Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə42/44
tarix04.03.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#101959
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44
portal.guldu.uz-Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi

Standart texnika- barcha sportchilar uchun bir xil,harakatlarni bajarishning eng ratsional va ilmiy asoslangan asosidir.
Struktura- bu tarkibiy qismlarning nisbatan turg’un birlashuvi,ularning bir-biri bilan qonuniy munosabatidir.
Tadqiqot metodi- ma’lumotlarni yig’ish,qayta ishlash va taxlil qilish usulidir. Tadqiqot ob’ekti- bu o’rganish uchun tanlangan, muammoli vaziyatga ega va tadqiqotchi uchun manbaa bo’lib xizmat qiladigan voqea yoki hodisa. Tayyorlanganlik- bu jismoniy tayyorgarlikning kompleks natijasidir (jismoniy qobiliyatlarning rivojlanganlik darajasi);texnik tayyorgarlik (harakat malakalarining rivojlanganlik darajasi); taktik tayyorgarlik (taktik fikrlash qobiliyatining rivojlanganlik darajasi); ruhiy tayyorgarlik ( ahloqiy va irodaviy sifatlarning rivojlanganlik darajasi).
Taktik tayyorgarlik- maxsus musobaqa faoliyatida bahs olib borishning ratsional shakllarini egallashga qaratilgan pedagogik jarayon.
Ta’lim sifatini nazorat qilish — o’qitish mazmuni va natijalarining davlat ta’lim standartlari talablariga muvofiqligini tekshirish;
Tezkorlik-insonning harakatlarni qisqa vaqi ichid
a maksimal tezlikda bajarish qobiliyati. Termin- fanda,texnikada,san’atda va x.k.larda qo’llaniladigan tushunchalarni ta’riflovchi so’z va so’z birikmalari.
Texnik tayyorgarlik- sportchi tomonidan ixtisoslashgan sport turi xususiyatlariga mos, yuqori sport natijalariga erishishga yo’naltirilgan harakatlar sistemasini o’zlashtirishning pedagogik jarayoni
Texnika asosi- bu harakat vazifasini amalga oshirish uchun nisbatan o’zgarmas va etarli harakatlar yig’indisidir.
Texnika detallari- harakatning asosini buzmaydigan ikkinchi darajali xususiyatlaridir.
Texnikaning bosh zvenosi- harakat vazifasini ma’lum bir usul bilan hal etishda eng zarur va hal qiluvchi qism.
Tizim (sistema)-falsafiy ma’noda-jamiyat va tabiat to’g’risidagi bir-biri bilan qonunan bog’liq elementlar,predmetlar,hodisalar va shuningdek bilimlarning ob’ektiv birligidir.
O’qitish sifatini nazorat qilish — talabaning bilim saviyasini tekshirish va uning o’quv dasturini o’zlashtirish darajasini aniqlash;
O’qitishning me’yoriy muddati — ta’lim oluvchilar tomonidan o’quv rejalari va fanlar dasturi o’zlashtirilishi uchun belgilangan muddat;
O’quv yili — oliy ta’lim muassasasida bir ta’lim kursini yakunlashga mo’ljallangan o’quv faoliyati davri. O’quv yili ikki kalendar yil bilan belgilanadi, masalan, 2001G’2002 o’quv yili;
O’quv rejasi — oliy ta’limning muayyan bakalavriat ta’lim yo’nalishi yoki magistratura mutaxassisligi bo’yicha o’quv faoliyati turlari, o’quv fanlari va kurslarining tarkibi, ularni o’rganishning izchilligi va soatlardagi hajmini belgilaydigan hujjat;
O’quv semestri — oliy ta’lim muassasasida o’quv yilining yarmini tashkil etuvchi o’zaro bog’langan fanlarning ma’lum majmuini o’zlashtirishga mo’ljallangan va ular bo’yicha yakuniy nazorat bilan tugallanadigan qismi; O’quv fani dasturi — ta’lim mazmuni, uning talabalar tomonidan o’zlashtirilishining eng maqbul usullari, axborot manbalari ko’rsatilgan normativ hujjat;
O’quv fani — ta’lim muassasasida o’rganish uchun fan, texnika, san’at, ishlab chiqarish faoliyatining muayyan sohasidan saralab olingan bilimlar, o’quv va ko’nikmalar tizimi;
O’quv fanlari bloki — o’quv rejalari va fanlar dasturlarining kadrlar tayyorlash jarayonida aniq maqsad va vazifalarga erishish uchun muayyan bilim sohasi yoki faoliyatning o’zlashtirilishini ta’minlaydigan o’quv fanlarini birlashtiruvchi tarkibiy qismi;

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə