Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта


Elektron pochta orqali munosabatlar tartibi



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə3/44
tarix04.03.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#101959
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44
portal.guldu.uz-Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi

Elektron pochta orqali munosabatlar tartibi

Professor-o’qituvchi va talaba o’rtasidagi aloqa elektron pochta orqali ham amalga oshirilishi mumkin, telefon orqali baho masalasi muhokama qilinmaydi, baholash faqatgina universitet hududida, ajratilgan xonalarda va dars davomida amalga oshiriladi. Elektron pochtani ochish vaqti soat 18.00 dan 20.00 gacha



SO’Z BOSHI

«Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi» fani o’quv premeti sifatida o’zining mazmuniga ko’ra hozirgi kunda nisbatan mustaqil, lekin bir-biri bilan o’zaro uzviy bog’langan muammoli tsikllardan tashkil topgan bo’lib, oliy o’quv yurtlarida jismoniy tarbiya sohasi uchun maxsus bilimlarga, ko’nikma va malakalarga ega bo’lgan mutaxassislarni tayyorlashni nazarda tutadi.


Biz mavjud holatdan kelib chiqib, sohaning keng ko’lamdagi ilmiy izlanishlarning nazariy va amaliy materiallarni to’la qamrab olish imkoniyatidan yiroqligimizni nazarda tutib rus olimlari (L.P.Matveev, A.D.Novikov, B.A.Ashmarin, V.M.Kachashkin va boshqalar) hamda vatandosh olimlarimizning (Sh.X.Xonkeldiev, R.S.Salomov, A.Abdullaev, Yu.M.Yunusova va boshqalar) ilmiy izlanishlari va darsliklari asosida Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasining faqat umumiy asoslarinigina bayon etadigan ushbu o’quv-uslubiy majmuani hukmingizga havola etmoqdamiz.
“Jismoniy madaniyat” yo’nalishi 4-bosqich talabalari uchun mo’ljallangan ushbu o’quv-uslubiy majmuaga Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasining predmeti, uning paydo bo’lish manbalari va rivojlanish bosqichlari, fanning asosiy tushunchalari, jismoniy tarbiyaning ijtimoiy mohiyati, jismoniy tarbiya tizimi hamda uning nazariy va uslubiy printsiplari, jismoniy tarbiya vositalari,o’qitishning didaktik printsiplari va metodlari,jismoniy sifatlarni tarbiyalashga oid nazariy materiallar kiritilgan.

Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi” fanini o’qitishning kontseptual asoslari


O’quv-uslubiy majmuada jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi, jismoniy madaniyatning O’zbekiston tizimi, jismoniy madaniyatda ilmiy tadqiqot ishlari va jismoniy sifatlarni tarbiyalashga doir ma’lumotlar keltirilgan.


Bilim olish jarayoni bilan bog’liq ta’lim sifatini belgilovchi holatlar: darsni yuqori ilmiy-pedagogik darajada tashkil etilishi, muammoli mashg’ulotlar o’tkazish, darslarni savol-javob tarzida qiziqarli tashkil qilish, ilg’or pedagogik texnologiyalardan va multimedia qo’llanmalardan foydalanish, tinglovchilarni mustaqil fikrlashga undaydigan, o’ylantiradigan muammolarni ular oldiga qo’yish, talabchanlik, tinglovchilar bilan individual ishlash, ijodkorlikka yo’naltirish, erkin muloqotga kirishishga, ilmiy izlanishga jalb qilish va boshqa tadbirlar ta’lim ustuvorligini ta’minlaydi. Ta’lim samaradorligini orttirishda fanlar bo’yicha ta’lim texnologiyasini ishlab chiqishning kontseptsiyasi aniq belgilanish va unga amal qilishi ijobiy natija beradi. «Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi» fanni o’qitishning maqsadi va ta’lim berish texnologiyasini loyihalashtirishdagi asosiy kontseptual yondashuvlar quyidagilardan iborat.

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə
Psixologiya