Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта



Yüklə 1,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə146/354
tarix27.09.2023
ölçüsü1,71 Mb.
#124088
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   354
5eb9e271d043588e9f74c10f0fe1cb95 Bank ishi

akseptlangan chek 
qo‘llaniladi. 
Bank aksepti 
moliya bozorining xavfsiz instrumentlaridan biri 
bo‘lib, bankning aksept egasiga kelishilgan muddatda akseptda 
belgilangan pul miqdorini to‘lash majburiyatidir. Bank o‘zining eksport-
import operatsiyalari yoki boshqa faoliyat bilan shug‘ullanuvchi 
mijozning barcha to‘lovlarini kafolatlashi natijasida bank aksepti yuzaga 
keladi va bu kafolat uchun bank haq oladi. 
Akseptni ro‘yxatdan chiqarish muddati kelguncha doimo o‘zining 
nominal qiymatidan past qiymatga sotiladi va ko‘zda tutilgan daromad 
faqat ro‘yxatdan chiqarish muddati yaqinlashganda aksept narxining 
oshishi hisobiga olinishi mumkin. 
[137]. 
Kapital bozorida qo‘llaniladigan majburiyat va obligatsiyalar 
quyidagi afzalliklarga ega: 
risk; 
ikkilamchi bozori rivojlangan; 
qarz olish uchun juda yaxshi garov; 
hukumat depozitlarini kafolatlashi mumkin; 
soliqqa tortilmaydigan foiz daromadiga ega; 
yuqori kredit sifatiga ega
ba’zi qimmatli qog‘ozlar yuqori likvid va tez sotilishi mumkin; 
bir yildan o‘n yilgacha va undan ortiq muddatda muomalada 


226
bo‘ladi.
Pul bozoridagi majburiyat va obligatsiyalar esa tez sotilish qobili-
yatiga ega ekanligi, hukumat depozitlari uchun yaxshi garov vazifasini 
bajarishi, ko‘zda tutilgan daromadliligi yuqori bo‘lgan afzalliklari bilan 
kapital bozoridagi majburiyat va obligatsiyalardan farq qiladi. 
Har ikkala bozordagi majburiyat va obligatsiyalar o‘ziga xos 
kamchiliklarga ega. Ularning kamchiliklari ham bir-biridan farq qiladi. 
Masalan, kapital bozoridagi majburiyat va obligatsiyalarning daromad-
liligi xususiy sektorning uzoq muddatli qimmatli qog‘ozlar daromadidan 
past bo‘lib, bozor beqaror va ikkilamchi bozordagi ba’zi qimmatli 
qog‘ozlarning muomalasi chegaralangan bo‘lsa, pul bozoridagi majbu-
riyat va obligatsiyalarning kamchiligi shundaki, ularning daromadliligi 
boshqa moliyaviy instrumentlardan past, baho xatari esa yuqori bo‘ladi. 
[138]. 
Banklar odatda investitsiya majmualariga ko‘ra yirik va 
mayda banklarga bo‘linadi. Mayda banklar ko‘pincha o‘z mablag‘larini 
davlatning qimmatli qog‘ozlariga joylashtiradilar, chunki bu qimmatli 
qog‘ozlar davlat tomonidan sug‘urtalangan va ishonchlilik darajalari 
yuqori bo‘ladi. Ular xususiy sektorning qimmatli qog‘ozlaridan 
foydalanmaslikka harakat qiladilar. Mayda moliya institutlarining 
iqtisodiy ixtiloflar natijasida katta yo‘qotishlarga uchrash xatari yuqori 
bo‘lganligi tufayli ular bu yo‘qotishlarni qoplash maqsadida ishonchli va 
barqaror qimmatli qog‘ozlarga o‘z mablag‘larini yo‘naltiradilar. 
Yirik banklar esa, aksincha, mayda va xususiy sektorlar xorijiy 
qimmatli qog‘ozlariga hamda mahalliy hokimiyat qog‘ozlariga 
joylashtiradilar. Albatta, bu qimmatli qog‘ozlarga yo‘naltirilgan 
mablag‘lar uchun yuqori xatar mavjud. Investitsiya qimmatli qog‘ozlari 
bank aktivining 1/5 qismidan to 1/3 qismigacha hajmda bo‘lib, bank 
daromadining 1/5 qismida daromad keltiradi. Kredit portfeli esa bank 
aktivining yarmidan ko‘prog‘ini tashkil qilib, bank daromadining 3/5 
qismi hajmida daromad keltirishi mumkin. Lekin bank mablag‘larini 
qimmatli qog‘ozlar investitsiyasiga ko‘proq yo‘naltirilishining afzalligi 
shundaki, daromad solig‘ining hajmi ancha qisqaradi va bank uchun 
bo‘lgan umumiy xatar darajasi sezilarli darajada pasayadi.
[139]. 
Bankning investitsiya vositalarini tanlash jarayoniga quyidagi 
omillar ta’sir qiladi: 
ko‘zda tutilgan daromad me’yori; 
soliq xususiyatlari; 
foiz risk; 


227
kredit riski; 
ishbilarmonlik (xizmat yuzasidan) riski; 
balanslanmagan (muvozanatlashmagan) likvidlik riski; 
muddatidan oldin qaytarib olish riski
inflatsiya (pulning qadrsizlanishi) riski; 
garov talabnomalari. 

Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   354




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə