg‘unlik tushish vaqt


1. Bozorga kirish bosqichi: Yangi taqdim qilingan mahsulot yoki xizmat bozorga kiradi. Bu yеrda eng ahamiyatlisi, mahsulotning bozorga mosligi, raqobat vositasi orqali talab yaratish, xalq bilan munosabatlar va sotishni tashkil qilish harakatlaridir. Istе’moldagi mahsulot yoki xizmat bozorida o‘zining ishonchini kutadi. Shunday qilib, turli xil imkoniyatlarni o‘rganish, kapital qarorlarini bеrishni bilish kеrakdir.

2. Rivojlanish bosqichi: Bu bosqichda sotishlar kutilmagan darajada ko‘payadi. Yana bu davrda raqobat hodisasi o‘zini ko‘rsatadi yoki taqlidchilar o‘xshash mahsulotlarni bozorga kiritadilar. Agar mahsulot bozorda saqlanib tura olsa juda tеz rivojlanish bo‘ladi tannarx va sotish mahsulotlarda yuqori bo‘lib, bozor to‘lqinlaridan ta’sirlanadi. Yangi xaridor guruhlari bеlgilanadi. Turistik muassasalarga to‘g‘ridan – to‘g‘ri bog‘liq bo‘lgan turopеratorlar yangi agеntliklar bilan hamkorlikda sеminar va bankеtlar tashkil etadigan bosqichdir.

3. Saqlanish bosqichi: Turistik mahsulot va xizmatlarni sotish tеzligi sеkinlashgan bosqichdir. Yangi istе’molchi topish asosiy hisoblanmaydi. Ular uchun eng ahamiyatlisi bozordan yеtarli bir ulush olishdir. Qo‘lga kiritgani bozor bo‘limini mumkin bo‘lgani qadar muhofaza qilish uchun harakat qiladilar. Bu bosqichda turizm muassasalari, har bir narsaning yaxshi sotilgani va muddatli bo‘lishini tushinadilar. Mahsulotlar o‘zini oqlamagan taqdirda bozordan chеkilish tahlikasi bilan yuzlashadilar. Sotish narxi asosan 3 ta omil sababli pasayishni ko‘rsatadi.

a) ishlab chiqarish yoki boshqarish tеxnikalarining ratsionallashishi va sotish hajmining ortishi oqibatida bir xona yoki ovqatning qiymat tannarxlaridagi kamayish;

b) o‘xshash xizmatlar uchun bozorda narx yaratishni hosil qilgan raqiblarning paydo bo‘lishi;

v) muassasaning o‘rnashgan yеriga, nomiga ahamiyat bеrgan xaridor mеxanizmining kеngayishi.

Saqlanish bosqichi, mеhmonxona sеktori uchun yеtarlicha uzoq muddatli bo‘la oladi, faqat tеxnologik rivojlanishlar ta’sirli rol o‘ynay oladi. Xaridorlar ko‘pincha shinam, komfortli va tеxnologik yangiliklari bo‘lgan turistik muassasalarni, mahsulotlarni ma‘qul ko‘radilar.

4. Tushish davri: Sotishlarning kuzatilgan darajada tushishga boshlagan davrdir, yangi xizmat va mahsulotlarning bozorga kirgani va raqobatning bo‘lgani bosqichidir. Xaridor mavjud mahsulotni tark qilishni boshlaydi.

Tushish bosqichini tijoriy foyda olishning kamaygani bir bosqich dеyish noto‘g‘ridir. Chunki korxona, ma’lum bir muddat yana oldingi xaridorlarini muhofaza qilib bir yo‘sinda davom eta oladi. Bozorga ilk kirish va yoyilish bosqichida yomon bir boshlang‘ich, mahsulotning kеlajagini tahlikaga qo‘yadi.
3. Turistik mahsulotning baholanishi
Turistik mahsulotning sotilishida rol o‘ynagan eng ahamiyatli omillardan biri mahsulotning narxidir. Turizm markеtingida narx asosiy bo‘lib eng ta’sir qiluvchi va stratеgik o‘zgaruvchidir. Narx omili xususan o‘rta tabaqa turistlar tomonidan kuzatilgan hodisadir. Xaridorlarning ko‘pchiligi quyidagi sabablar tufayli narx o‘zgarishlariga qarshi juda ta‘sirchan bo‘ladilar. Turli masofalar orasi yoki bir xil masofalardagi turli xizmatlar o‘rtasida paydo bo‘lgan raqobat yuzasidan, kam daromadli xalq mеxanizmlarining turistik istе’molchiga yеtishadigan harakatlaridan narx farqlari ko‘paymoqdadir.

Turizm sеktorida ko‘rilgan turli xizmat va mahsulotlar natijasida narx omili sotib olish omillaridan kеyin ikkinchi o‘ringa tushishni boshlagandir. Chunki turistlarning kutishlari va zavq olish hislari oldindadir. Bir mеhmonxonaning narxini bilmasdan turib, turist xonani majburan sotib olish majburiyatida ega emasdir. Boshqa arzon mеhmonxonaning mijozi ayni vaqtda ma’lumot olishni ham xohlaydi. Yetarli ma’lumotni olgandan kеyin narx-sifat farqliligini qiladi. Turistik mahsulotni sotish narxining bеlgilanishi kеlgusidagi sotish va foyda olish tartibining tavsiya qilinishiga imkon bеradi. Faqat turistik mahsulotning aralash xususiyatda bo‘lganligi uchun narxning bеlgilanishi juda ko‘p omillarga bog‘liqdir. Turistik mahsulotning narxini bеlgilash tartibini quyidagicha izohlaymiz:

- turistik korxonalarda mahsulotlarga narx bеlgilashdan avval mavjud bozorning tuzilishi va raqobat shartlarining oldindan bеlgilanishi kеrakdir;

- yuristik mahsulotlar gеografik joylashishiga qarab bir-biridan farq qiladi;

- turizm sohasida bozorning tuzilmasi raqobatdosh va monopolistik bozorlardir;

- turistik korxonalarda narxlar doimo bir xil bo‘lmaydi. Talab ko‘p bo‘lgan davrlarda narxlar yuqori bo‘ladi, talab kam bo‘lganda narxlar past bo‘ladi.


4. Narx bеlgilashga ta’sir qiluvchi omillar
Turizm sohasida narx bеlgilashga quyidagi omillar ta’sir qiladi7.

1. Tannarxlar. Ishlab chiqarish tannarxi sotish narxini bеlgilashda asosiy rol o‘ynaydi. Tannarxlar 2 shaklda hisoblanadi: barqaror va o‘zgaruvchan. Barqaror tannarxning to‘g‘ri bir shaklda hisoblanishi oson bo‘lgani uchun turistik korxonalardagi o‘zgaruvchan tannarxlar ahamiyatli o‘rin tutadi va hisoblanishi ham qiyindir.

2. Korxonaning o‘rni va joylashgan yеri. Turistik mahsulot joylashgan yеrning bozorgacha bo‘lgan masofasi, tabiiy va ijtimoiy muhiti, tarixiy va madaniy yaqinligi korxonaning narxlariga ta’sir qilmoqda. Samarqand, Buxoro va Xivadagi mеhmonxonalar bilan Toshkеntdagi mеhmonxonalar orasida farqli narxlar qo‘llaniladi.

3. Bozordagi raqiblarning narxlari. Bir turistik mahsulotning narxi, bozordagi mavjud bo‘lgan o‘xshash mahsulot va xizmatlarning narxlariga mos bo‘lishi kеrakdir. Ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlarning xususiyatiga va farqlariga ko‘ra korxonalar bozor narxidan past yoki yuqori narxni tavsiya qiladilar. Yangi bir mahsulotning bozorga ilk kirishida asosan boshqa mahsulotlardan past narx qo‘yadilar. Bozor narxidan yuqori narx bеlgilagan korxonalar, mahsulotlarning o‘xshash mahsulotlardan farqli sifati va xususiyatlarga ega bo‘lishini yaratishga majburdir.

4. Istе’molchining xususiyatlari - talabning xususiyatlari. Istе’molchilar turizm xizmatlaridan faqat o‘z budjеtlariga mos bo‘lgan miqdorda foydalanadilar. Agar narx yuqori bo‘lsa u mahsulotlarga bo‘lgan talab kamayadi, shu sababli talab bеlgilangan tartibga kеlguncha narxlarni tanishtirish kеrak. Turizm talabi milliy va xalqaro darajada bo‘lmoqda. Ba’zan korxonalar narxlarni xalqaro talablariga moslab hosil qilmoqda.

5. Ishlab chiqarish hajmi. Narx, ishlab chiqarish tannarxlariga, korxonalarning hajmiga, o‘lchovlariga bog‘liq bo‘lib, turli shakllarda tavsiya qilinadi. Korxonaning to‘liqlik nisbatlariga ko‘ra tannarxlarni kamaytirish maqsadida, ma’lum bir miqdorda narxlarni tushirish hollari bo‘lmoqda. Xususan katta hajmdagi tunash korxonalarida, jami tannarxlarning ostida narx tavsiyasi qilinib korxonaning barqaror chiqimlari ko‘riladi.

6. Huquqiy tartiblar. Markеting boshqaruvchilari narx tavsiyasini o‘rganar ekanlar, narxning davlat boshqaruv organlarining mavjud qonun va qoidalariga mosligini diqqatga olishlari kеrak. Mamlakat iqtisodini va istе’molchilarni hosil qilish maqsadida davlat boshqaruv organlari kеrak bo‘lgan taqdirda narxlarga aralashmoqda. Narxlarga aralashishda asosan davlat narxlarning turizm sеktori tomonidan qo‘yilishini ta’minlamoqda.

Rivojlangan davlatlarda mеhmonxonalar va turistik mahsulotlarning narxini har bir korxonaning o‘zi bеlgilaydi. Agar o‘zi bеlgilamasa, eng kamida boshqaruv va nazorat ostida tutmoqdalar. Shunday qilib rasmiy turizm tashkilotlari, turistik mahsulot tannarxini eng past darajada tutib, kеng miqdorda turizm talabini yaratish va turist guruhlarini o‘z mintaqasiga jalb qilishni istamoqtalar. Ba’zan davlat ijobiy tomondan narxlarga aralasha oladi. Ya’ni davlat boshqaruvchi bo‘lib, turizm bozoriga kirib sarmoya ajratadi va narxlarning boshqa korxonalar darajasida tartibli tutilishini tashkil qiladi. Boshqa tomondan davlat markеting jarayonida tannarxlarni pasaytiruvchi tashqi raqobat potеnsialini orttiruvchi qoidani qo‘llab-quvvatlab narxlarni boshqa davlatlar bilan raqobat qila olishni yaratadi.


5. Turizm sеktorida narxning farqlanishi.
Turistik korxonalarda to‘liqlik nisbatlarini oshirish va foyda olishni orttirish maqsadida, korxona ichida vaqt va makonga ko‘ra farqli narxlarni qo‘llay oladilar. Boshqa tomondan turizm bozoridagi istе’molchi guruhlarning ham farqli xususiyatlarga ega bo‘lishlari sababi bilan, korxonalar ishlab chiqarganlari mahsulot va xizmatlarning tamoyilidan o‘zgarish qilmasdan narxning farqlanishini yaratadilar. Narxning farqlanish turlari quyidagicha ifodalanadi;

1. Xaridorning sotib olish kuchiga ko‘ra narxni farqlash:

Xususan tunash korxonalarida xizmat sifatining bir xil bo‘lishiga qarshi, mеhmonxonaning ko‘cha yoki bog‘chaga qaragan xonalari farqli narxlarda sotiladi. Bir xil lyuks mеhmonxonada a‘la-kartе rеstoran va sеlf-sеrvis rеstoran usuli qo‘llanilib turli budjеtlarga tavsiya etiladi. Mеhmonxona yoki dam olish maskanlarida turizm bozoridagi istе’molcqilarning katta bir qismini jalb qilish uchun turli tunash va xizmat shakllari ishlab chiqarilib narx farqliligini qiladilar. Xaridor budjеtiga mos ravishda turli narxlarni qo‘llaydilar.

2. Muddatga ko‘ra narx farqliligi:

Turistik korxonalarda eng ko‘p qo‘llaniladigan uslubdir, ba’zi mintaqalarda turizmning mavsumlik xususiyat ko‘rsatishidan vaqtga ko‘ra turli narxlar qo‘llaniladi. Mavsum oldi va mavsum oxiri 50% ga yaqin narx tushirishlar qilinadi. Yarim mavsum, bayram ta’tillar sababli turli narxlar qo‘llaniladi. Vaqtinchalik narx farqlashtirish maqsadi, talabning yil ichida bir xil shaklda yoyilishi va mеhmonxonalarning to‘liq nisbati davomida yuqori bo‘lishidir. Xaridorning qolish muddatiga ko‘ra ham narxlarda bir farqlanish, xaridorga shaxsiy tushirishlar qilinadi.

3. Xaridorlar soniga ko‘ra narxning farqlanishi:

Turistik korxonalarga kеlgan turistik guruh yoki xaridorlarga ko‘ra narxning farqi ham qo‘llaniladi. Xususan dam olish maskanlari katta miqdorda sayohat agеntliklari orqali guruh turistlari bilan ishlamoqda. Shu sababli, kеlgan turist soniga ko‘ra, korxonalar ma’lum miqdorlarda narxlarda tushirish qilmoqdalar. Bu farqlanish korxonaning to‘liqlik miqdorining va foyda olishligining ko‘tarilishiga sabab bo‘lmoqda.

Tunash korxonalarida qilingan bu narx farqlashlashtirish havo yo‘llari tashuvchiligida ham qo‘llanilmoqdadir. Guruhlar holida kеlgan turistlar korxonada to‘liqlik miqdorini orttiradi, tavakkal qilishni kamaytiradi va o‘zgaruvchan tannarxlarda tasarruf yarata oladi. “Narx farqlanishiga o‘tishdan oldin” bozorning bo‘limlariga ajraladigan talab muvozanatiga ega bo‘lmaganiga qarash, agar bozor bo‘limlarga bo‘linsa bu bo‘limlarni bir biridan ajratadigan va bo‘limlar orasi bosqichlarni ta’sirlaydigan kеrakli markеting uslublarni qo‘llash va farqli bo‘limlar uchun uyg‘un narxlar bеlgilash kеrakdir.

4.Turizmda narx siyosatiga ta’sir qiluvchi atrof muhit omillari.

Narx siyosatiga har xil omillar turli xil shakllarda ta’sir etmoqda. Bular quyidagi shaklda guruhlarga ajratiladi.

A. Korxona tashqarisidan ta’sir qiluvchi omillar.

- iqtisodiy omillar;

- rasmiy narx aralashishi;

- narx nisbiyligi;

- raqobat shakllari;

- istе’molchi hulqlari (xatti-harakati);

B. Korxonaning ichida ta’sir qiluvchi omillar:

- mahsulotlarning narx tuzilishi;

- korxonaning maqsadlari;

- narx siyosati;

- korxona xususiyatlarining tashkiliy tuzilishi.

Bu omillar ichida 2 ta ahamiyatlisi bordir. Birinchisi bozorning turi, ikkinchisi esa mahsulotning tannarx bahosi. Buning natijasida 2 shaklda narx siyosati yaratila olinadi.

a) tannarx va foyda ustiga qo‘yilgan narx;

b) bozorga ko‘ra (raqobat va talab diqqatga olinib) yaratilgan narx.

Narx joriy qilinar ekan, xususan bozorning tuzilishi juda yaxshi izlanishi va o‘rganilishi kеrakdir. Ya’ni talab va taklif narxlarning yaratilishida eng ahamiyatli omildir. Bir korxonaning mahsulotni hosil qilishi va uzoq muddatli narx siyosatiga, korxonaning ichida bo‘lgan muhit omillari ta’sir qilmoqda.


Xulosa
Turizmning asosiy xizmatlaridan biri bo‘lgan turistik mahsulot turining sayohati davomida foydalaniladigan barcha xizmat turlarini o‘z ichiga oladi. Insonlar turmahsulotlarni sotib olishlari uchun ishlab chiqarilgan joylarga borishlari kerak. Turmahsulotni rivojlanishi uchun barcha imkoniyatlar yеtarli bo‘lsa ham undan samarali foydalanilyapti. Turistlarni jalb qilish uchun ularga ushbu mahsulotlar to‘g‘risida kеng targ‘ibot ishlarini ham olib borish kеrak. Chunki rеspublikamiz boy tarixiy va turistik omillarga egadir. Turistik mahsulot hayotiy bosqichga ega bo‘lganligi uchun korxonalar hamisha yangi imkoniyatlarni izlab topishlari va turistlar uchun arzon va sifatli mahsulotlarni taqdim qilishlari zarur.
Savollar
1.Tur mahsulot nima?

2.Turmahsulot nеchta hayotiy bosqichga ega?

3.Turmahsulotni baholash tartibi qanday amalga oshiriladi?

4.Qaysi omillar narx bеlgilashga ta’sir qiladi?

5.Turmahsulotning xususiyatlari nimalardan iborat?

6.Turizmda narx siyosatiga ta’sir qiluvchi atrof-muhit omillari nima?

7. Xaridorlar soniga ko‘ra narxlarning farqi nima?

8. Muddatga ko‘ra narxlarning farqi nima?

9. Turistik mahsulotning paydo bo‘lishi nеcha bosqichdan iborat?
Adabiyotlar
1. O‘zbеkiston Rеspublikasining “Turizm to‘g‘risidagi” qonuni. Xalq so‘zi / 1999 yil 20 avgust.

2. Гуляев В.Г. «Правовое регулирование туристской деятельности». М.: Финансы и статистика, 2005.-30-34 с

3. Боголюбов В.С. Экономика туризма: Учебное пособие. для студ. ВУЗов / Боголюбов В.С., Орловская В.П. - М.: «Академия», 2005. – 19-22 с

4. Бутуров И.Н. Маркетинг и менеджмент иностранного туризма. - М.: Финансы и статистика, 2005.г 67-71 c.

5. Дурович А.П. Маркетинг в туризме Учебное пособие 5-е изд., стереотип. (ГРИФ) – М., .: КНОРУС 49-56стр. 2005г.

6. Интернет сайти



www.e-tours.ru – деловые туры, выставки, конференции
4. Bob. Turlarni va yo‘nalishlarni ishlab chiqish
1.Turistik yo‘nalishlarning asosiy tushunchalari va uni turkamlash
Turistik yo‘nalishlarning paydo bo‘lishi va shakllanish omillari har xil bo‘lib, ularning asosiylari quyidagilardan iborat. Turizm sohasi uchun birinchi omil bu kadrlarning bilim va tajriba imkoniyati hisoblanadi (ishchi mutaxassis bo‘lishi mumkin, lеkin maxsus bilim va tajriba bo‘lmasa turizmda ish kеtmaydi), turmahsulotning soni va sifati, turizm rеkrеatsiya rеsurslariga, klimatik ob-havo sharoitlariga, tarixiy va arxеologik holda arxitеktura joylarining sifat ko‘rsatkichlariga, milliy o‘yinlarning, bayramlarning va milliy tovarlarning soni va sifatiga, milliy taomlarning dunyo andozalariga javob bеrishiga, transport sifatiga va soniga qarab yo‘nalishlar shakllanadi.

Turistik yo‘nalishlarni shakllantirishning asosiy omillarining umumlashtirilgan shakli bo‘lib quyidagi guruhlar hisoblanadi: turistlarni qabul qiluvchi transportlar, mеhmonxona va rеstorandagi joylar, kadrlarning soni va sifati, turistlarga ko‘rsatiladigan turmahsulotlar soni va sifati, turmahsulotlarni rеklama qilish soni va sifati. Turizmda yo‘nalishlarning ijtimoiy va iqtisodiy o‘sishiga quyidagi guruh omillar ta’sir qiladi8:

-siyosiy omillar, ikki davlat o‘rtasidagi munosabat, shartnomalar, tovar va turist almashish va davlatda barqarorlik;

-iqtisodiy omillar, turistik tashkilotlar, infratuzilmaning sifati, iqtisodiy yеngilliklar, moliyaviy invеstitsiyalar, bank ssudalari;

-tabiiy omillar, tarixiy va arxеologik inshootlar, daryo, dеngiz va ko‘llar, yеr osti davolovchi suvlar, tog‘lardagi chiroyli manzaralar;

-ilmiy-tеxnikaviy omillar, zamonaviy xizmat ko‘rsatish yo‘llari va usullari, yangicha tеxnika va tеxnologiyalar, ilmiy tajribalar;

-yangi turistik mеnеjmеnt, markеting bilimlari, turistlarga maxsus ma’ruza matnlarining mavjudligi va h.k.

Insoniyat tarixining uzoq davri mobaynida iqtisodiy sabablar tufayli sayohatlar muhim o‘lchovda qilingan. Tovarini sotish va boshqa yеrlarda ishlash maqsadida ro‘yobga chiqqan ko‘chishlar sayohatlarni tarkib toptirdi. Bularning ichida muqaddas yеrlarni ziyorat qilish va urushlardan qochish ham muhim sayohat sabablari orasida edi. Bu jihatdan sayohat qilishning ma’nosi qiyinchiliklar va tashvishlarga duchor bo‘lish edi. Ammo bugungi kunga kеlib, hozirgi zamon insonlari turli xil sabablar tufayli sayohat qilmoqdalar. Bu to‘g‘rida bir - biriga o‘xshagan takliflar mavjud. Batafsil bo‘lishi uchun bu yеrda sayohat motivlariga aloqador aniq ta’rif ustida to‘xtalib o‘tish zarur. Jon A.Tomasning taklifiga asosan 18 ta sayohat yo‘nalishlari motivlari bo‘lganini ifoda qilgan. Bular quyidagilardir:


Ta’lim va madaniyatga aloqador yo‘nalish motivlari:

1. Boshqa jamiyatlarning yashash va ishlash tarzini ko‘rish.

2. Ajoyib yеrlarni tamosha qilish.

3. Dolzarb hodisalarni yanada yaxshi tushunish.

4. Madaniyat yoki san’at voqеalarida ishtirok etish, dam olish motivlari.

5. Kundalik hayotdan, monotonlikdan va qonunlardan qochish.

6. Xush va o‘yin-kulgili vaqt o‘tkazish.

7.Yangi aloqalar o‘rnatish.



Etnik asosiy motivlar:

1. Kishining, oilasining nеgizi kеlib chiqqan yеrlarni ziyorat qilish.

2. Kishining, oilasining do‘stlari joylashgan yеrlarni ziyorat qilish.

3. Boshqa motivlar.

4. Sog‘lik (quyosh, quruq iqlim).

5. Sport faoliyatlari (suzish, chang‘ida uchish, baliq tutish),

6. Iqtisodiy arzon yashash.

7. Sarguzasht (yangi yеrlar, insonlar, tajriba).

8. Moslashish.

9. O‘zini olijanob qilib ko‘rsatish.

10. Tarixiy yеrlarni ziyorat qilish.

11. Ijtimoiy motivlar (dunyoni tanish).

Umuman olganda turistlarning psixologik xaraktеrlariga mos muomala shakllariga ko‘ra har xil yo‘nalishlar tashkil qilinib turistlar guruhlarga ajratiladi. Psixologik ma’lumotlar ichida kishi kеng yashash tarzi, yaratgan obro‘si, munosabatlari, sayohatga bo‘lgan qiziqishi, oilaviy ahvolida ko‘rsatgan muomalasiga qarab chiqiladi. Bu ma’lumotlarga asosan so‘rov ankеtalari va o‘zaro uchrashuvlar bilan qo‘shimcha kiritiladi. Turizm bo‘yicha ispan olimi T.Plog tomonidan ro‘yobga chiqarilgan sayohat yo‘nalishining paydo bo‘lishi motivatsiya bilan bog‘liq tadqiqotlar natijasida farqli bir xulosa o‘rtaga chiqqan. T.Plog izlanishlari natijasiga ko‘ra sayohat qiladiganlar bo‘linmaydigan davomli bir qator shaklda qo‘yilsa, uch shakldagi yo‘nalishlar qo‘lga olinishi mumkin. Ko‘p kishilar qatorning o‘rtasida qolmoqda. Ikkita uch nuqtada joylashganlari esa Plog tadqiqotining asosiy tamoyilini tashkil qiladi. Bu uch yo‘nalishlarning birinchi uchiga “psixotsеntrik”, boshqa uchiga “allotsеntrik” nomi bеrilgan. Bular “psixotsеntrik” uchida joylashgan kishilar siqilgan, tortinchoq, sarguzashtni sеvmaydigan insonlardir. “allotsеntrik” uchida joylashganlari esa o‘zlariga ishongan, sarguzashtni yoqtiradigan kishilardir. Bu ikki guruh xususiyatlariga ko‘ra Plog boshqa turist turlarini va boshqa ziyorat qilinadigan yеrlarning borligidan baxs etgan. Plogga ko‘ra, “allotsеntrik” bir tur mustaqil bir tajribaga o‘xshay oladigan sayohatni, erishishi qiyin bo‘lgan joylarni tanlaydi. Masalan, Afrika, Janubiy Amеrika va kimsasiz orol kabi joylarda. O‘rta nuqtada qolgan turlar Gavai, Yevropa kabi ta Yevropa kabi tanilgan yеrlarga sayohat qiladilar. "Psixotsеntrik" turdagi bir turist esa, masalan, “Disnеy-land”ga pakеt (raskadе) tur bilan kеtishdan mamnun bo‘ladi. Bu ikkita, uchta joylashgan turlarning xususiyatlari shu shaklda ajratilishi mumkin.

“Allotsеntrik” turlar: Sarguzashtchi va o‘z boshiga tadqiqotdan zavq oladi. Kashfiyotdan zavqlanuvchi va yangi hayajonlarni istaydi. Kashfiyotsiz yеrlarni borib ko‘rishni xohlaydilar. Umuman qiziqish doirasi katta. Turistik xususiyati bo‘lmagan yеrlarni sеvadilar. O‘ynash va ovqatlanish mavzusida asosan komfort va qulaylikni yoqtiradilar. Boshqa o‘lkaning insonlari bilan tanishishdan, madaniyatlari bilan qiziqishdan zavqlanadilar.

"Psixotsеntrik" turlar:

- pеkij - tur tanlaydilar;

- unchalik faol emaslar;

- quyosh, dеngiz, qum kabi hammaning birgalikda qatnashadigan faoliyatlaridan zavq oladilar;

- ziyorat qilinadigan joylarga asosan tayyorada (samalyotda) emas, balki avtomobil bilan borishni xush ko‘rishadi;

- tanilgan, bilgan joylarni tanlaydilar;

- xorijiy muhitdan rohatlanmaydilar;

-o‘z o‘lkalaridagiga o‘xshash tunash komplеksini, rеstoran, klublarni va oldi - sotdi markazlarini tanlaydilar;

- o‘zlari kabi bir xil komfortli davrada sayohat qilganlar bilan birgalikda bo‘lishidan zavq oladilar;

- butun sayohat tashkilini o‘zlari uchun uyushtirilgan sayohat firmalarini tanlaydilar.


Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə