Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта


Sport tayyorgarligi tizimi



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə8/44
tarix04.03.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#101959
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   44
portal.guldu.uz-Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi

Sport tayyorgarligi tizimi - bilim, vositalar, uslublar, shakllar va shu muxitda tashkil qilish bilan sportchini eng yaxshi darajada tayyorlashni ta’minlash, shuningdek sportchini tayyorlashni amaliy faoliyatidir.
Sport maktabi - sportchilarni tayyorlashni yagona tizimi bo’lib, bir guruh mutaxassislarni ijobiy izlanishga asoslanadi.
Sport mashg’ulotlari - bu sport tayyorgarligini bir qismidir. Sport mashg’ulotlari maxsus jarayonni o’z ichiga olib, aniq tanlangan sport turi bo’yicha, sportchini yuqori ko’rsatkichlarga erishishida, jismoniy mashqlar orqali organizmni rivojlantirish, jismoniy sifatlar va qobiliyatlarni takomillashtirish uchun foydalanilgan maxsuslashtirilgan jarayondir.

  • sport mashg’ulotlari pedagogik xodisa bo’lib, u sportda yuksak natijalarga

215
erishish uchun bevosita yo’naltirilgan maxsus jismoniy tarbiya jarayonidir.
“Sport mashg’ulotlari” atamasi bilan bir qatorda sportchini tayyorlash atamasi ham qo’llaniladi.
“Sportchini tayyorlash” - kengroq tushuncha bo’lib, u sportda yuksak ko’rsatkichlarga erishishga tayyor bo’lishi va uni amalga oshira borishni ta’minlovchi barcha vositalardan foydalanishni o’z ichiga oladi.
Umuman sport mashg’uloti sportchini tayyorlashda biologik va psixologik o’zgarishlarining murakkab majmuasini yuzaga keltirib, natijada “mashq bilan chiniqqanlik”, “tayyorgarlik”, “sport formasida bo’lishlik” darajasini yaxshilanishiga olib keladi. “Mashq bilan chiniqqanlik” tushunchasi odatda mashg’ulot ta’siri ostida sportchi organizmida sodir bo’ladigan hamda uning ish qobiliyatini ortishida o’z ifodasini topadigan biologik (funkstional va morfologik) moslashuv o’zgarishlari ma’nosida anglanadi. Bular: umumiy va maxsus turga bo’linadi.
“Mashq bilan chiniqqanlik” - mashg’ulot vositasida organizmning muayyan bir ishga moslashganlik darajasidir.
“Tayyorgarlik darajasi” - atamasi, “mashq bilan chiniqqanlik” atamasidan kengroq bo’lib, tayyorgarlikni qaysi darajada, ekanligini ko’rsatadi.
“Sport mashg’ulotlari tizimi” - bu sportchilar tayyorlashda beriladigan bilimlarni, tamoyillarni, uslublari va sport ko’rsatkichini, shuningdek mashg’ulot jarayonini boshqarish va tashkil qilishda amaliy faoliyatini bir butunligidir.
“Sport ko’rsatkichlari” - bu sport mahorati va sportchi qobiliyatini qaysi darajada ekanligini ko’rsatib, aniq natijalarda beriladi. Aniq holda, tayyorlash tizimini samarali amalga oshirishi mobaynida sport ko’rsatkichlari, sportchini iqtidorligini aniqlaydi. Yuqori sport ko’rsatkichi bo’lib, shu sport turida, maksimal imkoniyatlardan foydalanilganini ko’rsatadi.
“Sport natijalari” - sportdagi son va sifat darajasini ko’rsatkichidir.
“Sportchining tasnifi” - sportchini barqaror tasnifi bo’lib, ma’lum vaqt ichida yoki sport musobaqalarida qatnashishini umumlashgan yakunidir.
O’zbekiston Respublikasida “yagona sport tasnifi” mavjud bo’lib har to’rt
yilda o’zgarib turadi. Sportni ijtimoiy xodisa sifatida o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, u asosan jamiyatga insonning jismoniy sifatlarini rivojlantiruvchi vosita sifatida xizmat qiladi, shu bilan birga, uning ma’naviy kamolatiga ham kuchli ta’sir ko’rsatadi. Mazkur xususiyati jismoniy tarbiyaning mushtarak belgisidir. Insonning ijtimoiy ongini rivoj topganligi jismoniy madaniyatni vujudga kelishidagi sub’ektiv omili deb hisoblanadi.
Jismoniy tarbiya va sport nazariyasi, fan sifatida, insonning jismoniy tarbiya va sport bo’yicha jamiyatda ko’rsatgan faoliyatini, yangi shaxsning mazkur faoliyat davomida, qonuniy tarzda shakllanishi va jismonan komil inson bo’lib etishishini o’rganadi va tadbiq qiladi.
Jismoniy tarbiya va sportning ijtimoiyligi uning oqibatlaridan samarali ravishda manfaatdordir deb hisoblaydi (O.A.Milshteyn).
Bu oqibatlar majmui, sport bilan shug’ullangan har bir jamoa a’zosi, har bir ijtimoiy gurux uchun qanchalik foyda yoki ziyon keltirishini aniqlab beradi.
Bularga quyidagilar kiradi:

  • aholini barcha ijtimoiy guruh va tabaqalariga jismoniy tarbiya tizimining ijtimoiy ta’siri;

  • jismoniy tarbiya boshqaruvini tashkil qilish va uning faoliyat samaradorligi;

  • har bir jamiyat a’zosining ruhan va jismonan sog’lom bo’lishiga, uning ijodkor shaxs sifatida har tomonlama kamol topishiga, uning mehnat faoliyati, ijtimoiy siyosiy harakati, umuman, ijtimoiy qiyofasi va faoliyatiga, hayotda tutgan o’rniga sportning tarbiya, ta’lim va sog’lomlashtirishga qaratilgan ta’sirining amaliy natijasi;

  • mashg’ulotdan bo’sh vaqtlarda samarali dam olish usullari va bunday dam olishning ommaviyligi;

  • ommaviy axborot vositalari orqali jismoniy tarbiya va sportni targ’ib qilishning samaradorligi;

-xalqaro sport harakatlari va olimpiya o’yinlarining rivojlanishiga, turli mamlakat xalqlari o’rtasida tinchlik totuvlik va hamkorlikning rivojlanishiga, keskinlikni yumshatishga qo’shgan hissasining samaradorligiga bog’liqdir.
Sport hamisha jamiyat oldida, bir qator muhim vazifalarni bajarib kelgan hozirgi kunda vazifalar bundan ham ko’paya boradi.
Sport shaxsning har tomonlama rivojlanishiga maxsus tarzda ta’sir ko’rsatadi, hayotiy ko’nikma va malakalarning shakllanishiga yordam beradi, ma’naviy, axloqiy va aqliy o’sishga, shaxsning mardlik, iroda, ruhiy tetiklik kabi xususiyatlarini chiniqtirishga ko’maklashadi, insonlarda o’zaro hurmat, do’stlik- inoqlik hissiyotlarini tarbiyalaydi, o’zaro yordam, oliyjanoblik, halollik, baynalminallik ruhi va boshqalar sportning eng muhim fazilati hisoblanadi.
Sport ko’ngilxushlik va muxlislik bilan birgalikda sog’lomlashtirish vazifasini bajaradi, uning sog’lomlashtirish turlari, dam olish, jo’shqin xordiq chiqarishga qaratilgan bo’lib, sog’lom hayotning asosi bo’lib, hisoblanadi.

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə