Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта


Faoliyatning uzluksizligi



Yüklə 1,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə126/354
tarix27.09.2023
ölçüsü1,71 Mb.
#124088
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   354
5eb9e271d043588e9f74c10f0fe1cb95 Bank ishi

Faoliyatning uzluksizligi.
Ushbu standartga muvofiq, agarda 
kelgusida bank o‘z faoliyatini davom ettirishni rejalashtirayotgan bo‘lsa 
va uni tugatish ko‘zda tutilmayotgan bo‘lsa, buxgalteriya hisobini yu-
ritish qoidasi o‘zgarmaydi. Firmalarni tugatish yoki aktivlar obyektini 
sotish hollarida hisobotda yashirin zararni aks ettirish lozim, bunday hol 
agarda mavjud aktivlarning sotish qiymati qoldiq qiymatdan kam 
bo‘lgan holda yuz beradi. 
Moliyaviy yil bo‘yicha taqsimlash.
Ushbu tamoyilni amalga 
oshirish banklardan daromadlar va xarajatlarni hisobga olishni kredit 
taqdim etilganidan boshlab, mablag‘lar haqiqatda kelib tushgan vaqtdan 
e’tiboran, ularni amalga oshirilishiga ko‘ra talab etadi. Shu bilan bir 
vaqtda o‘sib borayotgan xarajatlar foizlari, depozitlar bo‘yicha foizlar 
to‘lanish muddatidan qat’iy nazar, joriy yil hisobotida aks etishi lozim. 
Ehtiyotkorlik.
Bu tamoyil bank aktivlari va passivlarini muayyan 
ehtiyotkorlik darajasida baholashni talab etadi. Bu o‘ta dolzarb, chunki 


195
ularni kredit xarajatlarini bashorat qilishga mo‘ljal oladi va zaxira 
fondlari miqdorlari va muddatlariga mos holda tavakkalchilikda hosil 
qilishni rag‘batlantiradi. 
Yangi planschyotlari 1998 – yildan kiritilgan bo‘lib, moliyaviy 
statistika sohasidagi xalqaro tashkilotlar talabini hisobga olgan holda 
ishlab chiqilgan. U jahon amaliyotida tan olingan quyidagi tamoyil-
lardan foydalanishni ko‘zda tutadi: 
kredit tashkilotlari faoliyatining uzluksizligi; 
hisobga olish usullarining va buxgalteriya hisobi qoidalarining 
o‘zgarmasligi; 
mazmunning shakldan ustun bo‘lishi; 
bank operatsiyalarini amalga oshirishda ehtiyotkorlik; 
aktiv va passivlarni turlicha aks ettirish
kiruvchi balansning mustahkamligi; 
muhimlik; 
hisobga olishning oshkoraligi; 
qisqa muddatli qarzlarning uzoq muddatli qarzlarga aylantirish, 
ya’ni konsolidatsiya qilish tamoyillari kiradi. 
Banklar balansini yangi schyotlar asosida tuzish moliyaviy hisobot 
sifatini yaxshilashga, kredit tashkilotlari faoliyatini boshqarish uchun 
zarur bo‘lgan ma’lumotlarning ishonchlilik va amaliylik ahamiyatini 
yanada oshirishga imkon beradi. 

Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   354




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə