Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта


Markaziy bankni boshqarish



Yüklə 1,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/354
tarix27.09.2023
ölçüsü1,71 Mb.
#124088
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   354
5eb9e271d043588e9f74c10f0fe1cb95 Bank ishi

 
2.2. Markaziy bankni boshqarish 
 
[23]
. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki O‘zbekiston Res-
publikasi Oliy Majlisi oldida hisobot beradi va o‘z vakolatlari doirasida 
qarorlarni mustaqil qabul qiladi. Markaziy bankning oliy organi uning 
Boshqaruvidir. Boshqaruv Markaziy bank siyosati va faoliyatining aso-
siy yo‘nalishlarini belgilab beradi, bankni boshqaradi. Boshqaruv tarkibi 
o‘n bir kishidan iborat bo‘lib unga Markaziy bank Raisi, uning o‘rin-
bosarlari, shuningdek, bankning asosiy bo‘limlari rahbarlari kiradi. Mar-
kaziy bank Raisi Boshqaruvning Raisi hisoblanadi. Boshqaruv a’zolarini 
Markaziy bank Raisining taqdimnomasiga ko‘ra Oliy Majlisning Ken-
gashi tasdiqlaydi. 
Markaziy bank Raisi: 
– Markaziy bank va uning Boshqaruvi faoliyatiga rahbarlik qiladi, 
bankning fondlarini tasarruf etadi va Markaziy bank zimmasiga yuk-
latilgan vazifalarning bajarilishi uchun javobgar bo‘ladi; 
– Markaziy bank faoliyati masalalarini hal qiladi; 
– boshqaruv qarorlarini imzolaydi, buyruqlar va farmoyishlar chiqa-
radi; 
– Markaziy bank faoliyati va joriy operatsiyalarini operativ tarzda 
boshqarish bo‘yicha harakatlarni amalga oshiradi; 
– Oliy Majlisda, hukumatda, vazirliklar va idoralarda, sudlarda, xal-
qaro va chet el tashkilotlarida bank faoliyatiga doir barcha masalalar 
bo‘yicha Markaziy bank nomidan ish ko‘radi; 
– ayrim masalalarni hal qilishni o‘zining o‘rinbosarlariga, markaziy 
apparat tarkibiy bo‘linmalarining rahbarlariga, hududiy muassasalarning 
rahbarlariga topshiradi.
Markaziy bank Raisining vakolat muddati besh yil. 
[24]
. Boshqaruv quyidagi vakolatlarga ega: 
Monetar siyosatning asosiy yo‘nalishlarini, shu jumladan, Markaziy 
bankning ochiq bozordagi operatsiyalari ko‘lami, Markaziy bankning hi-
sob va ssuda berishdagi foiz stavkalari hamda banklarning Markaziy 
bankdagi majburiy rezervlari normasini belgilaydi. 
Markaziy bankning xalqaro tashkilotlardagi ishtiroki masalasini hal 
qiladi. 


37
Banknotlar va tangalarning nominal qiymati va namunalarini, shu-
ningdek, pul belgilarini muomalaga chiqarish shartlarini belgilaydi. 
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatiga beriladigan ssudalar miqdori 
va shartlarini tasdiqlaydi. 
Banklar uchun iqtisodiy normativlarni tasdiqlaydi va ularga rioya 
etilishini kuzatib boradi. 
Bank faoliyati bilan shug‘ullanish uchun litsenziyalar berish va 
ularni qaytarib olish to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi. 
Markaziy bankning tashkiliy tuzilmasini belgilaydi. 
Markaziy bank xarajatlari va daromadlari smetasini tasdiqlaydi. 
Markaziy bankning yillik va moliya hisobotlarini ko‘rib chiqadi. 
Markaziy bankning tarkibiy bo‘linmalari, muassasalari va korxo-
nalari rahbarlarini tasdiqlaydi. 
Markaziy bank tarkibiy bo‘linmalari, uning muassasalari va tash-
kilotlari rahbarlarining hisobotlari hamda ma’ruzalarini tinglaydi.
Markaziy bank xodimlarini yollash, ishdan bo‘shatish, ularning 
mehnatiga haq to‘lash shartlarini, shuningdek, ularning kreditlar olish va 
aksiyalar sotib olish tartibini qonun hujjatlariga muvofiq belgilaydi. 
Bulardan tashqari, Boshqaruv Markaziy bank vakolati doirasidagi 
boshqa masalalarni ko‘rib chiqadi va hal qiladi. 
Boshqaruv o‘z majlislarini oyiga kamida bir marta o‘tkazib turadi. 
Majlisni Markaziy bank Raisi chaqiradi. Majlislar, shuningdek, Boshqa-
ruvning kamida uchta a’zosining talabnomasi bo‘yicha chaqirilishi 
mumkin. Boshqaruv majlislariga Markaziy bank raisi, u bo‘lmagan payt-
larda esa o‘rinbosarlardan biri raislik qiladi. 
Boshqaruv a’zolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashgan 
Boshqaruv majlisi haqiqiy hisoblanadi. Boshqaruv qarorlari qatnasha-
yotgan a’zolarining oddiy ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar 
teng kelgan taqdirda Markaziy bank raisining ovozi hal qiluvchi 
hisoblanadi. 
Boshqaruv majlislari, odatda, yopiq tarzda o‘tadi. Boshqaruvning 
to‘xtami esa qaror shaklida qabul qilinadi. 
[25]
. Markaziy bank Raisining egallab turgan lavozimidan ozod etish 
uchun quyidagilar asos bo‘ladi: 
– vakolat muddati tugaganida; 
– iste’foga chiqishni so‘rab, sabablarini ko‘rsatgan holda yozgan 
shaxsiy arizasiga ko‘ra; 
– jinoyat sodir qilishda qonunda belgilangan tartibda aybdor deb 


38
topilganda; 
– o‘zining xizmat vazifalarini salomatligiga ko‘ra bajara olmaganda, 
davlat tibbiy komissiyasining xulosasi asosida; 
– egallab turgan lavozimiga munosib bo‘lmagan xatti-harakatlar qil-
ganida, shu jumladan, «O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki 
to‘g‘risida»gi qonunni qo‘pol ravishda buzganida va Markaziy bank man-
faatlariga katta zarar yetkazganida.
Bulardan tashqari, Markaziy bank Raisi qonun hujjatlarida nazarda 
tutilgan boshqa asoslarga ko‘ra ham egallab turgan lavozimidan ozod 
qilinishi mumkin. Raisning birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlari esa 
Markaziy bank Raisining taqdimiga ko‘ra Oliy Majlis Kengashi tomo-
nidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining faoliyati O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisining tegishli qo‘mita yoki uning topshirig‘iga 
asosan auditor tashkilotlar tomonidan tekshirilishi mumkin. 
[26]
. Markaziy bank bank tizimi barqarorligini saqlab turish, omo-
natchilar va kreditorlarning manfaatlarini himoya qilinishini ta’minlash 
maqsadida banklar faoliyatini nazorat qiladi, tartibga soladi va banklar 
o‘rtasida haqiqiy raqobat tamoyillariga amal qilinishiga xizmat qiladi. 
Tijorat banklarning haqiqiy moliyaviy mustahkamligini ta’minlash, 
ularning mijozlari manfaatlarini himoya qilish maqsadida Markaziy 
bank: 
– kapitalning monandlik koeffitsiyentini; 
– bir qarz oluvchi yoki bir-biriga daxldor qarz oluvchilar guruhiga 
riskning eng ko‘p miqdorini; 
– yirik kredit riski va investitsiyalarning eng ko‘p miqdorini; 
– likvidlik koeffitsiyentlarini; 
– aktivlarni tasniflash va baholashga doir talablarni, shuningdek, 
bunday tasniflar asosida bankning operatsiya xarajatlari jumlasiga 
kiritiladigan chegirmalardan shubhali va harakatsiz qarzlarga qarshi 
tashkil etiladigan zaxiralarni shakllantirishni; 
– qarzlarga doir foizlarni hisoblab chiqish va ularni bank 
daromadlari hisobvarag‘iga kiritishga doir talablarni; 
– ochiq valuta mavqeyi limitlari kabi me’yoriy-iqtisodiy normativlarni 
belgilaydi va ularga asoslanib, banklar faoliyatini tartibga soladi. 
Markaziy bank iqtisodiy normativlarning o‘zgarishi to‘g‘risida 
kamida bir oy oldin e’lon qiladi. 
[27]
. Markaziy bank bank operatsiyalarini amalga oshirish, bux-


39
galteriya hisobi va bank statistik hisobotini yuritish, yillik hisobotlar 
tuzish yuzasidan banklar uchun majburiy bo‘lgan qoidalarni belgilaydi. 
Markaziy bank banklar faoliyatini nazorat qilish bo‘yicha quyidagi 
vakolatlarga ega: 
– banklarning hisoboti va boshqa hujjatlarini olish hamda tekshirish, 
ularning faoliyati, shu jumladan, operatsiyalari to‘g‘risida axborot 
so‘rash va olish; 
– olingan axborot yuzasidan izoh talab qilish; 
– banklar, ularning filiallari va bank bilan uzviy bog‘langan yuridik 
shaxslarning faoliyatini tekshirish va tartibbuzarlarga nisbatan sanksiyalar 
qo‘llash; 
– banklarning ichki auditi bo‘yicha qo‘yiladigan talablarni belgi-
lash; 
– bank aktivlarini ularning sifatiga qarab tasnif qilish va aktivlar 
bo‘yicha kutilishi mumkin bo‘lgan zararlar o‘rnini qoplash uchun shun-
ga monand rezervlar yaratishni talab qilish; 
– ishonchsiz aktivlarni hisobdan chiqarish shartlari va tartibini 
aniqlash; 
– banklarga ularning faoliyatida aniqlangan tartib buzilishlarni barta-
raf qilish to‘g‘risida ijro etilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar yuborish; 
– bank aksiyadorlari bank aksiyalarining 20 foizidan ortig‘ini sotib 
olgan taqdirda ularning moliyaviy ahvoli va mavqeyi to‘g‘risida axborot 
so‘rash va olish; 
– banklar va ularning filiallari rahbarlari hamda bosh buxgalter-
lariga nisbatan malaka talablarini qo‘yish. 
Tekshirishlar Markaziy bankning vakolatli vakillari va Markaziy 
bank belgilaydigan auditorlar tomonidan amalga oshiriladi. 
Bir yoki o‘zaro shartnomalar bilan bog‘langan bir necha shaxslar, 
shuningdek, sho‘ba yoki bir-biriga qaram bo‘lgan yuridik shaxslar gu-
ruhi bank aksiyalarining 20 foizidan ortig‘ini sotib olishi uchun oldindan 
Markaziy bankning roziligini olishi talab qilinadi. 
Aksiya sotib oluvchilarning moliyaviy ahvoli qoniqarsizligi aniqlan-
gan taqdirda Markaziy bank bank aksiyalarining 20 foizidan ortig‘i xarid 
qilinishi va sotilishiga rozilik bermaslik huquqiga ega. Markaziy bank 
iltimosnoma olingan kundan boshlab 30 kundan kechiktirmay, ariza 
beruvchiga o‘z qarori to‘g‘risida yozma ravishda xabar beradi. 
Markaziy bank auditorlardan Markaziy bankning normativ huj-
jatlariga, shu jumladan, tartib va uslubiyatlariga rioya etishlarini talab 


40
qilishga, shuningdek, ulardan bank auditi bilan bog‘liq har qanday ma’-
lumotlarni bevosita olishga haqli. 
[28]
. Banklar va ularning filiallari iqtisodiy normativlarni belgilov-
chi banklarga oid qonun hujjatlarini buzgan taqdirda Markaziy bank 
ustav kapitalining eng kam miqdoridan 0,1 foizgacha jarima undirish 
yoxud ayrim operatsiyalarni o‘tkazishni 6 oygacha bo‘lgan muddatga 
cheklab qo‘yish huquqiga ega. 
Agar yo‘l qo‘yilgan tartibbuzarliklar yoki bank o‘tkazayotgan ope-
ratsiyalar omonatchilar va kreditorlarning manfaatlariga aniq xavf tug‘-
dirsa, u holda Markaziy bank quyidagilarga haqlidir: 
Bank filiallari to‘lovlarni o‘z vaqtida o‘tkazmagan va ularning 
vakillik hisobvaraqlari qoniqarsiz ahvolda bo‘lgan hollarda, Markaziy 
bank bank filialidan ushbu harakat natijasida olingan daromadni qat’iy 
tartibda undirib oladi, shuningdek, shunday miqdorda jarima soladi. 

Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   354




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə