Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус



Yüklə 326,34 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/5
tarix19.04.2023
ölçüsü326,34 Kb.
#106349
  1   2   3   4   5
11.00.03 - Қуруқлик гидрологияси. Сув ресурслари. Гидрокимё




 
 
 
 
 
11.00.03-QURUQLIK GIDROLOGIYASI. SUV RESURSLARI.
GIDROKIMYO IXTISOSLIGI BO‘YICHA TAYANCH 
DOKTORANTURAGA KIRISH SINOVLARI UCHUN MAXSUS 
IXTISOSLIK FANLARIDAN 
 
DASTUR VA BAHOLASH MEZONI
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Samarqand-2022



Annotatsiya: 
Dastur 11.00.03-Quruqlik gidrologiyasi. suv resurslari ixtisosligiga 
kiruvchilar uchun 5A141101 - Gidrologiya (O‘rganish ob’ektlari bo‘yicha)
mutaxassisliklarini 2019 yilda tasdiqlangan o‘quv rejasidagi asosiy fanlar asosida 
tuzildi. 
TUZUVCHILAR:
 
Xaydarov S.A. 
SamDU, Gidrometeorologiya kafedrasi 
kafedrasi mudiri, geografiya fanlari 
falsafa doktori (PhD) 
Shirinboyev D.N.
SamDU, Gidrometeorologiya kafedrasi 
o‘qituvchisi, Geografiya fanlari falsafa 
doktori (PhD) 
Dastur Geografiya va ekologiya fakultetining 2022 yil 29 sentabrdagi №2 
sonli Kengash yig‘ilishida muhokama qilingan va tasdiqlashga tavsiya etilgan 



Kirish 
Quruqlik gidrologiyasi ixtisosligi bo‘yicha tayanch doktaranturaga kiruvchilar sinov 
topshirishda maxsus fanlar yetakchi bo‘lib hisoblanadi. Ushbu
 
dastur quruqlik gidrologiyasi 
ixtisosligi bo‘yicha tayanch doktaranturaga kirish uchun sohaning asosiy mutaxassislik 
fanlaridan tuzilgan. Shu tufayli mazkur o‘quv dasturda gidrologiya yo‘nalishi magistraturasida 
o‘qitiladigan «Quruqlik gidrologiyasi», «Nazariy va amaliy gidrometriya», «Sug‘oriladigan 
hududlar gidrologiyasi» fanlari o‘quv dasturlarida o‘qitiladigan asosiy mavzular qamrab olishga 
harakat qilingan. Ushbu dasturni o‘zlashtirgan magistrlar Quruqlik gidrologiyasi tayanch 
doktaranturasiga kirish uchun asosiy davogarlardan sanaladi.
Mamlakatimiz oliy ta’lim tizimida tayyorlanadigan magistratura bosqichida o‘qitilgan 
asosiy fanlar hisoblanadi. Shu tufayli mazkur o‘quv fanlari 5A140702–Gidrometeorologiya 
(ko‘llar va suv omborlari) va 5A141101 – Gidrologiya (quruqlik gidrologiyasi) mutaxassisligi 
o‘quv rejasida mutaxassislik fanlari blokidan alohida o‘rin egallagan. Ushbu dasturni o‘rganish 
natijasida bo‘lajak doktarantlar gidrosfera hamda u bilan uzviy aloqador bo‘lgan geosferalar – 
atmosfera va litosferada kechadigan barcha gidrologik jarayonlarning tabiiy mohiyatini
shakllanish qonuniyatlarining umumiy xususiyatlarini bilib oladilar va ulardan amalda 
foydalanish ko‘nikmalarini egallaydilar. 
 
Mutaxassislik bo‘yicha tanyach doktoranturaga o‘qishga kiruvchilar uchun mo‘ljallangan 
sinov dasturining asosiy maqsadi va vazifasi gidrologiya sohasini rivojlanishi va sohada faoliyat 
yuritishning nazariy, amaliy jihatlari bilan bog‘liq tizimlarga taalluqli mavzular va savollarni 
bayon qilishdan iborat. Shuningdek dastur savollarga berilgan javoblarning baholash mezonlarini 
ham belgilab beradi. 
 
Quruqlik gidrologiyasi mutaxassisligi bo‘yicha tanyach doktoranturaga kirish hohishi 
bo‘lgan talabgorlardan bakalavriatura va magistratura bosqichida o‘qitilgan maxsus fanlar 
dasturlariga kiritilgan mavzular bo‘yicha quyidagi tushunchalarga ega bo‘lishi va savollarga 
javob bera olish talab qilinadi. 
Mazkur dastur bakalavriatura bosqichida o‘qitilgan maxsus fanlardan “Quruqlik 
gidrologiyasi”, «Nazariy va amaliy gidrometriya”, “Sug‘oriladigan hududlar gidrologiyasi” ni 
qamrab oladi. Nizomga muvofiq maxsus fanlardan 100 ball ajratilgan. Maxsus fanlar bo‘yicha 
ballar taqsimoti va kirish sinovlari shakli qo‘yidagicha: 

Yüklə 326,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə