Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта



Yüklə 265,5 Kb.
səhifə18/22
tarix31.05.2023
ölçüsü265,5 Kb.
#114611
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
23023 Ishchi Dastur Fal 21 Kim Tex

2




Jami:

44



MUSTAQIL TA’LIMNI TASHKIL ETISHNING SHAKLI VA MAZMUNI
Mustaqil ta’limning turli xil shakllari mavjud bo‘lib, bunda asosiy e’tibor talabaning berilgan mavzular (amaliy masalalar, topshiriqlar va keys-stadilar)ni mustaqil ravishda, ya’ni auditoriyadan tashqarida bajarishi, o‘qib o‘rganishi va shu yo‘nalish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini chuqurlashtirishiga qaratiladi. Talaba mustaqil ishni tayyorlashda muayyan fanning xusutsiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi:

  • darslik yoki o‘quv qo‘llanmalar bo‘yicha fanlar boblari va mavzularini o‘rganish;

  • tarqatma materiallar bo‘yicha ma’ruzalar qismini o‘zlashtirish;

  • mustaqil ishlar, keys-stadilar bilan ishlash;

  • maxsus yoki ilmiy adabiyotlar (monografiyalar, maqolalar) bo‘yicha fanlar bo‘limlari yoki mavzulari ustida ishlash;

  • fanga oid statistik ma’lumotlarni o‘rganish, ularni tahlil qilish;

  • talabaning o‘quv-ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan fanlar bo‘limlari yoki mavzularni chuqur o‘rganish;

  • faol va muammoli o‘qitish uslubidan foydalaniladigan o‘quv mashg‘ulotlari;

  • masofaviy (distansion) ta’lim.

“Falsafa” fanidan talabalarning mustaqil ishlarini referat, seminar, doklad tayyorlash, Prezident asarlarini konspektlashtirish va boshqa shakllarda tashkil etilishi tavsiya etiladi. Mustaqil ish mavzularini belgilashda ma’ruza va seminar mashg‘ulotlari mavzularini to‘ldirishga harakat qilinishi lozim.
Referat elektron shaklda tayyorlanadi va quyidagi mezonlarga asoslaniladi:

  • referat kirish, asosiy va xulosa qismlaridan va foydalanigan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat tarkibda tayyorlanadi;

  • kirish qismida mavzu bo‘yicha umumiy ma’lumot berilib, uning dolzarbligi, ahamiyati, talabaning ushbu mavzuni tanlashdan maqsadi bayon qilinadi; (1,5-2 bet)

  • asosiy qism to‘plangan materiallarga muvofiq tayyorlanadi; (12-15 bet)

  • xulosa qismida talabaning mavzu doirasidagi fikrlari bayon qilinadi va imkon darajasida taklif, tavsiyalar beiladi;(1,5-2 bet)

  • adabiyotlar ro‘yxati referatda aynan foydalanilgan manbalardan tuziladi(1 bet).




Yüklə 265,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə