Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта


O’z - o’zini nazorat qilish uchun savollar



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə14/44
tarix04.03.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#101959
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   44
portal.guldu.uz-Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi

O’z - o’zini nazorat qilish uchun savollar.

  1. “Musobaqa” atamasiga ta’rif bering.

  2. Musobaqalarda sporchilarning ishtirokini tavsiflang.

  3. Sport musobaqalarining xususiyatlarini yoritib bering.

  4. Sport musobaqalarida sporchi faoliyatini belgilovchi jihatlarga aniqlik kiriting.

Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Abdumalikov R. Eshnazarov J. Jismoniy madaniyat va sport tarixi. O‘quv qo‘llanma Toshkent 1993 y.
2.Yarashev K.D. Jismoniy tarbiya va sportni boshqarish. O'quv qo’llanma Toshkent Abu Ali Ibn Sino nomidagi tibbiyot nashriyoti 2002 yil.
3.Юнусова Ю.М. Теория и методика физической културы. Учебное пособия Тошкент UzGosIFK 2007 г.
4.Salomov R.S. Sport mashg‘u!otning nazariy asoslari — Toshkent.. О quv qo‘llanma 0‘zDJTI, 2005 yil - 238 b.
5.Yusupova N.Sh. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi. Darslik.


3-MAVZU: SPORT TRENIROVKASINING VOSITALARI METODLARI


Asosiy savollar:
1. Sport mashg’ulotlarining maqsad va vazifalari
2. Sport mashg’uloti vositalari

  1. Sport mashg’ulotlarining maqsad va vazifalari

Sport mashg’uloti - bu tanlangan sport turida yuqori sport natijalariga erishishga yo’naltirilgan pedagogik ixtisoslashtirilgan sport takomillashuvi jarayonidir.
Sport mashg’ulotlarining maqsadi mazkur sportchi uchun mumkin bo’lgan eng yuqori tayyorgarlik darajasiga erishish hamda musobaqa faoliyatida yuksak natijalarni namoyish etishdan iboratdir.
Mashg’ulot jarayonida quyidagi asosiy vazifalar hal etiladi:

  1. tanlangan sport turining texnika va taktikasi chuqur o’zlashtiriladi;

  2. jismoniy qobiliyatlar rivojining zarur darajasi ta’-daqlanadi;

  3. sportchilar organizdaqing funkstional imkoniyatlari ku-chayadi va sog’ligi mustahkamlanadi;

  4. mashg’ulot va musobaqalar vaqtida sportchi harakatlari-ning yuqori darajada jamlanishi va safarbar etilishini ta’min-lovchi ruhiy, axloqiy - irodaviy sifatlar maqsadli ravishda tarbiyalab boriladi;

  5. sportchi tayyorgarligining erishilgan darajasini yuzaga chiqarish qobiliyatini majmuali tarzda takomillashtirish va uni musobaqa faoliyatida namoyish etish amalga oshiriladi;

  6. mashq va musobaqa faoliyatini muvaffaqiyatli olib borish uchun zarur nazariy bilimlar hamda amaliy tajriba egallanadi.

Mashg’ulotning sanab o’tilgan vazifalari muvoziy (parallel) ravishda bajariladi. Biron mashg’ulotning asosiy vazifalari tayyorgarlikning davr va bosqichlari, sportchilarning mashqlangan-lik darajasi, alohida xususiyatlari, mahorati, sport turi xusu-siyatlari va qator boshqa omillarga qarab batafsil tekshiriladi.
Mashg’ulot vazifalarining har biri izchil tarzda, ya’ni sportchilarga qo’yiladigan va tobora ortib boradigan talablar sharoitida hal etiladi. Mazkur
240
vazifalarni hal etish natijasida sportchi tayyorgarligining muvofiq darajasi ta’minlanadiki, bu uning yuqori sport natijalariga tayyorligini ko’rsatadi.
Sport mashg’ulotlarining ayrim xususiyatlari mavjud:

  • tanlangan sport turi bo’yicha muayyan sportchining eng yuqori natijaga erishishga yo’naltirilganligi;

  • mashg’ulotlarning qa’tiy chegaralangan muddati va muntazamligi;

  • ma’lum qonuniyatlarga muvofiq ko’p yillik rejalashtirish;

  • mashg’ulot yuklamalarining izchil ravishda oshirib borilishi;

  • sportchining etarlicha mustaqilligi hamda mashg’ulot jara-yoniga ijodiy yondashuvi sharoitida trenerning rahbarlik roli;

  • sportchining butun hayot yo’liga faol ta’sir ko’rsatish (kun tartibi; shaxsiy hayotga, kasb tanlanishiga ta’sir).


  1. Yüklə 0,56 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə