Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта



Yüklə 1,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/354
tarix27.09.2023
ölçüsü1,71 Mb.
#124088
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   354
5eb9e271d043588e9f74c10f0fe1cb95 Bank ishi

maqsadlar dilemmasini
keltirib chiqaradi. Bu dilemma 
rahbar pul taklif qilishni hamda foiz stavkalarini bir vaqtning o‘zida 
barqarorlashtira olmaganida ham kelib chiqadi. 
Qarama-qarshi 
maqsadlar kolliziyasi
natijasida ancha pragmatik, 
maqsadli o‘rtacha pozitsiyani ishlab chiqish mumkin bo‘ladiki, bunda 
foiz stavkalariga ham, shuningdek, pul taklif qilishga ham ma’lum dara-
jada e’tibor beriladi. Biroq ularning birortasi ham ochiqdan-ochiq afzal 
ko‘rilmaydi. 
Moliya bozorlari yetarli rivojlanmagan bir sharoitda pul-kredit 
siyosati vositalari bilan foiz stavkalari o‘rtasida bog‘lanish kuchsizligi 
ayniqsa aniq kuzatiladi. Masalan, 1990-1995-yillarda O‘zbekistonda 
bozor iqtisodiyotini shakllantirish sharoitida pul-kredit siyosati pul 
bozorlarida foizlar hosil bo‘lishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatgani yo‘q. 
Tijorat banklarini qayta moliyalashda markazlashtirilgan va banklararo 
kreditlarning ustunlik qilishi, zaxira talab qilishdagi yuqori me’yorlar 
pul bozorlarida foiz belgilash shakllantirilishiga to‘sqinlik qildi. 
Moliya bozori rivojlanmaganligi natijasida turli foiz stavkalari o‘rta-
sida o‘zaro kuchsiz bog‘lanish mavjud bo‘lib turdi. Bu hol Markaziy 
bankning foiz siyosatiga to‘sqinlik qilgan va uni tijorat banklari krediti 
bo‘yicha foizlar belgilash ustidan 
nazorat qilishning
bevosita 
choralarini qo‘llashga majbur qilgan edi. 
Davlatning xalqaro siyosati ham foiz stavkalariga o‘z ta’sirini 
ko‘rsatadi. Foiz stavkalarini 
oshirish
mamlakatga chet el moliyaviy 
investitsiyalarni ko‘paytiradi, ichki milliy valutaga bo‘lgan talabni ku-
chaytiradi. Milliy valuta qiymatining oshishi uning chet el valutalariga 
nisbatan kursi oshishiga, sof eksportning pasayishiga olib keladi. 
Foiz stavkasining pasayishi xorijdan moliyaviy kapital kirib keli-
shini kamaytiradi. Binobarin, milliy valuta kursi pasayadi, sof eksport 
esa oshib boradi. Shu sababli, mamlakatda foiz stavkasining o‘zgarishi 
tufayli kelib chiqqan kapital oqimlari mamlakat ichida pul-kredit si-
yosatini kuchaytiradi. 
[34]
. Kreditning eng yuqori miqdoriy chegarasini belgilash usuli 
yordamida pul-kredit siyosatini o‘tkazish, odatda, iqtisodiyot tuzilmasini 
qayta qurish davrida muvaffaqiyatli qo‘llaniladi. Bunday kredit resurs-
lari birinchi navbatda ustuvor tarmoqlarga ajratiladi. Boshqa tarmoqlar 


46
uchun cheklangan kreditlash tartibi joriy etiladi. Kreditning eng ko‘p 
miqdorlarini belgilash quyidagi hollarda amalga oshiriladi. 
Birinchidan
, iqtisodiyotning faqat ustuvor sohalariga ko‘p miq-
dorda kredit ajratish. Bunday kreditlash tanlab amalga oshirilgan kredit-
lash deb yuritiladi. Bu kredit qarzlarning muayyan turlari (masalan, 
iste’mol va ipoteka qarzlari) uchun yuqori darajani belgilashga asoslan-
gan 

Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   354




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə