Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта


Bankning komission (vositachilik) va



Yüklə 1,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə148/354
tarix27.09.2023
ölçüsü1,71 Mb.
#124088
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   354
5eb9e271d043588e9f74c10f0fe1cb95 Bank ishi

 
4.3. Bankning komission (vositachilik) va 
trast operatsiyalari
 
 
[141]. 
Banklar komission operatsiyalarni ham olib boradilar, ya’ni 
bunda banklar mijozlarning hisobidan ularning turli topshiriqlarini 
bajaradilar. Bunday topshiriqlar mamlakat ichida yoki bir mamlakatdan 
boshqa mamlakatga pul o‘tkazish bilan bog‘liq. Bunda mijoz o‘z 
bankiga uning hisobidagi ma’lum bir summani ko‘rsatilgan manzil 
bo‘yicha o‘tkazishni yuklatadi. 
Operatsiya nihoyasiga etganidan so‘ng bank mijoziga pul 


229
o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi hujjatni yuboradi yoki beradi. O‘tkazilgan 
operatsiya uchun bank vositachilik haqini oladi. 
Komission operatsiyalar turli ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin (31-
chizma). 
31-chizma.
Komission operatsiyalarning turlari. 
Akkreditiv operatsiyasida
bank o‘z mijozidan uchinchi bir shaxs, 
ya’ni akkreditiv ochilgan shaxsga (benefitsiarlarga) to‘lov summasini 
o‘tkazish haqida topshiriq oladi. 
Bu hisob-kitobni amalga oshirish uchun tovar sotib olgan tadbirkor 
sotuvchiga berishi kerak bo‘lgan summani avvaldan bankka qo‘yishi 
mumkin. Tegishli tovarni yoki unga tegishli bo‘lgan hujjatlarni olish 
sharti bilan tadbirkor o‘z bankiga sotuvchiga pul to‘lashni yuklatishi 
mumkin. 
Inkasso operatsiyalari
– bank tomonidan mijozlarga ularning o‘z 
topshiriqlari va o‘z hisoblaridan turli hujjatlar bo‘yicha pul olish 
jarayonini ta’minlaydi. Inkasso operatsiyalari cheklar, veksellar, tovar 
hujjatlari va qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha amalga oshiriladi. Umuman, 
inkasso xaridor hisobvarag‘idan pul summasini olish bo‘yicha bank 
harakatini bildiradi. Qimmatli qog‘ozlarni inkassolashtirishda mijoz 
ularni bankka shu qog‘ozlarni chiqargan mamlakat bozorida sotish 
uchun beradi.

Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   354




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə