Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта


Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar



Yüklə 1,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/354
tarix27.09.2023
ölçüsü1,71 Mb.
#124088
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   354
5eb9e271d043588e9f74c10f0fe1cb95 Bank ishi

Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar 
narxlar umumiy darajasi va uning o‘sish yoki kamayish sur’atlari; 
xalq xo‘jaligida ishlab chiqarishning o‘sish yoki kamayish sur’atlari; 
mehnatga layoqatli aholining ish bilan to‘liq bandlik darajasi
to‘lov balansining holati, milliy valutaning barqarorligi, uning qadri 
darajasi. 


42
Bir-biriga bog‘liq bo‘lgan bunday ko‘rsatkichlar makroiqtisodiyotni 
tartibga solishning 
sehrli kvadrati
deb yuritiladi. 
[31]
. Bank tizimining taraqqiy etishini va o‘z vazifasini ishonchli 
darajada barqaror bajarishining asosi – bu iqtisodiyotni pul-kredit vosi-
tasida tartibga solishning moslanuvchan mexanizmini shakllantirishdir. 
Bu mexanizm Markaziy bankka: 
– xo‘jalik faolligiga samarali ta’sir ko‘rsatish; 
– muassasalar faoliyatini nazorat qilish
– pul muomalasi barqarorligiga erishish; 
– naqd va naqd pul bo‘lmagan jami pul massasining o‘zgarishini 
nazorat qilish; 
– o‘z faoliyatining maqsadlari, ustuvor yo‘nalishlarini tanlash; 
– pul-kredit siyosatining strategiyasi va taktikasini ishlab chiqish
– qo‘yilgan masalalarga erishishning muayyan usullari, dastaklari 
hamda vositalarini tanlash imkonini beradi. 
Markaziy bank pul-kredit siyosatini amalga oshirish jarayonida 
kreditlar va pul massasi miqdorlarining zarur darajada kengayishini ta’-
minlashga harakat qiladi. Bu esa ichki narxlar barqarorligiga rioya qil-
gan holda o‘sib borayotgan iqtisodiyotning uzoq muddatli ehtiyojlariga 
mosdir. Birmuncha qisqa muddatlar uchun pul-kredit siyosati, odatda, 
nomatlub inflatsiya va deflatsiya jarayonlariga qarshi turish maqsadida 
amalga oshirilishi kerak. 
Pul-kreditni tartibga solishdan asosiy maqsad narxlar barqarorligini 
ta’minlash, ortiqcha xarajatlarning oldini olish, iqtisodiy o‘sishga 
yordam beruvchi sharoitlarni yaratish, nomatlub inflatsiya va deflatsiya 
jarayonlariga qarshi tadbirlarni ishlab chiqishdan iborat. 
Ma’lumki, pul massasining haddan tashqari ko‘payishi mamlakatda 
ishlab chiqarilgan yoki chetdan keltirilgan tovarlarga qilinadigan xara-
jatlarning yuqori sur’atlar bilan o‘sishiga, yoxud narx-navoning ko‘ta-
rilishiga olib keladi. Mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlarning chek-
langan miqdorda taklif qilinishi tufayli pul mablag‘larining talaygina 
qismini chetda ishlab chiqarilgan tovarlarga yo‘naltirilishi oqibatida to‘-
lov balansida tang holat yuz beradi. 
[32]
. Bozor iqtisodiyoti sharoitida Markaziy bank pul-kredit 
siyosatini ro‘yobga chiqarishda quyidagi usullardan foydalanadi (6-
chizma). 

Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   354




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə