Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə4/44
tarix04.03.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#101959
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44
portal.guldu.uz-Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi

Kursning maqsadi: Prezidentimiz va O’zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan jismoniy tarbiya va sport harakati oldiga qo’yilgan yangi vazifalar, “Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi” sport trenirovkasi miqyosidagi yangi ilmiy izlanishlar, yuqori malakali kadrlar tayyorlashga qo’yiladigan 1997 yil 29 avgustda qabul qilingan “Ta’lim to’g’risida”gi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, 1992 yil 14 yanvarda qabul qilingan “Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida”gi qonunlarda hamda 2002 yil 31 oktyabrda qabul qilingan “O’zbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasini tashkil etish to’g’risida”gi Qarorda belgilangan talablar haqida talabalarga zamonaviy bilimlar berish.
1.2.Kursning vazifalari :

  • “Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi” fanining asosiy nazariy-uslubiy asoslarini ochib berish;

  • Fanning paydo bo’lish va rivojlanish bosqichlariga tavsif berish;

  • O’zbekiston jismoniy madaniyat tizimining maqsadi, vazifalari va tashkiliy asoslarini ochib berish;

  • Jismoniy tarbiya vositalari haqida talabalarda tushunchalar hosil qilish.

Shaxsga yo’naltirilgan ta’lim. O’z mohiyatiga ko’ra ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilarini to’laqonli rivojlanishlarini ko’zda tutadi. Bu esa ta’limni loyihalashtirilayotganda, albatta, ma’lum bir ta’lim oluvchining shaxsini emas, avvalo, kelgusidagi mutaxassislik faoliyati bilan bog’liq o’qish maqsadlaridan kelib chiqqan holda yondoshishga e’tibor qaratishni amalga oshiradi. Har bir talabaning shaxs sifatida kasbiy takomillashuvini ta’minlaydi. Ta’limning markaziga bilim oluvchi qo’yiladi.
Tizimli yondashuv. Ta’lim texnologiyasi tizimning barcha belgilarini o’zida mujassam etmog’i lozim: jarayonning mantiqiyligi, uning barcha bo’g’inlarini o’zaro bog’langanligi, yaxlitligi bilim olish va kasb egallashning mukammal bo’lishiga hissa qo’shadi.
Faoliyatga yo’naltirilgan yondashuv. Shaxsning jarayonli sifatlarini shakllantirishga, ta’lim oluvchining faoliyatini jadallashtirish va intensivlashtirish, o’quv jarayonida barcha qobiliyat va imkoniyatlarni, tashabbuskorlikni ochishga yo’naltirilgan ta’limni ifodalaydi. Egallangan bilimlarning ko’nikma va malakaga aylanishi, amaliyotda tatbiq etilishiga sharoit yaratadi.

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə