Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə6/44
tarix04.03.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#101959
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44
portal.guldu.uz-Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi

Kommunikatsiya usullari: tinglovchilar bilan operativ ikki yoqlama (teskari) aloqaga asoslangan bevosita o’zaro munosabatlarning yo’lga qo’yilishi.
Teskari aloqa usullari va vositalari: kuzatish, blits-so’rov, joriy, oraliq va yakunlovchi nazorat natijalarini tahlili asosida o’qitish diagnostikasi amalga oshiriladi. Ta’lim jarayonida kafolatlangan natijaga erishish ta’minlanadi.
Boshqarish usullari va tartibi: o’quv mashg’uloti bosqichlarini belgilab beruvchi texnologik xarita ko’rinishidagi o’quv mashg’ulotlarini rejalashtirish, qo’yilgan maqsadga erishishda o’qituvchi va tinglovchining birgalikdagi harakati, nafaqat auditoriya mashg’ulotlari, balki auditoriyadan tashqari mustaqil ishlarning nazorati ham tartibli yo’lga qo’yiladi.
Monitoring va baholash: butun kurs davomida ham o’qitish natijalari reyting tizimi asosida nazorat va tahlil qilib boriladi. Kurs oxirida yozma, og’zaki yoki test topshiriqlari yordamida ta’lim oluvchilarning bilimlari baholanadi.
MA’RUZA MASHG‘ULOTLARI


1-MAVZU: SPORTNING NAZARIY ASOSLARI


ASOSIY SAVOLLAR:

  1. Sport nazariyasi predmetining xususiyatlari, maxsus atamalari

  2. Sport turlarining tasnifi



1-savolning bayoni.
Sport nazariyasi predmetining xususiyatlari, maxsus atamalari
Sport nazariyasi predmeti, jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati fanining bir qismi bo’lib, yangidan ajralib chiqqan fandir.
Sport nazariyasi fani sport mashg’ulotlari bilan maxsus tashkil qilingan jarayonda sportchining tayyorgarlik mazmuni va uslubiyati hamda unga ta’sir qiladigan umumiy qonuniyatlarni o’rganadi.
Sport nazariyasining asosiy atamalariga quyidagilar kiradi: sport musobaqalari, sport harakati, sport faoliyati, sport tayyorgarligi, sport tayyorgarligi tizimi, sport maktabi, sport mashg’ulotlari tizimi, sport ko’rsatkichlari, sport natijalari. Shu atamalar mazmuni va xajmini aniqlab olmasdan turib, sport nazariyasi o’rganadigan fanni muvaffaqiyatli ravishda egallab bo’lmaydi.
Sport - qisqa ma’noda shaxsiy musobaqa faoliyati deyilsa, keng ma’noda shaxsiy musobaqa faoliyati shu faoliyat asosidan kelib chiqadigan maxsus tayyorgarlik hamda uning norma va yutuqlari tushuniladi.

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə