Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə16/44
tarix04.03.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#101959
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   44
portal.guldu.uz-Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi

Yordamchi mashqlar u yoki bu sport faoliyatida keyinchalik takomillashish uchun maxsus poydevor yaratuvchi harakat va faoliyatlarni o’z ichiga oladi. Bu mashqlar guruhiga sportchining trenajer va boshqa qurilmalarda ishlash vaqtida tezlik - kuch sifatlarining rivojlanishiga yordam beradigan vositalar kiradi. Boshqa sport turlaridan olingan hamda sportchining aerob va anaerob imkoniyatlarini oshirishga yo’naltirilgan vositalar (kross yugurish, eshkak eshish va b.).
Maxsus tayyorlovchi mashqlar malakali sportchilarning mashg’ulotlari tizimida markaziy o’rinni egallaydi. Bular hara-katlarning muvofiqlash tuzilishi, makoniy, makon - vaqt, ritm hamda energetik tavsiflarga, asab - mushak zo’riqishlari, jismo-niy qobiliyatlarning ko’proq namoyon bo’lishi jihatlaridan musobaqa mashqlariga ancha o’xshash bo’lgan harakatlardir. Masalan, yuguruvchining maxsus tayyorlovchi mashqlari qatoriga tanlangan masofaning kesmalari bo’yicha yugurish; gimnastikachilarda - musobaqa kombinastiyalarining element va bog’lamlarini bajarish; shtangachilarda shtangani tortish yoki u bilan o’tirib - turishlarga o’xshash mashqlar; futbolchilarda to’p bilan va to’psiz alohida, guruh hamda jamoali harakatlar va kombinastiyalar kiradi.
Maxsus tayyorlovchi mashqlarni tanlab olish tanlangan sport turining xususiyatlari bilan belgilanadi, shuning uchun bunday mashqlar doirasi, odatda, nisbatan cheklangan bo’ladi.
Shuni nazarda tutish kerakki, maxsus tayyorlovchi mashqlar tanlangan sport turi bilan bir xil emas - aks holda ularni qo’l-lashdan ma’no chiqmas edi. Ularni tanlash shunday hisob - kitob bilan amalga oshiriladiki, ular sportchi uchun zarur bo’lgan maxsus jismoniy qobiliyatlar va harakatlar texnikasiga maqsadli va tabaqalashtirib ta’sir ko’rsatishni ta’minlashi zarur.
Maxsus tayyorlovchi mashqlarni vazifasiga qarab quyidagi turlarga ajratadilar: a) hozirlovchi - asosan harakatlar texnikasini o’zlashtirishga qaratilgan;

  1. rivojlantiruvchi - ko’proq jis-moniy va ruhiy qobiliyatlarni rivojlantirishga yo’naltirilgan; v) aralash (kombinastiyalashtirilgan) - ayni bir vaqtda ham sifat­larni, ham harakatlar texnikasini rivojlantirishga yo’nalti-rilgan mashqlar. Bunday tasniflar, albatta, ma’lum darajada shartlidir, chunki harakat faoliyatining shakli va mazmuni yagona. Lekin bunda ma’no ham yo’q emas, negaki hozirlovchi mashqlar shaklan tanlangan sport turining texnikasiga yaqin turadi, rivojlantiruvchi mashqlar esa, odatda, ancha jiddiy mashg’ulot yuklamalari bilan bog’liqdir.

Musobaqa va maxsus tayyorlov mashqlari sportchining maxsus tayyorgarligi vositalari sanaladi.

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə