Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта



Yüklə 1,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə144/354
tarix27.09.2023
ölçüsü1,71 Mb.
#124088
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   354
5eb9e271d043588e9f74c10f0fe1cb95 Bank ishi

 
 
 
30-chizma.
Investitsiya faoliyatiga ta’sir etuvchi omillar. 
 [132]. 
Bankning asosiy vazifalaridan biri kredit berishdir. Banklar 
kredit berish orqali kichik va xususiy tadbirkorlikni moliyalashtiradilar. 
Ular esa, o‘z navbatida, bu mablag‘larni investitsiyalarga jalb qiladilar. 
Mablag‘larning investitsiyaga jalb qilinishi natijasida mazkur hududda 
ish joylari tashkil qilinib, yuzlab kishilar ish bilan ta’minlanadilar. Ish 
bilan ta’minlanganlarning ko‘pchiligi ushbu bankning mijozlari 
bo‘lmasa ham, bankning kredit faoliyatidan o‘zlarining investorlari 
orqali foydalanadilar. Biroq bankning hamma mablag‘lari ham kreditlar 
Investitsion iqlim 
Ijobiy omillar.
Investitsion 
iqlimni yaxshilashga ta’sir 
qiluvchi holatlar yig‘indisi 
Salbiy omillar.
Investitsion 
iqlimning yaxshilanishiga aks 
ta’sir etuvchi holatlar yig‘indisi 
Iqtisodiy 
h
olat 
Sotsial iqtisodiy
barqarorlik 
Tadbirkorlikning
rivojlanish 
darajasi
 
Faoliyat ko

rsatishga qulay 
qonun va qoidalar 
Madaniyat va ma’naviyat
Investorlarning qiziqishi 
Iqtisodiy va siyosiy
beqarorlik
Soliq tizimining to

g

ri
yo

lga 
qo

yilmaganligi
 
Infrastrukturaning 
rivojlanmaganligi 
Sug

urta qilish mexanizmidagi 
kamchiliklar 
Investitsion loyihalar uchun aniq 
ma’lumotlar yo

qligi 
Qimmatli qog

ozlar bozorining 
rivojlanmaganligi
 
Siyosiy holat 


223
uchun yo‘naltirilishi mumkin emas. Bank aktivlarining katta qismi 
nolikviddir, ya’ni bank naqd pulga muhtoj bo‘lganda bank aktivlarini 
tezda sotish imkoniyati doimo bo‘lavermaydi. Bundan tashqari, kreditlar 
o‘z vaqtida va to‘liq qaytmaslik ehtimoli mavjud bo‘lganligi tufayli ular 
yuqori xatarli aktivlar qatoriga kiradi. 
Yuqoridagi sabablarga ko‘ra, banklar o‘zlarining aktivlar 
portfelining ko‘p qismini daromadli aktivlar turi bo‘lgan qimmatli 
qog‘ozlarga yo‘naltiradi. Qimmatli qog‘ozlarga veksellar, davlatning 
qisqa muddatli obligatsiyalari va aksiyalar kiradi. Qimmatli qog‘ozlarga 
yo‘naltirilgan investitsiyalar: 
bank daromadining barqarorligini ta’minlaydi, ya’ni bankning 
kreditlar bo‘yicha daromadi pasayganda qimmatli qog‘ozlardan olgan 
daromadi oshishi mumkin; 
bankning kredit portfeli bo‘yicha yo‘qotish xavfini yumshatadi, 
ya’ni yuqori sifatli qimmatli qog‘ozlar bankning kredit bo‘yicha xatar 
darajasini pasaytirish maqsadida sotib olinib, saqlanishi mumkin; 
moliyaviy xatarni kamaytirish maqsadida turli hududlar va 
tarmoqlarga tegishli qimmatli qog‘ozlarga investitsiyalarni 
yo‘naltirishga imkon tug‘diradi, ya’ni bank qo‘shimcha mablag‘larga 
muhtoj bo‘lganda qimmatli qog‘ozlarni sotib, kerakli pul mablag‘lari 
bilan ta’minlanishi yoki qarzga pul olayotganida garov sifatida 
foydalanishi mumkin; 
likvidlikni qo‘llab-quvvatlashni ta’minlaydi; 
bankka solinadigan soliq miqdorini kamaytirish imkonini beradi, 
ya’ni bu bilan bank soliq to‘lovlarini qimmatli qog‘ozlar hisobiga 
kamaytirishi mumkin; 
bankda saqlanayotgan davlat va hukumat depozitlarini 
ta’minlovchi garov sifatida foydalanish imkonini beradi; 
bozordagi foiz stavkalarining o‘zgarishi tufayli sodir bo‘lishi 
mumkin bo‘lgan yo‘qotishlardan bankni sug‘urtalash imkoni tug‘iladi; 
bankning aktivlar portfeli va uning egiluvchanligini ta’minlash 
imkoniyati bo‘ladi, chunki bunda bank o‘z aktivlari tuzilmasini joriy 
bozor talablariga muvofiq o‘zgartirish uchun investitsiyaga 
mo‘ljallangan qimmatli qog‘ozlarni boshqa kreditlarga qaraganda tezda 
sotishi yoki sotib olishi mumkin; 
bankda saqlanayotgan qimmatli qog‘ozlarning yuqori sifatliligi 
tufayli bank balansi moliyaviy ko‘rsatkichlarining yaxshilanishini 
ta’minlaydi. 


224
[133]. 
Investitsion funksiyalarni bajarishda quyidagilar asosiy vosita 
hisoblanadi: 
xazina veksellari; 
qisqa muddatli xazina majburiyatlari va obligatsiyalari; 
depozit sertifikati; 
davlatning qisqa muddatli obligatsiyalari; 
yevrodollarli depozit sertifikatlar; 
bank akseptlari; 
korporativ veksellar va obligatsiyalar; 
garov bilan ta’minlangan qimmatli qog‘ozlar; 
hosilaviy qimmatli qog‘ozlar – fyuchers, opsion, varrant va 
boshqa qimmatli qog‘ozlar. 

Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   354




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə