Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта



Yüklə 265,5 Kb.
səhifə2/22
tarix31.05.2023
ölçüsü265,5 Kb.
#114611
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
23023 Ishchi Dastur Fal 21 Kim Tex

Fanning mazmuni



Fanni o‘qitishdan maqsad - talabalarning dunyoviy, falsafiy va diniy bilimlarni o‘rganish asosida, ulardan ijtimoiy hayotda maqsadli foydalanish va to‘g‘ri fikrlash mahoratini shakllantirishdan iborat;
Fanning vazifalari - falsafiy, ilmiy va diniy bilimning tafakkur uslubining o‘zgarishiga ta’siri; tabiiy ilmiy bilimlarning ijtimoiy ahamiyati; texnik va texnologiyalarning inson pragmatik ehtiyojlariga javob sifatidagi evolutsiyasi; madaniyat, ommaviy madaniyat va ommaviy madaniyatsizlikning o‘zaro aloqasi va farqi; diniy madaniy an’analarda oila va farzand tarbiyasiga oid g‘oyalarning ahamiyati; diniy ma’rifatning mutaassiblik (fanatizm), dindorlik, shamanizm, terrorizmdan farqi; diniy e’tiqodning yo‘nalishlari; global jarayonlar va barqaror taraqqiyot omillarining o‘zaro mutanosibligi; korrupsiyaning shakllari, sabablari va ularni bartaraf etish yo‘llari; ta’lim falsafasi va falsafa ta’limining dunyoqarashni shakllantirishdagi o‘rni; dunyoviy bilim va malakalarni yangilanayotgan O‘zbekistondagi islohotlar jarayonida to‘liq namoyon qilish, burch va ijtimoiy mas’uliyatni xis qilishni o‘rgatishdan iborat.


II. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari)
Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:
1-MODUL. FALSAFA





Nazariy
mashg‘ulot
mavzusi

NAZARIY MASHG‘ULOTNING MAZMUNI

Soat

1

Falsafaning fan va dunyoqarashga doir mohiyati



Falsafa dunyoni anglash usuli. Falsafaning predmeti, tuzilishi, funksiyalari, yangi sohalari. Sharq va G‘arb mutafakkirlari falsafaning maqomi haqida. Falsafani siyosiylashtirishning oqibatlari. Falsafada shubhaning roli. Falsafaning jamiyatdagi roli yoki amaliy falsafa. Dunyoqarash olamni diniy, falsafiy, ilmiy bilish shakli. Dunyoqarashda sezgi, idrok, tushunishning mutanosibligi. Dunyoqarashda bilish, qadriyatlarga munosabat va xulq atvorini tarbiyalanshing roli. Dunyoqarashning shakllanishi-ga ijtimoiy muhitning ta’siri. Mifologiya, din, falsafa va fan dunyoqarash shakllari. Qadimgi miflarning tasnifi. Diniy dunyoqarashning mohiyati, Fan tushunchasining tavsifi, fan taraqqiyotining asosiy bosqichlari. Falsafa tarixida fanlar tasnifiga oid qarashlar evolutsiyasi. Fan taraqqiyotiga oid yondashuvlar tasnifi. Falsafa va fanning mutanosibligi, farqi. Fanning obrazi. Fanlarning differensiatsiyasi va integratsiyasi.

2


Yüklə 265,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə