Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта



Yüklə 1,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə140/354
tarix27.09.2023
ölçüsü1,71 Mb.
#124088
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   354
5eb9e271d043588e9f74c10f0fe1cb95 Bank ishi

[125]. Depozitariy 
depozitlarni saqlash uchun ishonib topshirilgan 
huquqiy shaxs. 
Depozitariy bank
deganda depozitlar (qimmatli 
qog‘ozlar)ni saqlash uchun ishonib topshirilgan bank tushuniladi. 
Fond boyliklarini saqlash vazifasini amalga oshirishga zamonaviy 
yondashuv uning ixtisoslashgan tashkilotlar – depozitariylarda markazla-
shuvini taqozo etadi. Bunday markazlashuv qimmatli qog‘ozlar aylanishi-
da xizmat ko‘rsatishga ketadigan xarajatlarni kamaytiradi, hisobga olishni 
soddalashtiradi va tezlashtiradi. Markazlashgan depozitariy mavjud bo‘l-
gan taqdirda qog‘ozlarning oldi-sotdisi bo‘yicha bitimlar sertifikatlarini 


213
tashib o‘rin almashtirish va kuzatib borishga hojat qolmaydi. 
Depozitariyning asosiy vazifasi qimmatli qog‘ozlar sertifikatlarini 
saqlash va (yoki) qimmatli qog‘ozlarga egalik huquqini hisobga olish 
bo‘yicha xizmat ko‘rsatishdan iborat. 
Qimmatli qog‘ozlarni saqlash va ularga egalik huquqini hisobga 
olishda depozitariy xizmatlaridan foydalanuvchi shaxs 
deponent 
deb 
yuritiladi. 
Depozitariy va deponent o‘rtasida tuzilgan ularning depozitariy fao-
liyatiga oid munosabatlarni tartibga solib turadigan shartnoma depozitar 
shartnoma (depo hisobvarag‘i haqida shartnoma) deyiladi. Depozitor 
shartnoma yozma shaklda tuziladi. 
Depozitariy faoliyatini faqat: 
yuridik shaxslar; 
fond birjalari (birjalarning fond bo‘limlari); 
investitsiya muassasalari (investitsiya bo‘yicha maslahatchilar, 
investitsiya fondlaridan tashqari); 
mutlaq depozitariy faoliyati bilan shug‘ullanuvchi ixtisoslashgan 
depozitariylar amalga oshiradi. 
Depozitariyning yaxlit faoliyatini shartli ravishda ikki qismga 
bo‘lish mumkin (28-chizma).
28-chizma.
Depozitariyning bajaradigan ishlari. 
Depozitariyning asosiy faoliyati 
«depo»
hisobvaraqlari bo‘yicha 
xizmat ko‘rsatish hamda chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarni depozitariy 
ro‘yxatidan o‘tkazishga qaratilgan. 
«Depo» hisobvaraqlari bilan bo‘ladigan operatsiyalar uchun 
depozitariyda qabul qilingan baholarda mijozdan haq undiriladi, u 
depozitariy kassasi orqali hisob-kitob varag‘iga kelib tushadi. 

Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   354




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə