Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта



Yüklə 1,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/354
tarix27.09.2023
ölçüsü1,71 Mb.
#124088
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   354
5eb9e271d043588e9f74c10f0fe1cb95 Bank ishi

Kassadagi mablag‘lar
(S), kassa va yo‘ldagi pullar va boshqa 
banklarda joylashtirilgan barcha depozitlar inkassatsiya qilinmagan 
cheklar odatda 
birlamchi zaxiralar
deb yuritiladi. Chunki aynan shu 
mablag‘lar kutilmagan holatda mijozlarning talabi bilan ularning qarz-
larini qaytarish zarur bo‘lgan taqdirda sarflangan mablag‘ o‘rnini qop-
lashda «Tez yordam» vazifasini bajaradi. Bu degan so‘z aktivning maz-
kur qismi bankning 
birinchi «himoya chizig‘i»
hisoblanadi. Bu qism 
jami aktivning, odatda, 8 foizdan kamrog‘ini tashkil qiladi. 
Investitsiyalanadigan qimmatli qog‘ozlar:
(S) qoplanadigan 
(likvidli) qism. 
Bu qism likvid qimmatli qog‘ozlarga kapital qo‘yilmalar 
ajratishga va mavjud talabni zudlik bilan qondirishga sarflanadi. Shu 
sababli uni bankning 
ikkinchi «himoya chizig‘i»
yoki ikkinchi o‘rinda 
turuvchi zaxira deb yuritishadi. Bu zaxira mavjud pul mablag‘i bilan 
kredit o‘rtasida turadi va muayyan daromad olishni ta’minlaydi. 
Kreditlar (L) 
bank aktivining 50-75 foizini tashkil qiladi. Bu qism 
eng katta salmoqqa ega bo‘lib, 
kredit – brutto
deb nomlanadi va uning 
tarkibiga quyidagilar kiradi: 
«Men bankdan qarzman» nomi bilan atalib, u o‘z ichiga iste’mol 
krediti, garovga qo‘yilgan qo‘zg‘almas mulk, tijorat va qishloq xo‘jaligi 
korxonalariga to‘lanishi lozim bo‘lgan tilxatlar (kreditlar), shuningdek, 
dilerlarga qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha operatsiyalar bajarish maqsadida 
ajratilgan muddati cho‘zilgan kreditlarni oladi. Ammo bu summadan 
kreditlar bo‘yicha joriy va kutiladigan zararlar chegirilib tashlanadi. 
Ikkinchi darajali aktivlarga
amortizatsiyaga tegishli o‘zgartirish-
lar kiritilganligini hisobga olingan holdagi bino va uskunalarning sof 
qiymati, sho‘ba korxonalariga qilingan investitsiya summasi, sug‘urta 
polislari uchun oldindan to‘lovlar va boshqa qiymatlari kiradi. Moddiy 
mablag‘lar qiymati, ya’ni bino va uskunalarda o‘z ifodasini topgan 
aktivlar, odatda, bank aktivlarining juda kam qismi (1-2 foiz)ni tashkil 
qiladi. 

Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   354




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə