Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə7/44
tarix04.03.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#101959
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   44
portal.guldu.uz-Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi

Sport musobaqalari - ko’rsatish uslubi, sport yutuqlarini baxolash va taqqoslash, sport soxasidagi konkurenstiyalarni o’ziga nisbatan boshqarishdir. Sport musobaqalari, boshqalar bilan muloqotda bo’lishni kerakli omili, shaxsni tashkil topishini vositasi, inson imkoniyatlarini anglab etish, etalon ko’rsatkichlarini tuzishga qaratilgan.
Sport musobaqalarini maqsadi - kuchli sportchilar va komandalarni aniqlash, sport maxoratini takomillashtirish, jismoniy madaniyat va sportni targ’ibot qilish, sport tashkilotlari, murabbiylar, sportchilar, hakamlar faoliyatiga ob’ektiv baxo berishdir.
Sport harakati - ijtimoiy harakatning maxsus shakli bo’lib, tuzish, rivojlanish, saqlash, sport boyliklarini qabul qilish va almashish, shaxsni tashkil topishi uslubi, jamiyatga ishchi kuchi xamda, Vatanni faol himoyachilarini tayyorlaydi. O’zbekistonda sport harakati - g’oyaviy kurashning kerakli sohasi bo’lib, ommaga ta’sir ko’rsatuvchi, insonda milliy ongni tarbiyalovchitomonlaridan biridir. Sport harakati tarixan quyidagi shakllarni: ommaviy, havaskorlik sportini yaratgan. Bundan tashqari biznes shaklidagi - professional sportni yuzaga chiqaradi.
Sport faoliyati - harakat faoliyati rivojlanishini oliy shakli bo’lib, inson faoliyati jarayonining ko’p qirraliligi insonni jismoniy va psixologik rivojlanishi hamda takomillashuvini jamiyatning talabiga nisbatan tashkil qilishdir. Sport faoliyati: shaxsiy sport faoliyati va tashkiliy - pedagogik faoliyatlarga bo’linadi.
Insonning sport faoliyati ikki bir-biriga bog’liq: qayta tashkil topish va tushunib etish (sportchini bilishi, ko’nikma, malakalarni yuqori sport ko’rsatkichlari) tomoni mavjud.
Funkstional atamalar guruhiga tayanch bo’lib, sport tayyorgarligi va sport mashg’ulotlari atamalari kiradi.
Sport tayyorgarligi - sportchilar mashg’ulotini qamrab oluvchi, ko’p omilli jarayon bo’lib, musobaqalarga tayyorlanish va qatnashish, mashg’ulot jarayonini va musobaqani tashkil qilish, mashg’ulot va musobaqani ilmiy - metodik va material - texnik tomonidan tayyorlash; kerakli shart-sharoitni, sport ishlari mashg’uloti o’qish va dam olish bilan qo’shib olib borishini hisobga oladi.
Ushbu atamalarni ishlab chiqarishda sport tayyorgarligi tizimi va sport maktabi deb yuritiladi.

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə