Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта


«Jismoniy madniyat nazariyasi va metodikasi» fanining



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə2/44
tarix04.03.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#101959
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44
portal.guldu.uz-Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi

«Jismoniy madniyat nazariyasi va metodikasi» fanining
2022-2023 o’quv yili uchun mo’ljallangan
SILLABUS



Fanning qisqacha tavsifi

OTMning nomi va joylashgan manzili:

Guliston davlat universiteti

Guliston shahar 4-mavze

Kafedra:

“Jismoniy madaniyat” fakulteti tarkibida

Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi

Ta’lim sohasi va yo’nalishi:

5112000 Jismoniy madaniyat ta’lim yo’nalishi

Fanni (kursni) olib boradigan o’qituvchi to’g’risida ma’lumot:

Komilov J. K.

e-mail:

Jamoliddin1970@mail.ru

Dars vaqti va joyi:

__-bino ___auditoriya

Kursning davomiyligi:

05.09.2022-20.02.2023

Shaxsiy jadval asosida ishlash vaqti:

Dushanba, chorshanba va payshanba kunlari 14.00 dan 16.00 gacha



7 semestrda fanga ajratilgan soatlar

Auditoriya soatlari

7 semestrda

Ma’ruza:

34

Amaliy va seminar

12(amaliy), 30 (sem)

Mustaqil ta’lim:

56











































Fanning boshqa fanlar bilan bog’liqligi (prerekvizitlari):

“Jismoniy tarbiya gigienasi va sport tibbiyoti”, “jismoniy mashqlar fiziologiyasi va biomexanikasi”, “gimnastika va uni o’qitish metodikasi”, “milliy kurash turlari va uni o’qitish metodikasi”, “harakatli o’yinlar va uni o’qitish metodikasi”, “sport o’yinlari va uni o’qitish metodikasi”, “jismoniy madaniyat tarixi va sportni boshqarish”, “suzish va uni o’qitish metodikasi”, “sport psixologiyasi”, “jismoniy madaniyatni o’qitish texnologiyalari va loyihalashtirish”

Fanning mazmuni

Fanning dolzarbligi va qisqacha mazmuni:

Mazkur fan bakalavriat: 5112000 – Jismoniy madaniyat ta’lim yo’nalishi 2-bosqich talabalari uchun mo’ljallangan bo’lib, “Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi” fan dasturi VII- semestr davomida jismoniy madaniyat va sportning kelib chiqishi, rivojlanish bosqichlari, O’zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya tizimining rivojlanishi, uning tarixiy qonuniyatlari, vositalari, metodlari, o’rgatish bosqichlari, jismoniy tarbiya darslarini tashkil qilish usullari haqida nazariy va amaliy ta’lim berishni ta’minlovchi sohani o’rganish fani bo’lib hisoblanadi. Jismoniy tarbiya amaliyotida ulardan foydalanish masalalariga muhim o’rin berilgan. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi o’quv fani sifatida bakalavrlarni jismoniy madaniyat jarayonida ularning kasbiy-amaliy faoliyatiga keng nazariy va amaliy xarakat ko’nikmalarini shakllanishiga hamda harakatlarga o’rgatish metodlari va vositalarini ochib berishdan iboratdir, shuningdek, o’rgatish jarayonida pedagogik texnologiyalardan foydalanish masalalarini o’z bilim doirasiga qamrab oladi.

Talabalar uchun talablar

- Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi fanining maqsadi hamda vazifalari; jismoniy madaniyat tarixi fanining maqsadi hamda vazifalari; qadimgi dunyo halqlarining jismoniy tarbiyasi; qadimgi yunoniston, rim va rusda jismoniy tarbiya; o’rta asrlarda jismoniy tarbiya; buyuk gumanistlar ta’limoti O’zbekiston Respublikasidagi jismoniy tarbiya tizimining umumiy tavsifi; O’zbekiston Respublikasi hukumatining jismoniy madaniyat va sport bo’yicha qabul qilgan hujjatlarining ahamiyati; jismoniy madaniyatning jamiyatdagi vazifalari va shakllari; Jismoniy madaniyat nazariyasi bo’yicha olib borilayotgan tadqiqot uslubiyotlari; jismoniy tarbiya vositalari; jismoniy tarbiya va jismoniy mashqlar texnikasini tavsifi haqida bilimlarga ega bo’lishi kerak.
- Jismoniy tarbiyaning didaktik tamoyillari; jismoniy tarbiya mashg’ulotlarida qo’llaniladigan jismoniy tarbiya metodlari; harakatlarni va jismoniy sifatlarni tarbiyalashdagi qat’iy tartiblashtirilgan mashq uslubi; harakatlarga o’rgatish jarayonini asoslari; harakatlarga o’rgatish bosqichlarining tuzilish asoslari; o’rgatish bosqichlarining asosiy yo’nalishi va xususiyati; harakat malakalarining tashkil etish qonuniyatlari; mehnatni ratsional tashkil etishda jismoniy tarbiyani ahamiyati; ishlab chiqarishda kasbiy amaliy tayyorgarlik; maktab yoshidagi bolalar jismoniy tarbiyasi; umumiy o’rta ta’lim tizimida jismoniy tarbiyani o’rni va ahamiyati; ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya darslarini tashkil qilish va o’tkazish usullari; jismoniy tarbiya darslarida o’quvchilar faoliyatini tashkil etish usullari; sinfdan tashqari olib boriladigan jismoniy tarbiya ishlariga tavsif; o’quv ishlarini rejalashtirish; jismoniy tarbiya darslarida pedagogik nazorat: pedagogik tahlil, xronometraj, pulsometriya o’tkazish uslubiyoti haqida ko’nikmalarga ega bo’lishi kerak.
- akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida jismoniy tarbiya; sportning nazariy asoslari; sport musobaqalari tizimi; sport trenirovkasining vositalari va metodlari; sport trenirovkasining tamoyillari (printsiplari); jismoniy sifatlarni (kuch, tezkorlik, chaqqonlik, egiluvchanlik, chidamlilik) tarbiyalash metodikasi; musobaqa faoliyatining o’ziga xos xususiyatlari; sportchini tayyorlash tizimi; sportchining jismoniy texnik va taktik tayyorgarligi; sportchilarni tayyorlashda yuklamaga umumiy tavsif; sport formasi taraqqiyotining qonuniyatlari haqida malakalarga ega bo’lishi kerak.


Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə